(har bir inson) mas’ul bo‘lur (javob berur)»
(Isro, 36).
Demak, inson ko‘rgan,
eshitgan har bir ma’lumotiga ishonishi, unga ergashishi oqibatida Alloh oldida
ham so‘raladi.
334
Payg‘ambar Muhammad (alayhis-salom)dan rivoyat qilingan bir necha
hadislarda ham Shunday deyiladi:
«Xabarni tekshirish Allohdan, (unda)
shoshqaloqlik qilish shaytondandir»,
deganlar (Imom Bayhaqiy rivoyati).
Shuningdek,
Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan boshqa bir hadisda esa,
Rasululloh (alayhis-salom): «Kishining yolg‘onchi ekanligiga uning eshitgan har
bir narsasini gapiraverishi kifoya qiladi» deganlar
(Imom Muslim rivoyati).
Ta’kidlash lozimki, internetda buzg‘unchiliklarni targ‘ib qiluvchi veb-saytlar,
ijtimoiy tarmoqdagi guruhlar soni kun sayin ko‘paymoqda. Turli yolg‘on
ma’lumotlar ko‘paygan bir vaqtda to‘g‘ri va haqqoniy axborotni ajratish yo‘llarini
bilish lozim. Jumladan, bunday sharoitda ajdodlar tutgan yo‘lni tanlash kerak.
Imom Buxoriy hazratlari hadislarning sahih, zaif va to‘qimalarini ajratishda juda
mohir bo‘lganlari sir emas.
Rivoyat qilinishicha, Imom Buxoriy bir hadisning roviysi, ya’ni rivoyat
qiluvchisini qidirib topadilar. Lekin roviy bir hayvonni quruq qo‘l bilan aldab,
qo‘raga olib kirayotganini ko‘rib, suhbatlashmasdan qaytadilar va undan hadis
rivoyat qilmaylar.
Demak, har bir olingan ma’lumotni tekshirib, asosli yoki asossiz ekanini
aniqlamay turib, o‘sha ma’lumotga qarab ish tutish islom mohiyatiga ko‘ra,
shayton yo‘liga kirish hamda yolg‘onchi bo‘lib qolish bilan barobar bo‘ladi.
Chunki bunda xabar tarqatayotgan kishining g‘arazli maqsadini amalga oshirishiga
zamin yaratib qo‘yiladi.
Yoshlarni turli xildagi yot g‘oyalardan asrashda quyidagilarga alohida e’tibor
qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Birinchidan,
jamoatchilik fikrini chalg‘itayotgan, vayronkor axborotlar
tashqaridan kelayotganini nazarda tutib, muntazam ularga qarshi turish. Befarqlik
va sukut saqlash kayfiyatiga barham berish.
Ikkinchidan,
har qanday hujumkor va buzg‘unchi g‘oyaga qarshi o‘z vaqtida,
mo‘ljalni aniq olib munosabat bildirish va bunda ehtirosga berilmaslik, ortiqcha
335
shov-Shuvlarga yo‘l qo‘ymasdan vazminlik va bosiqlik, ayni paytda, uddaburonlik
bilan kuchlik ta’sir o‘tkazish usullarini qo‘llash.
Turli guruhar millatni yo‘q qilish, ildizini qirqib tashlash maqsadida axborot
tizimidan foydalanishga zo‘r bermoqda. Mana Shu jarayonda yoshlar o‘zining
aqliy salohiyatini ishga solib, o‘zini o‘zi himoya qilish va har qanday tajovuzlarga
qarshi tura olish iqtidorini shakllantirishi lozim.
Oxirgi paytlarda internet tarmoqlarida har xil asossiz axborotlar, yoshlar
ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan uydirma ma’lumotlar juda ko‘p tarqatilmoqdaki,
bularning ta’sirida yoshlar orasida bir-biriga nisbatan keskin adovatlar avj olishi
kuzatilmoqda.
Unutmaslik lozimki, axborot xurujlari – biron shaxsga, muayyan tashkilot
yoki davlatga qarshi yo‘naltirilgan g‘oyaviy ta’sir hisoblanadi. Uning asl maqsadi
o‘sha shaxs, tashkilot va davlatning tinchligini buzish hamda qora niyatiga etishdir.
Yoshlarning barchasi internet tarmog‘idan faqat ilm yo‘lida foydalanmoqda
desak, yanglishamiz. Afsuski, internetdan noto‘g‘ri, buzg‘unchilik va behayolikka
doir ma’lumotlarni olishda ham foydalanmoqda. Bu kabi noxush holatlardan so‘ng
yoshlar kelajakda qahri qattiq, mehrsiz, hayosiz bo‘lib etishmaydi, deb hech kim
kafolat berolmaydi.
Ma’lumki, ko‘plab sayt va tarmoqlar katta mablag‘lar evaziga filtirlab
qo‘yilgan va bu holatni ko‘p davlatlarda kuzatish mumkin. Albatta, ta’qiqlar yoki
filtr vositalari orqali odamlarni internet olamidagi turli kuchlarning xatarli
tahdidlaridan himoya qilish juda qiyin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
5 sentyabr
2019 yilda 07/19/4436/3693-sonli qarori qabul qilindi. Unga asosan
mamlakatimizda milliy an’ana va qadriyatlarimizni rivojlantirish, ulug‘ alloma
ajdodlarimiz ilmiy merosini chuqur o‘rganish, yoshlarimizni Vatanga muhabbat,
ilm-ma’rifatli, intellektual barkamol avlod etib tarbiyalashga davlat siyosatining
ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilmoqda.
336
Bu sohada olib borilayotgan islohotlar dunyo miqyosida ham munosib
e’tirof etilib, diniy bag‘rikenglikning namunali modeli sifatida baholanmoqda.
Xususan, O‘zbekistonning diniy erkinliklar sohasida alohida xavotir uyg‘otadigan
davlatlar ro‘yxatidan chiqarilganligi, BMT Bosh Assambleyasi yalpi majlisida
O‘zbekiston tomonidan taklif etilgan «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik»
rezolyusiyasining qabul qilinganligi bunga yaqqol misoldir.
Shunga qaramay, yurtimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga
diniy tus berish, soxta g‘oyalarni asl diniy qadriyatlar sifatida talqin qilish va aholi
orasida nosog‘lom aqidani singdirish holatlari kuzatilmoqda.
Diniy-ma’rifiy sohani yanada takomillashtirish, jamiyatda «jaholatga qarshi
- ma’rifat» degan ulug‘vor g‘oya asosida dinning insonparvarlik, ezgulik va
tinchlik kabi fazilatlarini hamda diniy bag‘rikenglik ruhini keng targ‘ib qilish,
shuningdek, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va qonun ustuvorligini
ta’minlash maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari
bo‘yicha qo‘mitaning (Qo‘mita) Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston YOshlar
ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi bilan
birgalikda jamiyatda vijdon erkinligi kafolatlari va diniy-ma’rifiy muhit
barqarorligini ta’minlash bo‘yicha mustahkam va doimiy hamkorligini nazarda
tutuvchi yangi tizim joriy etildi.
Quyidagilar yangi tizim doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari etib
belgilandi:
-
din sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadi, vazifalari va prinsiplarini
keng jamoatchilikka, davlat va jamoat tashkilotlari rahbar va xodimlariga
tushuntirish, ularning faolligi, tashabbuskorligi oshirildi;
-
vijdon erkinligi kafolatlarining buzilishi holatlariga nisbatan tezkor choralar
ko‘rildi;
337
-aholining, ayniqsa yosh avlodning diniy va dunyoviy qarashlarini
rivojlantirildi;
- ommaviy axborot vositalari, Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda
tarqatilayotgan radikal g‘oyalarga qarshi milliy an’ana va qadriyatlarimizning keng
targ‘ib etilishi ta’minlandi.
Qo‘mitaning yangilangan asosiy vazifalari etib belgilandi:
-
vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq
din ishlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
-
O‘zbekiston Respublikasining dunyoviy davlat tamoyilini amaliy ro‘yobga
chiqarish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish;
-
diniy mutaassiblik va ekstremizm g‘oyalarini tarqatish, turli konfessiyalar
o‘rtasida adovatni yuzaga keltirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik
choralarini ko‘rish;
-
jamiyatda diniy-ma’rifiy muhit barqarorligi va e’tiqod erkinligiga tahdid
tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillarni o‘rganish, tahlil qilish va ularning oldini
olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ushbu jarayonlarda diniy-ma’rifiy soha
vakillarining ishtirokini kengaytirish;
-
davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasi va hamkorligini
muvofiqlashtirish hamda davlat siyosatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
ro‘yxatdan o‘tkazilgan diniy tashkilotlar manfaatlarini aks ettirish;
-
aholi
orasida
konfessiyalararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni
mustahkamlash bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish;
-
fuqarolarning xorijiy davlatlarga va chet el fuqarolarining O‘zbekistonga
ziyorat turizmini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
-
ekstremizm, separatizm va mutaassiblik g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan
shaxslarni, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni sog‘lom hayotga qaytarish, jamiyatda
tinchlik va totuvlik muhitini mustahkamlash borasida ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarni
olib borish, bu borada ilg‘or xorijiy tajriba asosida takliflar tayyorlash;
338
- manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda aholining diniy-ijtimoiy
jarayonlarga munosabatini o‘rganish bo‘yicha sotsiologik so‘rovlarni tashkil etish.
Qo‘mita: jamiyatda «jaholatga qarshi — ma’rifat» degan ulug‘vor g‘oya
asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi
fazilatlar azaliy qadriyatlar ifodasi ekanligini targ‘ib etish maqsadida barcha davlat
va nodavlat notijorat tashkilotlariga bu boradagi faoliyatni amalga oshirishda
ko‘maklashmoqda;
- mamlakatdagi diniy-ijtimoiy jarayonlar hamda diniy bag‘rikenglikni
ta’minlash masalalarini o‘rganish natijalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-
quvvatlash, targ‘ibot va tashviqot tadbirlarini o‘tkazish choralari ko‘rildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev BMT Bosh
Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan tarixiy nutqida ushbu dolzarb masalaga
alohida e’tibor qaratib: “Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz
mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni
zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va
ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Islom dini bizni ezgulik va
tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadi”, – deya
ta’kidlagan edi.
Bunday adolatli yondashuv xalqaro doiralarda keng muhokamalarga sabab
bo‘ldi. BMT Xavfsizlik Kengashining 2017 yil 21 dekabrdagi 2396-sonli
rezolyusiyasida: “Terrorizm, zo‘ravon ekstremizm hech bir din, millat va
sivilizatsiya bilan aloqador emas va bog‘liq holda talqin qilinmasligi kerak”, deb
qayd etildi.
O‘zbekiston tashabbusi bilan qabul qilingan “Ma’rifat va diniy
bag‘rikenglik”
rezolyusiyasining
tinchlik-osoyishtalikni
saqlash,
diniy
bag‘rikenglikni ta’minlashdagi ahamiyatini quyidagi jihatlarda ko‘rish mumkin:
Birinchidan, rezolyusiya O‘zbekiston Prezidentining diniy-ma’rifiy sohaga
oid tashabbuslari nafaqat xalqimiz, balki xalqaro jamoatchilik tomonidan ham faol
qo‘llab-quvvatlanayotganini ko‘rsatadi.
339
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom
Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O‘zbekiston xalqaro islom
akademiyasi – bularning barchasi xalqaro darajadagi yirik loyihalardir. Ushbu
tashabbuslarning ahamiyati shundaki, ilm-ma’rifat, madaniyat zamini bo‘lgan
O‘zbekistondan ma’rifiy islom g‘oyalari tarqalishi, muqaddas dinimizning asl
insonparvarlik ta’limotlarini yoyish bo‘yicha Movarounnahrda shakllangan tarixiy
maktablar an’anasining davom etishi “Jaholatga qarshi – ma’rifat” bilan
kurashishning eng samarali echimi bo‘ladi.
Ikkinchidan, “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyusiyasi dunyo
jamoatchiligini bezovta qilayotgan terrorizm, ekstremizm, zo‘ravonlik,
murosasizlik kabi bugungi kunning o‘tkir muammolariga echim sifatida ilm-
ma’rifat, o‘zgalarga adolatli va bag‘rikeng yondashuv hamda tinchlikparvar
siyosatni targ‘ib qiladi.
Xulosa.
Dunyoning turli mintaqa va hududlarida ro‘y berayotgan ijtimoiy-
siyosiy jarayonlar, ziddiyatli to‘qnaShuvlarga teran qarash hissini oshirish, har
qanday ko‘rinishdagi tahdidlarga qarshi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talablari
asosida tashkil etish, ayniqsa bu borada kelajagimiz hisoblangan yosh avlodni, bir
so‘z bilan aytganda har birimiz uchun muqaddas bo‘lgan oilamizni din niqobi
ostidagi yot g‘oyalar ta’siridan asrash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni
safarbar etish, bunda «fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi
ma’rifat bilan kurashish» har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi
Do'stlaringiz bilan baham: |