tangachadan iborat bo‘lib, cho‘ziqroq-tuxumsimon, bo‘yi 10-15 mm.
Ular kuzda yetiladi, bu vaqtda tangachalari ochilib, ichidan qanotchali
urug‘lari to‘kiladi. 1000 dona urug‘ining vazni 1,4 g keladi.
Tuyya urug'idan yaxshi ko‘payadi.
Qalamcha va payvand qilib,
parxish yo‘li bilan ham ko'paytirish mumkin. Olti yoshida changlana
boshlaydi. Sekin o‘sadi, soyasevar daraxt bo‘lib, unumdor yerlarda
yaxshi o ‘sadi. Unumsiz yerda barglari sarg‘ayadi. Qurg‘oqchilikka ham,
sovuqqa ham chidamli. G ‘arb tuyyasi Qora dengiz bo‘ylaridagi
shaharlarda ko'plab o‘stiriladi. Shuningdek,
u Sibirda va Uzoq Sharqda
uchraydi. Yaponiyaning Xondo orolida dengiz sathidan 1000-1800 m
balandlikdagi o‘rmon mintaqalarida tarqalgan. Bu yerlarda yirik
o ‘rmonzorlar hosil qilgan. 100 yil yashashi mumkin. Yevropaga tuyya
XVI asrda keltirilgan. Yog‘ochi o'zakli, smolasiz, yumshoq, yengil,
Kanadada va AQSh da yog‘ochidan shpal, ustunlar tayyorlanadi. U
kemasozlik
va duradgorlikda, qayiq yasashda ishlatiladi. Po‘stlo g‘i va
bargida S vitamin bo‘lib, u singa kasalligiga davodir. Shuning uchun uni
«hayot daraxti» deb ham atashadi.
G'arb tuyyasi havoning ifloslanishiga chidamli, yashil to ‘siq
yaratishda qulay daraxt hisoblanadi. Uning chiroyli shakllari bor.
Tuyyani yakka-yakka, to‘da-to‘da yoki qator qilib ekish tavsiya etiladi.
Lekin nihollari yosh
vaqtida issiqdan zararlanadi, shuning uchun soya
joylarga ekish tavsiya etiladi.
BIOTA (PLATIGLADUS) TURKUM I
Bu turkumning bitta -
sharq biotasi yoki saur (P latiglad u s
orientalis Spach.)
turi bor.
Platigladus orientalis
daraxt yoki buta, bo‘yi 10 metrgacha b o ‘ladi.
Tanasining po‘stlog‘i to‘q kul rangda, po‘st
tashlab turadi, shox-
shabbasi piramida shaklida b o iib , vertikal o‘sadigan novdalardan
tuzilgan.
Novdalari yassi, pishiq, yashil rangda. Barglari ninasimon,
tangachasimon bo‘lib, uchi o‘tkir, bezli, tiniq yashil rangda. Saur b ir uyli
o ‘simlik.
Asosan urug‘idan ko‘payadi, qalamchadan ham ko‘paytirish
mumkin. U sekin o‘sadi, soyasevar,
issiqsevar, qurg‘oqchilikka
chidamli, katta yoshida sovuqqa va gazlarga chidamli. Har xil tuproqda
o‘saveradi. Lekin ohakli qumloq tuproqlarda yaxshi o ‘sadi. Ildizi
baquvvat. Shoxlari egiluvchan bo‘lib, shamol ta’siridan va qor bosib
qolishidan zararlanmaydi.
Sauming qalin, sharsimon shox-shabbali va
egilib o ‘suvchi shakllari bor. B a’zilari pakana, boshqalari baland bo‘yli,
yashil zangori, oq-sarg‘ish rangda bo‘lib, juda chiroyli.
Saur Shimoliy Xitoyning tog'li hududlarida va Hisor tog‘ining
T o ‘palang daryosi qirg‘oqlarida tarqalgan. MDH ning janubiy
hududlaridagi shahar va parklarda o‘sadi. Uni yakka-yakka yoki to‘da-
to ‘da qilib ekish tavsiya qilinadi. U Toshkentda o ‘stirilmoqda va
k o ‘kalamzorlashtirish uchun keng miqyosda ko‘chatlari yetishtirilib
tarqatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: