I ll bob. BAHONING SHAKLLANISH USLUBLARI
3.1. Baho shakllanishining asosiy uslublari
Bozorlarda har bir tovaming o ‘z bahosi bo‘ladi, lekin
har bir korxona (firma) mustaqil ravishda sotiladigan tovariga
o ‘zi baho belgilashi mumkin. Agar raqobatchilar ko‘p bo‘lsa,
korxona bozordagi bahoni hisobga olgan holda bahoni belgilaydi.
Tovaming xususiyati, firma-sotuvchining mavqeyi va moliya-
viy qudratiga qarab baholarni shakllantirishda turli uslublardan
foydalaniladi. Baholarni hisoblash uslublarini tanlashda
tovaming
yangilik darajasi, sifati, tovaming yaroqlilik sikli
darajasi kabilar ta’sir qiladi. Minimal belgilanadigan baho
mahsulotning tannarxi bilan, maksimal belgilanishi mumkin
bo‘lgan baho buyumning noyobliligi bilan aniqlanadi. Raqo-
batdosh tovarlar va to ‘ldiruvchi tovarlarga odatda o ‘rtacha
darajadagi baholar belgilanadi.
Baholarni shakllantirish
uslublarini tanlashda ichki cheklashlar (sarflar va foyda) hamda
tashqi cheklashlami (xarid qobiliyati, raqobatchi tovarlaming
baholari va boshq.) ham hisobga olish lozim.
Baholarni shakllantirish uslublari asosan uchta guruhda
o ‘z aksini topadi: xarajat, bozor va ekonometrik uslublari.
Iqtisodiy islohotlar davrida baholarni shakllantirishda asosan
quyidagi param etr uslublaridan foydalaniladi: o ‘rtacha
solishtirma kattalik uslubi, balli baho uslubi,
korrelatsion-
regression tahlil.
0 ‘rtacha solishtirma kattalik uslubida
ishlab chiqarish
sarflari va bozordagi holat solishtiriladi. Bunda firmaning
qudratiga qarab ishlab chiqarish sarftarini
hisobga olgan holda
mahsulotni sotish hajmi rejasi aniqlanadi. Ishlab chiqarish
27
sarflari va bozordagi holatni taqqoslagan holda mahsulot va
tovarlarga baho belgilanadi.
Balli baho uslubida
ekspert baholash
asosida buyumning
ahamiyatli parametrlariga qarab, iste’molchilar uchun har
bir parametrga m a’lum ball beriladi. Bunday balli baholash
buyumning texnik-iqtisodiy darajasini baholab beradi.
Balli
baholash uslubi parfyumeriya-kosmetika buyumlari, vino,
pishloq, mol yog‘i va boshqalarda qo‘llaniladi, bunda tovarning
tashqi ko‘rinishi, ishning sifatliligini baholash juda muhimdir.
Korrelatsion-regression tahlil uslubidan
mahsulot texnik-
iqtisodiy parametrlarining o ‘zgarishiga qarab bahoni aniq-
lashda foydalaniladi. Natija va omil o‘rtasidagi son bog‘liqligi
regressiv tahlil uslubi yordamida aniqlanadi.
Bunda turli
regressiya tengliklari kelib chiqadi. Bu regressiya tengligidan
firma yangi modeldagi mah,sulotiga dastlabki «taxminiy»
bahoni belgilaydi. Tabiiyki, belgilangan bahoning yuqoriligi
firma rejalashtirgan sotish hajmidan past b o ‘lishi mumkin.
Bunday hollarda firma bahoni birmuncha pasaytirishga majbur
b o iad i.
Baholar doimo o ‘zgarib turadigan kategoriya sifatida amal
qiladi, bunday o ‘zgarib turish bahoning asosiy xususiyatidir.
Baholar talab va taklif bilan bog‘liq
holda harakat qiladi,
chunki baholar talab va taklifni bog‘lovchi vositadir. Talab va
taklif nisbatlari har doim o‘zgarib turishi bilan xarakterlanadi,
bu bozorda baholarning oshishiga yoki pasayib ketishiga olib
keladi. Bahoning darajasi o ‘z o‘mida tovarning xaridorgirligi
va bozordagi o ‘xniga bog‘liq b o iad i1.
Bozordagi holatga qarab baholar o ‘zgarib turadi. Bozor
xaridomi to"lov qobiliyati bilan ta’minlaydi va quyidagilarga
bog‘liq boMadi:
— tovar bahosi;
Do'stlaringiz bilan baham: