"ijtimoiy fanlar" kafedrasi



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/231
Sana21.06.2022
Hajmi6,93 Mb.
#686666
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   231
Bog'liq
fayl 1545 20210823

Usmon mushafi.
Arab tarixchilarining xabar berishicha, 656 yilda xalifa 
Usmon Qur’onni mutolaa qilib o‘tirganlarida o‘ldirilgan. U kishining qoni 
Qur’onga to‘kilgan. Shu tufayli ham Usmon Qur’oni asl nusxaligi va xalifa qoni 
to‘kilgani bilan musulmon dunyosida alohida e’tibor bilan qaraladi. Toshkent 
shahridagi Usmon Qur’onida ham qon izlari bo‘lib, Shu nusxa xalifa Usmonga 
tegishli degan fikrlar mavjud. 
Usmon Qur’oni Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyoni bosib olguncha 
Samarqandda, Xoja Ahror madrasasida saqlanar edi. Qur’onning Samarqandga 
keltirilishi haqida ham xalq o‘rtasida har xil rivoyatlar mavjud.
Ko‘pchilik olimlarning fikricha mazkur musxaf sohibqiron Amir Temur 
tomonidan Basradan ko‘plab qo‘lyozma kitoblar va boshqa o‘ljalar bilan birga 
Samarqandga keltirilgan va mashhur Temur kutubxonasiga qo‘yilgan. 400 yil 
davomida bu muqaddas kitob Samarqandda saqlanadi. 
1868 yilda Rossiya askarlarining Samarqandga bostirib kirishi bilan 
xalqimizning moddiy, ma’naviy boyliklariga tajovuz boshlandi. Bu tajovuzdan 
qabr toshlari, maqbara ichidagi yodgorliklar ham, musulmonlar diniy e’tiqodining 
shohona mulki Usmon Mushafi ham chetda qolmadi. Musulmonlar Qur’onini 
tezlikda bekitib Buxoroga jo‘natmoqchi bo‘ladilar. Biroq bu xabar Zarafshon 
o‘lkasining boshlig‘i general Abramovga etib, “fan uchun bunday nodir, bebaho, 


184 
qadimiy yodgorlikni qo‘ldan chiqarmaslik uchun hamma chora ko‘rilsin” deb 
polkovnik Serovga buyruq beradi. Serov Qur’onni general Abramovga keltiradi. 
Abramov esa uni zudlik bilan Turkiston general-gubernatori K.N.Kaufmanga 
etkazadi. U o‘z navbatida zudlik bilan 1869 yil 24 oktyabrda Peterburgga – 
Imperator kutubxonasiga alohida kuzatuvchilar bilan yuboradi. 
1917 yil Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng Butunrossiya musulmonlar jamiyati 
nomidan RSFSR Xalq Komissarlari Sovetiga murojaat qilib, muqaddas Usmon 
Qur’oni o‘z egalariga, ya’ni musulmonlarga topshirilishini talab qiladi. RSFSR 
(XKS – Xalq komissarlari soveti) tomonidan musulmonlarning talabi qondirilib, 
Qur’on musulmonlar ixtiyoriga beriladi. 1917 yil 29 dekabr kuni Peterburgdagi 
podsho kutubxonasining “nodir qo‘lyozmalar” bo‘limidan olinib, Ufa shahriga 
jo‘natiladi. Qur’on 1923 yilgacha Ufada saqlanadi. 
1923 yil 23 iyulda Butunittifoq Markaziy Ijroqo‘mi Usmon Qur’onini 
Turkistonga qaytarishga qaror qiladi. Muqaddas yodgorlikni Ufadan Toshkentga 
maxsus komissiya kuzatuvida olib kelinadi. Usmon Mushafi Toshkentdagi Eski 
shahar muzeyiga keltiriladi va maxsus po‘lat sandiqda saqlana boshlanadi. 1926 
yilning 1 yanvaridan Eski shahar muzeyi O‘zbekiston davlat muzeyiga aylantirildi. 
Muzey ochilgandan so‘ng 1926 yilning faqat bir oyi ichida bu erni 4000 kishi 
ziyorat qilgan. 2000 yilda YUNESKO tashkiloti tomonidan maxsus sertifikat bilan 
“eng bebaho yodgorlik” deb e’tirof etilgan Usmon Mushafi bugungi kunda 
O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi. 
Hadis. 
Hadis so‘zining arab tilidagi lug‘aviy ma’nosi “so‘z”, “yangi”, 
“suhbat”, “hikoya”, “rivoyat” ma’nolarini anglatadi. Uning istilohiy ma’nosi 
Muhammad payg‘ambarning aytgan so‘zlari, qilgan ishlari va taqrirlari, ya’ni 
ko‘rib qaytarmagan va qo‘llab-quvvatlagan ishlaridir. Hadislar ikki qismdan: 
aynan xabar beruvchi matn va uni rivoyat qilgan roviylar zanjiri – sanaddan iborat. 

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish