Taraflar tomonidan kelishuv bitimi shartlari bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarning ijro
etilishi taraflarni bir-biriga yoki boshqa voqealarga (harakatlarga) bog‘liq qilib qo‘yishi mumkin
emas.
Kelishuv bitimida javobgar tomonidan majburiyatlarni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish
to‘g‘risidagi, talab qilish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish haqidagi, qarzdan to‘liq
yoki qisman voz kechish yoxud uni tan olish to‘g‘risidagi, sud xarajatlarini taqsimlash haqidagi
shartlar va qonunga zid bo‘lmagan boshqa shartlar bo‘lishi mumkin.
Agar kelishuv bitimida sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi shart mavjud bo‘lmasa, sud
mazkur masalani kelishuv bitimini tasdiqlash chog‘ida, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hal
qiladi.
Kelishuv bitimi uni tuzgan shaxslar sonidan bitta ortiq nusxada tuziladi va imzolanadi. Ushbu
nusxalardan biri ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
168-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish
Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala sud majlisida taraflar albatta ishtirok etgan
holda ko‘riladi, bunday kelishuv notarius tomonidan tasdiqlangan hollar bundan mustasno. Ishda
ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi.
Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risida ajrim chiqariladi, unda ish yuritish tugatilganligi
ko‘rsatiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Kelishuv bitimi apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, ish
bo‘yicha ilgari qabul qilingan barcha sud hujjatlari bekor qilinishi to‘g‘risida ajrim chiqariladi va ish
yuritish tugatiladi.
(168-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-661-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/661/0011-son)
Kelishuv bitimi sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan taqdirda, bitim ishni ko‘rgan birinchi
instansiya sudiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash masalasi kelishuv bitimi
sudga taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda, ushbu moddaning
birinchi qismida
nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.
Sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrimda
kelishuv bitimining shartlari va kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi xulosa bo‘lishi kerak.
Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi)
mumkin.
Kelishuv bitimini tuzgan shaxslar uni ushbu bitimda nazarda tutilgan tartibda va
muddatlarda ixtiyoriy ravishda ijro etadi.
Sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi, ushbu bitimda nazarda tutilgan muddatlarda
ixtiyoriy ravishda ijro etilmagan taqdirda, u kelishuv bitimini tuzgan shaxsning iltimosnomasiga,
sud xarajatlarini undirishga taalluqli qismi esa sudning tashabbusiga ko‘ra sud tomonidan
beriladigan ijro varaqasi asosida, ushbu Kodeks qoidalari bo‘yicha majburiy ijro etilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: