"ijtimoiy fanlar" kafedrasi



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/231
Sana21.06.2022
Hajmi6,93 Mb.
#686666
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   231
Bog'liq
fayl 1545 20210823

Sehrgarlik (Magiya). 
Sehrgarlik (afsun) – odam, hayvon va tabiatga 
g‘ayritabiiy yo‘l bilan ta’sir o‘tkazish maqsadida bajariladigan ritual urf-odatlar 
majmuasidir. Afsungarlik urf-odatlari bilan maxsus kishilar – shamanlar, 
afsungarlar shug‘ullanganlar. 
Sehrgarlik marosimlari yakka holda yoki jamoa bo‘lib amalga oshirilishi 
mumkin edi.
Sehrgarlik maqsadiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: 
1)
“Yaxshi niyatda” amalga oshiriladigan – “oq sehrgarlik” (“belaya 
magiya”); 
2)
“Yovuz niyatda” amalga oshiriladigan – “qora sehrgarlik” (“chyornaya 
magiya”); 
3)
Harbiy sehrgarlik (qurol aslahani sehrlash); 
4)
Sevgi sehrgarligi (“issiq”, “sovuq” qilish); 
5)
Tibbiy sehrgarlik (davolash maqsadida); 
6)
Ob-havo sehrgarligi ( yomg‘ir chaqirish). 


64 
Sehrgarlik zamonaviy dinlarda va turli xalqlar urf-odatlarida 
saqlanib qolgan. 
Mifologiya.
«Mif» tushunchasi yunoncha mythos so‘zidan kelib chiqqan 
bo‘lib, afsona, rivoyat degan ma’noni anglatadi. 
Mif

turli xalqlarning dunyoning 
kelib 
chiqishi, 
tabiat 
hodisalari, 
fantastik 
mavjudotlar, 
xudolar 
va 
qahramonlarning ishlari haqidagi tasavvurini ifodalovchi muayyan tarzda tizimga 
solingan dunyoqarashdir.
Mifda bilimlar, diniy e’tiqodlar, ma’naviy madaniyatning turli elementlari, 
san’at, ijtimoiy hayot kurtaklari birlashgan bo‘lib, shu tariqa ibtidoiy odamlar 
dunyoqarashi ma’lum darajada tartibga kelgan, ularning dunyo haqidagi qarashlari 
esa muayyan tizimga solingan. Mazkur tizimga solishning muhim shakllari epos, 
ertaklar, afsonalar, rivoyatlar bo‘lib, miflar avvalo ular orqali ifodalanadi. SHu 
tariqa to‘plangan bilimlar va tajriba keyingi avlodlarga o‘tishi ham ta’minlanadi.
Mifologik dunyoqarashning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu oddiy 
rivoyat emas, balki og‘zaki «muqaddas» matnning arxaik ongdagi voqea-
hodisalarga, insonga va u yashayotgan dunyoga ta’sir ko‘rsatuvchi muayyan 
borliq sifatidagi in’ikosidir
. Mif, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida, odamlar 
xulq-atvori va o‘zaro munosabatlarini tartibga solish funksiyasini bajargan, chunki 
unda axloqiy qarashlar, insonning borliqqa estetik munosabati o‘z ifodasini topgan. 
Mifologiyaga shu narsa xoski, unda hamma narsa bir, yaxlit, ajralmasdir; tabiat 
narsalari va hodisalari inson bilan ayni bir qonunlarga muvofiq yashaydi, inson 
bilan bir xil sezgilar, istaklar, mayllarga ega bo‘ladi.
Shunday
 
qilib, mif kimningdir uydirmasi yoki «o‘tmish sarqiti» emas, balki 
shunday bir o‘ziga xos tilki, inson uning yordamida qadim zamonlardanoq dunyoni 
tavsiflagan, o‘zining o‘sib borayotgan tarqoq bilimlarini umumlashtirgan, talqin 
qilgan, tasniflagan va muayyan tizimga solgan.
Mifda ota, oqsoqol hukmi va qaror topgan an’analar muhim rol o‘ynaydi. 
Rivoyat va uning mazmuniga nisbatan bunday munosabat zamirida e’tiqod, 
borliqni bevosita, emotsional idrok etish yotadi.
Mifologik dunyoqarash dunyoni 
yaxlit tushunish bo‘lib, unda shubhaga o‘rin yo‘qdir
.
Mifologiya (miflar majmui sifatida) qadimgi odamlar dunyoqarashi 
bilangina uzviy bog‘liq emas. Oddiy ongda yashaydigan din, falsafa, siyosat, 
san’atda aniq-ravshan yoki pardalangan ko‘rinishda mavjud bo‘lgan miflar 
bugungi kunda ham (kim uchundir ko‘proq, kim uchundir kamroq darajada) 
odamlar hayoti va ijodida faol rol o‘ynab, har qanday inson dunyoqarashining 
tarkibiy qismi bo‘lib qolmoqda. Jamiyatning axborotlashuvi jadal sur’atlarda o‘sib 
borayotgan sharoitda mif televidenie, radio, vaqtli matbuot, hozirgi saylov 


65 
texnologiyalari vositasida ba’zan ijtimoiy ong bilan manipulyasiya qilish, oldindan 
belgilangan jamoatchilik fikrini shakllantirish vositasi sifatida qo‘llanilmoqda.

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish