O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritishni to‘xtatib turish



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/173
Sana21.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#687426
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   173
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

418-modda. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritishni to‘xtatib turish
Kassatsiya instansiyasi sudi ish yuritishni ushbu Kodeksning 
10-bobida
nazarda tutilgan
tartibda to‘xtatadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
419-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Kassatsiya instansiyasining sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha
quyidagilarga haqli:
1) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni o‘zgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa
qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni to‘liq yoxud qisman bekor qilishga va ishni yangidan
ko‘rish uchun yubormasdan yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror qabul qilishga;
3) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni o‘zgartirishga;
4) ushbu Kodeks 399 -moddasi birinchi qismining 
1-bandida
va 399 -moddasi ikkinchi
qismining 
4-bandida
nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, hal qiluv qarorini, ajrimni,
qarorni bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun sud hujjati bekor qilingan sud instansiyasiga
yuborishga;
5) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni to‘liq yoki qisman bekor qilishga va arizani ko‘rmasdan
qoldirishga yoxud ish yuritishni to‘liq yoki qisman tugatishga;
6) ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish bo‘yicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan
birini o‘z kuchida qoldirishga.
(419-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-661-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/661/0011-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
419 -modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi
Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1) ishning raqami, ajrim chiqarilgan sana va joy;
(419 -modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-716-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
2) ajrim chiqargan sudning nomi va tarkibi;
3) taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
4) ish kimning shikoyati (protesti) bo‘yicha ko‘rib chiqilganligi;
5) shikoyat qilingan yoki protest keltirilgan sud hujjatining nomi va uning qisqacha mazmuni;
6) shikoyatda (protestda) bayon etilgan vajlar, taqdim etilgan materiallarning qisqacha
mazmuni, ishni ko‘rishda ishtirok etgan shaxslarning tushuntirishlari, prokurorning fikri;
7) kassatsiya instansiyasi sudining xulosaga kelishiga asos bo‘lgan sabablar hamda sud amal
qilgan moddiy va protsessual huquq normalari;
8) qarorning xulosa qismi.
Sud hujjatlari bekor qilingan va ish yangidan ko‘rib chiqish uchun yuborilgan taqdirda,
kassatsiya instansiyasi sudi ishni yangidan ko‘rganda qaysi holatlar aniqlanishi zarurligini, qaysi
dalillar talab qilib olinishi kerakligini, shuningdek ish topshirilayotgan sud boshqa qanday
harakatlarni bajarishi kerakligini ko‘rsatishi shart.
1
3
1
1


Kassatsiya instansiyasi sudi shikoyatni (protestni) rad qilgan taqdirda, shikoyat (protest) vajlari
noto‘g‘ri deb topilishi yoki hal qiluv qarorini bekor qilish, o‘zgartirish yoxud yangi hal qiluv qarori
chiqarish uchun asos bo‘lmasligi sabablarini o‘z ajrimida ko‘rsatishi shart.
Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ishni ko‘rgan sudyalar tomonidan imzolanadi.
Kassatsiya instansiyasi sudi ajrimining nusxalari ishda ishtirok etgan shaxslarga ajrim
chiqarilgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida
yuboriladi.
Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi chiqarilgan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish