fuqaro farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi hujjat, bundan
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 154-moddasining
ikkinchi — beshinchi xatboshilarida
nazarda tutilgan hollar mustasno;
farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi
to‘g‘risidagi ma’lumotnoma yoki boshqa daromad manbalari haqidagi ma’lumotnoma;
turar joyga bo‘lgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining boshqa davlat fuqarosi bo‘lgan bolani farzandlikka
olish to‘g‘risidagi arizasiga ushbu moddaning
birinchi qismida
ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari
quyidagilar ilova qilinadi:
farzandlikka olinayotgan bolaning O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashi uchun
O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organining roziligi;
farzandlikka olinayotgan bola qonuniy vakilining va bola qaysi davlat fuqarosi bo‘lsa, o‘sha
davlat vakolatli organining roziligi;
farzandlikka olinayotgan bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma;
farzandlikka olinayotgan bolaning sog‘lig‘i holati, jismoniy va aqliy rivojlanishi haqidagi tibbiy
xulosa;
o‘n yoshga to‘lgan farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olinishiga, shuningdek
familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgartirilishi mumkinligiga va farzandlikka oluvchilarning
(oluvchining) uning ota-onasi (otasi yoki onasi) sifatida qayd etilishiga roziligi, bundan O‘zbekiston
Respublikasi Oila kodeksining
156-moddasida
nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ushbu modda ikkinchi qismining
uchinchi
,
to‘rtinchi
va
beshinchi xatboshilarida
ko‘rsatilgan
hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi yoxud ularga belgilangan tartibda apostil
qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Bunda taqdim etiladigan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining davlat
tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Agar ushbu modda ikkinchi qismining
beshinchi xatboshisida
ko‘rsatilgan hujjat O‘zbekiston Respublikasi hududida berilgan bo‘lsa,
legalizatsiya qilinishi yoki apostil qo‘yilishi hamda tarjima qilingan bo‘lishi to‘g‘risidagi talablar
ushbu hujjatga nisbatan tatbiq etilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosi bo‘lgan bolani farzandlikka olish to‘g‘risidagi arizasiga ushbu moddaning
birinchi qismida
ko‘rsatilgan hujjatlar, shuningdek farzandlikka oluvchilar qaysi davlat fuqarosi bo‘lsa, o‘sha davlat
(bola O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan farzandlikka olinayotganda — ushbu shaxslar
qaysi davlatda doimiy yashash joyiga ega bo‘lsa, o‘sha davlat) vakolatli organining ularning yashash
sharoitlari haqidagi va farzandlikka oluvchi bo‘la olish imkoniyatlari to‘g‘risidagi xulosasi, tegishli
davlat vakolatli organining farzandlikka olinayotgan bolaning ushbu davlatga kirishi va mazkur
davlat hududida doimiy yashashi uchun ruxsatnomasi, farzandlikka oluvchilarning (oluvchining)
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi vakillariga farzandlikka olingan
bola haqida axborot berish va bola bilan muloqot qilish imkoniyatini berish to‘g‘risidagi notarial
tasdiqlangan majburiyati ilova qilinadi.
Chet el fuqarolari bo‘lgan yoki fuqaroligi bo‘lmagan farzandlikka oluvchi shaxslar tomonidan
taqdim etiladigan hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi yoxud ularga belgilangan
tartibda apostil qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Bunda taqdim etiladigan hujjatlar O‘zbekiston
Respublikasining davlat tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Ushbu moddaning
birinchi
,
ikkinchi
va
to‘rtinchi qismlarida
ko‘rsatilgan hujjatlar sudga ikki
nusxada taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: