91
4. Iqtidorli talabalar. Ular darsda berilayotgan bilimlar darajasidan qoniqmaydi. Zerikadi.
Ko’pincha auditoriyadan ajralib qoladi. O’qituvchi bilan kelisha olmaydi, shu sababli
o’zlashtirishdan orqada qolayotgan tengdoshlari ham, uning talabi va istagi darajasida dars
berolmayotgan pedagog bilan ham konfliktga kirishga moyil bo’lib qoladi.
5. Doimo hammadan norozi, atrofdagilarga muxolifatda bo’lganlar. Bu talabalar ota-
onasiga, o’qituvchilarga va boshqa kattalarga salbiy munosabatda bo’ladilar. Ularning gapiga
ishonmaydilar. Mavjud tartib-intizomga bo’ysunishni istashmaydi. Qasddan darsdan qochib ketadi,
ota-onasiga azob berish uchun o’g’irlik qiladi, arzimagan narsalarga janjal ko’taradi.
6. Birovlarga taqlid natijasida yuzaga keladigan ziddiyatlar. Talabalar yoki yoshlar o’zidan
katta kishilarga, ba’zan kino aktyorlarga va boshqa sevimli qahramonlarga taqlid qilib
auditoriyadagi tartib-intizomga, axloq normalariga rioya qilishni istamaydilar.
II. Pedagogik jarayonda shunday holatlar ham bo’ladiki, ularning asosiy sababchisi
o’qituvchi bo’lib qoladi. 3-4 bosqich talabalari orasida o’tkazilgan so’rov natijalariga ko’ra,
talabalarning yoshi va taraqqiyot darajasiga muvofiq ravishda o’qituvchilarning o’z talabalaridan
noroziligi oshib, ziddiyatlar kelib chiqar ekan, ya’ni, o’qituvchi-talaba munosabatlarida kelib
chiqadigan ziddiyatlar kelib chiqish sababiga ko’ra farqlanadi.
Quyidagi hollarda ziddiyatga o’qituvchi sabab bo’ladi:
1.
O’qituvchi doimo baqiradi, gapni oxirigacha eshitmaydi.
2.
Alohida talabalarga ajratib, ularga ayricha yaxshi munosabatda bo’ladi. O’qituvchining
“sevimli” talabalari bor.
3.
Mayda gap. Talabalarni arzimagan narsa uchun ham jazolaydi.
4.
Dars va darsdan tashqari jarayonlarda ham talabalarga mustaqillik bermaydi. Hamma
narsa o’z aytganidek bo’lishini talab qiladi.
5.
“Gunohkor”larning aybini hammaning oldida aytib, tengdoshlar oldida uning obro’yini
tushiradi.
6.
Kichkina bolalar bilan muomala qilgandek, muomala qiladi.
7.
Talabalarning shaxsini hurmat qilmaydi, qo’pol ohangda gapiradi.
8.
Agar talabalarning sirini bilib qolsa, uni hammaga aytadi.
9.
Qiyinchiliklarda, qiynalganda tushunmaydi – yordam bermaydi.
10.
Jahli tez.
Talabalar orasida yoki talaba-o’qituvchi orasidagi ziddiyat ikki kishi bilan chegaralanib
qolmasdan, atrofidagilarning kayfiyatiga ham salbiy ta’sir etadi. Bu jarayon quyidagicha kechishi
mumkin:
1) Auditoriya jamoasida 2 yoki bir necha talaba orasidagi konflikt darsning samaradorligiga
salbiy ta’sir etadi. O’qituvchi va talabalarning ancha vaqti konfliktning muhokamasi bilan o’tadi.
2) ziddiyat natijasida auditoriyani boshqarish kundan-kunga qiyinlashib boradi. Agar
auditoriyada konflikt chuqurlashsa, o’qituvchining auditoriyani nazorat qilishi va boshqarish izdan
chiqadi.
3) Ziddiyat natijasida auditoriyada hamjihatlik, hamkorlik, do’stlik munosabatlari sustlashib
boradi.
Jamoada (auditoriya jamoasi, mehnat jamoasi va boshqalar) har xil mavqyedagi shaxslar
o’rtasidagi kelishmovchiliklar ancha murakkab kechadi. Jamoaning rasmiy va norasmiy yetakchilari
va ayrim tengdoshlar orasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklarda, agar jismonan kuchli bo’lsa,
salbiy xulq-atvori va xatti-harakati bilan o’z atrofiga o’ziga o’xshagan “mushtumzo’rlar”ni
to’plagan bo’lsa, auditoriyadagi jismonan kuchsiz,
Do'stlaringiz bilan baham: