"ijtimoiy fanlar" kafedrasi


Ruhoniy unvonini berish marosimi



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/231
Sana21.06.2022
Hajmi6,93 Mb.
#686666
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   231
Bog'liq
fayl 1545 20210823

Ruhoniy unvonini berish marosimi.
Bu ruhoniylik martabasiga ko‘tarilish 
bilan bog‘liq marosimdir. U “Xirotoniya” (yun. “xir” – qo‘l va “tefimi” – 
qo‘yaman) deb nomlanadi. Diniy ta’limotga ko‘ra, ruhoniy bo‘ladigan shaxsning 
boshiga episkop qo‘l tekkizganidan keyin, u “Muqaddas Ruh” ning alohida 
marhamati bilan odamlar o‘rtasidagi vositachilik qilish xususiyatiga ega bo‘ladi. 
Shundan so‘ng mazkur inson xuddi Isoga uning havoriylari xizmat qilganidek o‘z 
zimmasiga Xudo va odamlar orasida vositachi bo‘lib xizmat qilish majburiyatini 


139 
oladi. Ma’lumki, xristianlik dinida ruhoniylik unvonlari – dyakon, presviter, 
episkop kabi uch turli darajaga ega. 
Dyakon
(
yunon.
xizmatchi) – xristian cherkovidagi eng quyi ruhoniylik 
darajasi. U marosimlarda episkop va presviterlarga yordamchilik qilish bilan 
Shug‘ullanadi.
Presviter
(
lot.
oqsoqol) – xristian ruhoniylar ierarxiyasida yuqori darajaga ega 
ruhoniy. Qadimda episkoplar ham Shunday nom bilan atalgan. Jamoa tarafidan 
saylab qo‘yiluvchi ruhoniy bo‘lib, dastavval, u pastor bilan birgalikda diniy 
marosimlarga rahbarlik qilgan. 
Episkop 
(
yunon.
nazoratchi) – xristianlikdagi oliy darajadagi ruhoniylik 
unvoni. Katolik e’tiqodiga ko‘ra episkoplar havoriy Pavelning izdoshlari 
xisoblanadi. Shuningdek, episkop o‘zi miro moyini tayyorlash, ruhoniylik 
darajasini berish, hamda diniy marosimlarni boshqarish huquqiga ega. 
Nikoh marosimi
. Xristianlikda kelin va kuyovlarning o‘zaro xohishlari 
asosida kelgusi hayotlarida er-xotin bo‘lib birga yashashlarini ta’minlash uchun 
amalga oshiriladigan sirli marosim. Nikohda ham sirlilik bor, erkin tarzda ruhoniy 
va cherkov huzurida er va ayol tarafidan oilaga sadoqatli bo‘lishga va’da beriladi. 
Ularning oilalariga Isoning ruhi birlashib ketishiga oq fotiha beriladi va ulardan sof 
e’tiqodli xristian bolalar tug‘ilishi va tarbiyalanishi Xudodan so‘raladi. 
Ushbu marosim XVI asrda paydo bo‘lgan. Katolik yo‘nalishiga ko‘ra, nikoh 
Iso va cherkov orasidagi uzviy bog‘liq ruhiy munosabatning bir ko‘rinishidir va 
Shuning uchun ham muqaddas marosim sanaladi. Bir marosim sifatida nikoh, ikki 
kishi orasidagi ahdlaShuvning cherkov tomonidan muqaddas deb bilinishi va bu 
juftlikning cherkovda muqaddas bir bog‘ich bilan bog‘lanishidir. Nikoh Xudo 
tomonidan yuzaga keltirilgan bir jamlanish bo‘lgani uchun, qadim-qadimdan 
muqaddas deb bilingan. Xudoning o‘zi odamlarning nikoh ittifoqini himoya qiladi. 
Cherkovning ta’kidlashicha, nikohda asosiy narsa huquqiy yoki iqtisodiy 
emas, balki axloqiy jihatdir. Ayni paytda, bu axloqiy jihat, diniy jihat bilan aynan 
bir narsadir. Shuning uchun ham nikoh marosimini o‘tkazmay turib, chinakam 


140 
axloqiy, oilaviy munosabatlarning bo‘lishi mumkin emas. CHerkovda o‘tkazilgan 
nikoh xristian oilasining qonuniy asosi hisoblanadi. Shu bois, uni buzishlik 
mumkin emas deb uqtiriladi. 

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish