2.Moturidiylik va ash’ariylik.
Mutakallimlar Qur’on oyatlari, hadislar va
sahobiylarning tutgan yo‘li asosida aqida masalalarini mufassal bayon etib
berganlar. Aqida borasida faoliyat olib borgan olimlar orasida Abu Mansur
Moturidiy va Abul Hasan Ash’ariy alohida o‘rin egallaydi. Bu olimlar Ahli sunna
val jamoa aqidasi bo‘yicha Imom deb tan olindilar. «Ahli sunna val jamoa» to‘rt
fiqhiy mazhabdan biriga amal qilib kelayotgan bo‘lsalar, aqidaviy masalada
moturidiylik va ash’ariylikning aqidaviy ta’limiga asoslanadi. Bunga ko‘ra,
hanafiy mazhabi moturidiylik, molikiy, Shofeiy va hanbaliy mazhabi ash’ariylik
ta’limotida deb qaraladi. Shu o‘rinda bu ikki maktab vakillari haqida biroz
195
ma’lumot berib o‘tish o‘rinlidir. Moturidiylik aqidaviy maktab asoschisi buyuk
kalom imomi va fakih Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud
Hanafiy Moturidiy Samarqandiy (853-944) bo‘lib, u asli Samarqandning Moturid
qishlog‘ida (hozirgi Jomboy tumanida joylashgan) dunyoga kelgan va taxallusi
Shu qishloqqa nisbatan olingan. Abu Mansur Moturidiy dastlabki ta’limni o‘z
qishlog‘ida olib, keyinchalik Movarounnahrning o‘sha davrdagi diniy va ma’rifiy
markazi bo‘lgan Samarqandda davom ettiradi. Moturidiy Abu Bakr Ahmad
Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad Iyodiy, Imom A’zam mazhabidagi buyuk olim Nasr
ibn Yahyo Balxiy, Muhammad ibn Fadl kabilarni o‘zining ustozi deb bilgan.
Moturidiy fiqh va kalom masalalariga qiziqib, o‘z zamonasining taniqli hanafiy
mazhabi olimlaridan saboq oladi. Shu vaqt davomida ko‘plab mashhur faqihlar va
muhaddislar bilan muloqotda bo‘lib, bahs-munozaralari bilan taniladi va Shu
sohaga oid asarlar yozib qoldiradi. Bunday asarlar qatoriga «Kitab at-Tavhid»,
«Kitab al-maqomat», «Kitab rad avoil al-adilla li-l-Ka’biy», «Kitab al-usul», «ar-
Radd ala usul al-Qaromita», «Kitab ta’vilot ahli sunna» va boshqalarni keltirish
mumkin.
Bugungi kunga qadar Abu Mansur Moturidiyning ko‘plab asarlari saqlanib
qolmagan, ulardan etib kelganlari esa asosan xorijiy mamlakatlarning kutubxona
va qo‘lyozma fondlarida saqlanadi.
Imom Moturidiyning «Kitab ta’vilot ahli sunna» (boshqa bir nomi «Ta’vilot
al-Qur’on») asarida sunniy aqidaga zid qarashlarni rad etish yo‘lidan boradi va
Abu Hanifaning qarashlariga suyangan holda sof aqida yo‘lini tutadi.
Moturidiyning Shu birgina asari keyingi davrlarda yashagan ko‘p allomalarning
asarlariga xamirturush vazifasini bajardi.
Musulmon olimlar aqida masalasida asosan ikki manbaga tayanganlar:
birinchisi naqliy dalillar, ya’ni Qur’on oyatlari, hadislar va ularga qo‘shimcha
tarzda sahobiy va tobeiylar ijmosi (mujtahid olimlarning biror fikrga ittifoq qilishi)
hamda ijtihod (olimning biror masaladan shariy hukm olish uchun qilgan
urinishi)laridir. Ikkinchisi esa, aqliy dalillar. Imom Moturidiy ham naqliy, ham
196
aqliy dalillarni uyg‘unlashtirgan holda ilmiy xulosalar chiqarganiga duch kelamiz.
Chunonchi, ko‘pchilik odamlarning aql-tafakkuri ko‘p hollarda naqliy dalillarni
qabul qila olmaganidan imom Moturidiy o‘z o‘rnida aqliy dalillardan ham
foydalangan. Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, moturidiylik (ash’ariylik
ham)da ham aqliy dalillar naqliy dalillardan keyingi o‘ringa qo‘yiladi. O‘sha
davrda mo‘‘taziliylar naqliy dalillardan oldinga aqliy dalillarni qo‘yib, agar aqliy
dalil naqliy dalilga, ya’ni oyat va hadislarga qarshi chiqsa, ularni inobatga
olmaganlar.
Imom Moturidiyning asosiy xizmatlari shundan iboratki, o‘sha davrdagi
aqidada adashgan oqimlarning salbiy ta’sirining oldini olish, ularning qarashlariga
qarshi asosli va kuchli dalillar keltirib raddiya berish, haqiqiy islom aqidasini
himoya qilish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan javob berish, Shu bilan birga
musulmonlar uchun aqida borasida asosli qo‘llanmalar yaratish va tarqatishdan
iborat bo‘lgan deyish mumkin.
Imom Moturidiy ko‘plab shogirdlar etishtirdi, ular o‘z ustozlarining
ta’limotini davom ettirishgani tufayli hanafiy mazhabida kalom ilm bo‘yicha
maktab vujudga kelganini ko‘rish mumkin.
Moturidiy «Imom al-huda» (hidoyat yo‘li imomi) va «Imom al-mutakallimin»
(mutakallimlar imomi) kabi nomlar bilan dovruq qozongan.
Ash’ariy ta’limotining asoschisi Abul Hasan Ali ibn Ismoil ibn Ishoq ibn
Solim ibn Abdulloh ibn Muso Abu Muso Ash’ariydir (873-941). U boshlang‘ich
saboqlarni o‘z otasidan oladi, keyinchalik o‘z zamonasining taniqli olimlari Abu
Ishoq Marvaziy va Ibn Surayjdan fiqh ilmini o‘zlashtiradi, Zakariyo ibn YAhyo
Sojiydan hadis ilmini o‘rganadi. U taxminan qirq yoshlaridan keyin Bog‘dodga
ko‘chib kelib, umrining oxirigacha Shu shaharda yashab qoladi. U umri davomida
yuzga Yaqin asarlar yozgan bo‘lib, ulardan «al-Fusul fi-r-radd ala-l-mulhidin»,
«ar-Radd ala-l-mujassima», «Izoh al-burhon fi-r-rad ala ahl az-zayg‘ va-t-
tug‘yon», «an-Naqs ala-l-Jubboiy», «Maqolot al-mulhidin», «Tafsir Abu-l-Hasan»,
«Imomat Abu Bakr Siddiq» kitoblari ilm ahlining nazariga tushgan. Imom
197
Ash’ariy aqiydaviy dalil-isbot keltirishda naqldan va aqldan foydalanib, aqliy va
mantiqiy dalillardan hujjat sifatida foydalanadi. Shuningdek, falsafiy masalalardan
ham o‘z o‘rnida iste’foda etganiga duch kelish mumkin. Chunki Ash’ariy
mo‘‘taziliy, faylasuf, qarmatiy, botiniy, rofiziy va boshqalarga raddiyalar bergani
bilan aqida ilmi sohasida tanilgan allomalardan biridir.
Abul Hasan Ash’ariy ahli sunnat va jamoaning ash’ariya e’tiqodiy ta’limotini
tarqatayotgan vaqtda Samarqandda Abu Mansur Moturidiy ham moturidiya
ta’limotiga asos solgan edi. Bu ikki imom bir vaqtda yashab, bir-birlari bilan
uchrashmagan bo‘lsa-da, ularning aqidaviy qarashlari deyarli bir xil. Bu ikki
alloma qarashlarida ayrim masalalarda lafziy ixtiloflar ko‘zga tashlansa-da,
ularning asl maqsadi bir-biridan farq qilmaydi. Boshqacha aytganda, ikki ta’limot
orasidagi ba’zi ixtiloflar lafziy bo‘lib, mohiyatan bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi.
Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, bu ikki alloma o‘zaro bir-birini adashganlikda
yoki bid’atchilikda ayblamaydi hamda o‘zaro bir-birlarini «ahli sunna val jamoa»
deb e’tirof etadilar.
Ash’ariy va moturidiylik orasidagi asosiy farq imon masalasiga borib
taqaladi. Moturidiy ta’limotiga ko‘ra, imon til bilan iqror bo‘lib, dil bilan
tasdiqlashdan iborat, ammo amal imon tarkibiga kiritilmaydi. Ash’ariylikda esa,
imonga amalni ham qo‘shiladi. Shu sababdan moturidiylik tarqalgan yurtlarda
imon keltirgan kishi musulmon hisoblanadi, ammo amal qilmagani uchun
gunohkor bo‘ladi, deb yuritiladi.
O‘rni kelganda aytib o‘tish lozimki, manbalarda «moturidiya mazhabi»,
«ash’ariya mazhabi» degan atamalar uchrab turadi. Bundan imom Moturidiy imom
Abu Hanifaning aqidaga doir ta’limotini rivojlantirgan bo‘lsa, Imom Ash’ariy
imom Shofeiyning e’tiqodiy qarashlarini takomillashtirdi, degan fikrga kelish
mumkin. Hozirgi kunda moturidiylikka hanafiy mazhabi yo‘lini tutganlar ergashsa,
ash’ariylikka molikiy, hanbaliy, Shofeiy mazhabidagilar amal qiladilar.
Mazkur ikki allomaning ta’limotlari islom olamida keng tarqaldi va asrlar
davomida musulmonlarni sof e’tiqodda bardavom bo‘lishiga, oyat va hadislarning
198
ma’nolarini to‘g‘ri anglab, hayotga tadbiq etib kelishlariga, e’tiqodi noto‘g‘ri turli
oqimlar ta’siriga tushib qolmaslikka sababchi bo‘ldi. Abu Mansur Moturidiy va
Abul Hasan Ash’ariylarning sof aqidani musulmonlarga etkazishdagi xizmatlari
beqiyos bo‘lib, ularning aqidaviy ta’limotiga hozirgacha musulmonlar tomonidan
alohida e’tibor bilan amal qilib kelinmoqda. Ular o‘z asarlarida islom aqidasini
yoritish barobarida adashgan oqimlarga raddiyalar ham berganlar. Shu bois Imom
Moturidiy «hidoyat imomi» deb yuritilsa, imom Ash’ariy «ahli sunna homiysi»
degan nomga sazovor bo‘lganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |