O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Sud hujjatini qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ajrim



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/173
Sana21.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#687426
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   173
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

443-modda. Sud hujjatini qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ajrim
Sud yangi ochilgan holatlar bo‘yicha hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni qayta ko‘rish
to‘g‘risidagi arizani ko‘rib, uni qanoatlantiradi va hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni bekor qiladi
yoxud ishni qayta ko‘rishni rad qiladi. Ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga tilxat olib topshiriladi
yoki ularga pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi.
444-modda. Sudning ajrimi ustidan shikoyat qilish
Hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi
arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest)
berilishi mumkin.
Xususiy shikoyatda (protestda) xususiy shikoyat (protest) bergan shaxsning yoki uning
vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili ko‘rsatilishi mumkin.
445-modda. Sud hujjatlarini qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari
Hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza qanoatlantirilgan
taqdirda, ish sud tomonidan umumiy asoslarda ko‘riladi.
V BO‘LIM. SUD HUJJATLARINING IJROSI
446-modda. Sud hujjatlarini ijroga qaratish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sud hujjatlari ular qonuniy kuchga kirgandan keyin ijroga qaratiladi, bundan uning
qonunchilikda belgilangan tartibda darhol ijro etilishi hollari mustasno.
(446-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sud hujjatining majburiy ijrosi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan
bo‘lsa, sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi.
447-modda. Ijro varaqasi
Ijro varaqasi sud tomonidan berilgan, undiruvchining sud hujjatini majburiy ijro etishga
bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatdir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ijro varaqasida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
1) ijro varaqasini bergan sudning nomi;
2) ijro varaqasining qaysi ish bo‘yicha berilganligi va uning raqami;
3) ijro etilishi lozim bo‘lgan sud hujjati qabul qilingan sana;


4) undiruvchi va qarzdorning nomi, ularning manzillari; jismoniy shaxslar uchun — qarzdor
jismoniy shaxsning tug‘ilgan sanasi va joyi, ish joyi, shaxsiy identifikatsiya raqami (O‘zbekiston
Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning
rekvizitlari), yuridik shaxslar uchun esa — soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami;
5) sud hujjatining qaror qismi;
6) sud hujjati kuchga kirgan sana;
7) ijro varaqasi berilgan sana va uni ijroga topshirish muddati.
Sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasi sudya tomonidan imzolanadi va sudning gerbli
muhri bilan tasdiqlanadi.
(447-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-sonli 
Qonuniga 
asosan
ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y.,
03/21/711/0825)

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish