Microsoft Word bmi ga metodik ko'rsatma21 22. doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
Sana20.06.2022
Hajmi1,29 Mb.
#684435
Bog'liq
BITIRUV ISHNI BAJARISH 22



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT 
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI 
MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI 
BITIRUV ISHNI BAJARISH BO‘YICHA 
USLUBIY KO‘RSATMA 
5330500 – Kompyuter injiniringi (“Multimedia texnologiyalari”) bakalavriat
ta’lim yo‘nalishi uchun
TOSHKENT - 2022 



ANNOTATSIYA 
Bitiruv ishni bajarish bo‘yicha mualliflar tomonidan tayyorlangan uslubiy 
ko‘rsatma 5330500 – Kompyuter injiniringi (“Multimedia texnologiyalari”) 
bakalavriat ta’lim yo‘nalish talabalar uchun mo‘ljallangan. 
Uslubiy ko‘rsatma tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- ilmiy tadqiqotning nazariy bazasi; 
- mavzuni tanlash, axborotli va ilmiy izlanish, ilmiy natijalarni shakllantirish, 
ishni jihozlash va taqdimotni tayyorlash bo‘yicha, amaliy tavsiyanoma; 
Amaliy tavsiyanoma BIni bajarish bosqichlari uchun ilmiy metodlardan 
foydalanib ishlab chiqildi. 
Uslubiy ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasi Vazillar mahkamasining 2015 yil 
2 martdagi 36-sonli qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015 yil 9 
sentabrdagi 5-2015-son buyrug‘i va 2015 yil 26 oktabrdagi 8-2015-son buyrug‘i 
hamda ta’lim to‘g‘risidagi qonun, davlat ta’lim standartlari va ilmiy ishlarni 
jihozlash uchun ishlab chiqilgan boshqa normativ hujjatlar asosida tuzildi. 
Bakalavr ixtisosligi ilmiy daraja, bitiruv ish (BI) esa tadqiqotchining ilmiy mehnati 
sifatida qaraladi. 
Tuzuvchilar
:
«Multimedia texnologiyalari» kafedra mudiri, t.f.d.(DSc), 
E.Sh.Nazirova
«Multimedia texnologiyalari» kafedrasi dotsenti, PhD,
D.K.Sharipov
«Multimedia 
texnologiyalari» 
kafedrasi 
assistent
Z.D.Aripova 
Taqrizchilar
:
Buxoro davlat universiteti "Axborot texnologiyalari" 
kafedrasi mudiri, PhD, T.R. Shafiyev
«Multimedia texnologiyalari» kafedrasi dotsenti v.b., PhD, 
Sh.Abidova
“Multimedia 
texnologiyalari” 
kafedrasida 
muhokama 
etildi
20
21
yil 
3 noyabr
№ 
9
-son bayonnamasi 
Kompyuter injiniringi fakultetining ilmiy-metodik kengashi bilan kelishildi 
20
21
yil 
25 noyabr
№ 
5
- son bayonnama 
TATU ilmiy-metodik kengashida ko‘rildi 20
22
yil 
25 yanvar
№ 
6 (142)
-son 
bayonnoma
©
TATU, Nazirova E.Sh., Sharipov D.K., Aripova Z.D. 



M U N D A R I J A 
M U N D A R I J A........................................................................................................ 2
KIRISH .......................................................................................................................... 4
1.
BITIRUV ISHNING ILMIY ASOSLARI .............................................................. 4
2. BI TUZILISHI VA ASOSIY BO‘LIMLAR MAZMUNI ..................................... 11
3. BI MATNLI QISMI BAYONI VA JIHOZLANISHI ........................................... 31
4. BIDA ILLYUSTRATIV MATERIALNING GRAFIKLI TASVIRLANISHI ...... 33
5. MATEMATIK FORMULALARNI YOZISH VA TUSHUNTIRISH ................... 34
6. FOYDALANILGAN MANBALAR RO‘YXATINI TUZISH ............................... 34
7. ILOVANI JIHOZLASH QOIDALARI .................................................................. 35
8. BI TAQDIMOTINI TAYORLASH TAMOYILLARI ........................................... 35
8.1. BI taqdimoti haqida umumiy Nizom ................................................................ 35
8.2. BI sifati va DAK da himoyani baholash bo‘yicha tavsiyalar ........................... 36
9. BINI BAHOLASH MEZONI ................................................................................. 37
10. BI HUJJATLARINI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI ..................................... 38
10.1. BI ni jihozlashning titul varaqasi .................................................................... 38
10.2. BI bo‘yicha yozilgan taqriz va ilmiy xulosa ................................................... 41
11.BITIRUV ISHI NAMUNAVIY MAVZULAR RO‘YXATI ................................. 43
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..................................................................... 47



KIRISH 
Sog‘lom fikrli, chuqur bilim, keng dunyoqarash va ma’naviy jihatdan yuksak 
salohiyatga ega avlodni tarbiyalash masalasi davlatimiz siyosatining eng muhim 
ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Bugungi kunda har tomonlama yetuk, salohiyatli, 
ma’nan boy barkamol avlodni voyaga yetkazish ishlariga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. 
Yoshlarni tarbiyalash va ularga zamonaviy bilim berishning sifatini oshirish 
hamda jamiyatimiz uchun barkamol shaxsni shakllantirish ta’lim tizimining eng 
asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiyaviy 
ishlari bilan bir qatorda, talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilishni davr taqozo 
etmoqda. Hozirgi kunda oliy o‘quv yurtlarida professor-o‘qituvchilar rahbarligida 
ko‘plab talaba va magistrlarimiz ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanmoqdalar. 
Ta’lim muassasalarida talabalarga ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha aniq maqsad 
va vazifalarni ishlab chiqish, talabalarni tanlangan ilmiy tadqiqot yo‘nalishi 
bo‘yicha ta’lim texnologiyalari asosida ilmiy ishlarini olib borishi zarur. 
Bu borada kafedralarda professor-o‘qituvchilar o‘quv-tarbiyaviy ishlari bilan 
bir qatorda, talabalarning bitiruv ishlari va magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik 
ishlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazishdan iborat. Shu 
maqsadda kompyuter inginirin yo‘nalishi bo‘yicha bitiruv ishlarini tayyorlash 
yuzasidan uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalarni qamrab olgan ushbu ko‘rsatma 
yaratildi. 
Uslubiy ko‘rsatmada ilmiy adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish, tadqiqot 
vazifasi, uslublari va ularni tashkil etish, tadqiqot natijalari va ulaming tahlil etish 
bo‘yicha tavsiyalar bayon qilingan hamda bitiruv ishini yozish, rasmiylashtirish va 
himoyaga tayyorlash yuzasidan amaliy maslahatlar berilgan. 
1.
BITIRUV ISHNING ILMIY ASOSLARI 
Davlat ta’lim standartiga mos bakalavr darajasi kasbiy faoliyatning ilmiy 
tadqiqqot ko‘rinishiga mo‘ljallangan va yuqori malakali pedagogik kadrlarni 
tayyorlashda uzluksiz ko‘p darajali strukturada birinchi ilmiy darajaga mos keladi. 
Davlat attestatsiya komissiyasida ilmiy yo‘nalishga mos va tanlangan kasb 
asosida tayyorgarlikdan o‘tgan, BIni muvaffaqiyatli himoya qilgan oliy o‘quv yurti 
bitiruvchisiga bakalavr ilmiy darajasi beriladi. 
Bitiruvchining xarakteristikasiga asosiy talab BIning ilmiy-pedagogik darajasi 
hisoblanadi. 
Ushbu uslubiy ko‘rsatmada BI o‘qitishning yakuniy bosqichida bakalavr 
tomonidan ilmiy-tadqiqot ishini o‘tkazishda olingan natijalarning ilmiy mehnati 
sifatida baholanadi. 
Bakalavri tomonidan bajarilgan BIning nazariy bazasi sifatida BIni sifatli 
ishlab chiqish uchun ilmiy tadqiqot asoslari bo‘yicha bilim, ta’lim tashkilotlarida 
bo‘lajak kasbiy faoliyatga tayyorgarligini baholovchi oliy o‘quv yurti
bitiruvchisining ilmiy mehnati sifatida jihozlanishi tushuniladi. 



Fan - bu tabiat, jamiyat va fikrlashda, sotsial-iqtisoq faoliyat natijasida 
olinadigan va bevosita jamiyatning ishlab chiqarish kuchiga aylantiriladigan 
uzluksiz bilimlar tizimining rivojlanishi hisoblanadi. Fan termini alohida bilimlar 
sohasini belgilash uchun ham qo‘llaniladi. 
Fanning asosiy maqsadi – ob’yektiv duniyoni bilish (haqiqiy holatni nazariy 
tasvirlash) va jamiyatga foydali natijalar olish maqsadida atrof muhitga ta’sir etish. 
Fan jamiyatning ilmiy tadqiqot faoliyati natijasida qo‘llab-quvvatlanadi va 
rivojlanadi.
Ilmiy tadqiqot – fanning mavjudlik va rivojlanish shakli. Ilmiy-tadqiqotni 
tashkil etish strukturasini quyidagi tarkibiy qismlar ko‘rinishida tasvirlash maqsadga 
muvofiqdir: 

Ilmiy tadqiqotning umumiy masalalari (nazariya, metodologiya va 
metodlar); 

Ilmiy tadqiqot jarayonlari (shakllari, metodlari va bilish vositalari); 

Ilmiy tadqiqot metodikasi (Aniq shakl, fan va kasbiy faoliyat sohasiga 
mos samarali metod va vositalarni tanlash); 

Ilmiy tadqiqot texnologiyasi (Ilmiy tadqiqot jarayonlari va ularni 
bajarish haqida bilimlar to‘plami); 
Ilmiy nazariya – bu mos sohada (bizning misolda kompyuter inginiring) 
nazariyaning asosiy elementlar to‘plami(tasdiqlangan gipoteza, tushuncha va 
mulohaza). Nazariyaning rostlik mezoni uning amaliyot bilan tasdiqlanganligi 
hisoblanadi. 
Har qanday fanning asosi metodologiya hisoblanib, o‘z tarkibiga quyidagilarni 
oladi: faoliyat tuzilishi, mantiqiy tashkil etish, metod va vositalar haqida bilimlar. 
Ilmiy adabiyotlarda metodologiya sifatida ilmiy bilimlar tizimi, ya’ni ilmiy-
bilish faoliyatining qurilish tamoyillari haqidagi bilimlar, shakllar va usullar 
tushuniladi. 
Ilmiy metod – bu inson faoliyati (ishlab chiqarish, siyosiy, madaniy, ilmiy, 
ta’limiy va hokazo)ni qo‘yilgan maqsadga erishish uchun yo‘naltiruvchi qoida va 
ko‘rsatmalar tizimidir. 
Agar metodologiya ilmiy natijalar kutilayotgan gipotezada ifodalangan 
maqsadga erishishni ta’minlovchi ilmiy tadqiqot strategiyasi bo‘lsa, metod esa
qaysi yaxshi yo‘l bilan borish mumkinligini ko‘rsatuvchi taktika hisoblanadi. 
Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda tadqiqotning metodlari, vositalari va 
shakllarini tanlash va tadqiqotning metodikasini ilmiy asoslash lozim. 
Ilmiy tadqiqotlar metodikasi bu nazariy va amaliy tadqiqotda foydalaniladigan 
aniq shakl, metod va vositalar to‘plami hisoblanadi. 
Bizga ma’lumki, tadqiqot masalani qo‘yishdan boshlanadi, shuning uchun 
metodika qo‘yilgan masalani amaliy yechish uchun zarur tadqiqot ob’yekti haqidagi 
mavjud bilimlardagi qarama-qarshiliklarni ochish imkoniyatini berishi lozim, ya’ni
zarur natijalarni olish uchun tadqiqot ob’yekti haqida nazariy ma’lumotlarning 
yetarli emasligini ko‘rsatishdan iborat. 
Masalaning qo‘yilishi mavzuni shakllantirish metodikasi asosida mavzuni 
tanlash imkoniyati va tadqiqotning aniq masalasini yechish uchun uning 



dolzarbligini asoslash imkoniyatini beradi. Mavzuni tanlash, uni shakllantirish va
masalaning dolzarbligini asoslash navbatdagi quyidagi bosqichga o‘tish 
imkoniyatini beradi, ya’ni adabiyotlar manbaini tahlil etish metodikasi asosida
berilgan bilimlar sohasi ( adbiyot manbalarini tahlil etish va Internet axborot 
resurslaridan foydalanish)da mavjud ilmiy natijalarni umumlashtirish uchun – 
masalani yechish yo‘lidagi axborotli izlanishdir. 
Natija qo‘yilgan masala bo‘yicha ilmiy tadqiqotni o‘tqazish rejasi hisoblanadi. 
Ilmiy izlanish metodikasi aralash sohada boshqa ob’ektlarda qo‘llanilgan mavjud 
metodikani tanlash asosida shakllantiriladi yoki bunday metodika mavjud bo‘lmasa 
masalani yechish uchun muallifning yangi metodikasi ishlab chiqiladi. Ilmiy 
izlanish metodikasi ichida quyidagi guruhlar ajratiladi: 
- Nazariy tadqiqot metodikasi; 
-Tajriba tadqiqoti metodikasi. 
Nazariy tadqiqot metodikasi nazariy tadqiqotning umumiy strukturasi va 
qo‘yilgan masala va mavzu nomiga mos asosiy va yordamchi masalalarni yechish 
metodikasini anglatadi. 
Nazariy tadqiqot yangi ilmiy gipotezalarni yaratish, o‘rganilmagan hodisa
yoki jarayonlarni chuqur tushuntirish, ilmiy tadqiqot strategiyasi va taktikasini 
asoslash, shu bilan birgalikda o‘xshash va boshqa masalalarni yechishga 
yo‘naltirilgan ijodiy ishlar hisoblanadi. 
Ilmiy tadqiqot insonning (tadqiqotchi) intellektual faoliyati (fikrlashi)ga 
asoslanadi. Ilmiy tadqiqotning muhim elementi aqliy mehnat hisoblanadi. Nazariy 
tadqiqotning katta miqdordagi soni mavjud bo‘lib, uni tanlash aniq ilmiy masalaga 
mos kelishi lozim.
Tajribaviy tadqiqot metodikasi – bu tajriba tadqiqotlarini bajarishdagi ketma-
ketlik va usullarning umumiy strukurasidir. 
Tajribaviy tadqiqotlar nazariy tushuncha, qonuniyat, tamoyillarni amalda 
tasdiqlaydi va tanlangan mavzu bo‘yicha ilmiy tadqiqotda shakllantirilgan olingan 
ilmiy natijalarning ishonchliligini tasdiqlash uchun baza hisoblanadi. 
Tajriba va nazariya o‘zaro quyidagicha bog‘langan: 

Nazariya tajriba metodikasini asoslash imkoniyatini beradi; 

Tajriba nazariyaning haqiqatligini baholash imkoniyatini beradi. 
Tajribaviy tadqiqot uch bosqichdan iborat: rejalashtirish, tajriba va tahlil 
(natijalarni qayta ishlash). 
Tajribani o‘tkazishda quyidagi ishlarni bajarish zarur: 

Dastur tuzish yoki loyiha yaratish; 

Metodikani asoslash; 

O‘lchov vositalarini tanlash; 

O‘lchovlarni baholashni bajarish; 

Bajarilish ketma-ketligini aniqlash; 

Taqvim rejani tuzish. 
Tajribaviy tadqiqotlarning muhim bo‘limlaridan biri ma’lumotlarni qayta 
ishlash va tahlil etish hisoblanadi. Tajriba metodikasini tanlashda ma’lumotlarni 
qayta ishlashning matematik metodlariga va natijalarni jadval, grafika, formula, 



diogramma ko‘rinishidagi qulay shakllardan foydalanishga alohida e’tibor berish 
lozim bo‘lgan. Ilmiy natijalarni ilmiy holat ko‘rinishida jihozlash metodikasi ilmiy 
masalaning yechimidagi yakuniy bosqichi hisoblanadi. Ilmiy mahsulotlarning shakli 
quyidagicha bo‘ladi: 

Ilmiy-texnik hisobot; 

Ma’ruza; 

Maqola; 

Monografiya; 

O‘quv qo‘llanma; 

Bitiruv ish. 
BI oliy o‘quv yurti bitiruvchisining ilmiy tadqiqot natijalari hisoblanadi. BI 
maxsus, ommaviy himoyalanadigan malakaviy ish sinflariga qaraladi. 
Ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish uchun berilgan masala uchun fanda mavjud 
optimal metodikani tanlash yoki yangi metodikani ishlab chiqish. O‘zaro 
bog‘langan quyidagi uchta ilmiy tushunchalarga alohida e’tibor berish zarur: 
metodologiya, metod, metodika, qiymat va bular BI mavzusi bo‘yicha 
bajarilayotgan tadqiqotda bakalavr uchun printsipial xarakterga ega bo‘ladi. 
Oliy o‘quv yurtida BI bakalavrda o‘qishning yakuniy bosqichida bajariladi va 
o‘qituvchining ilmiy rahbarligida bitiruvchi tomonidan mustaqil bajariladigan 
ilmiy-tadqiqot majmuasi hisoblanadi. BI – bu mustaqil ilmiy-amaliy tadqiqot
hisoblanib, bitiruvchining malakaviy bilim darajasini o‘rnatish imkoniyatini beradi 
va ushbu bilimlarni kelajakda kasbiy o‘quv-metodik va ilmiy-amaliy faoliyatida
foydalanish ko‘nikmasini hosil qiladi. 
BIni bajarishda maxsus adabiyotlardan bilimlarni, adabiyotlarni mustaqil tahlil 
eta olish va umumlashtiruvchi xulosalarni chiqara olish ko‘nikmasini ko‘rsata olishi 
lozim. 
BI ijodiy, yangi elementlarga ega va ta’lim sohasining kasbiy faoliyatida 
axborot-kommunikatsion vositalar va kompyuterlarni qo‘llash bo‘yicha ilgari 
ma’lum yechimlarni taqqoslashda tadqiqotning tanlangan mavzusi bo‘yicha ilmiy-
amaliy masalalarni samarali yechishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. 
BI ning maqsadi quyidagilardan iborat: 

Nazariy bilimlarni tizimlashtirish; 

Nazariy bilimlarni mustahkamlash; 

Nazariy bilimlarni kengaytirish; 

Nazariy bilimlarni chuqurlashtirish; 

Mustaqil tahlilning amaliy ko‘nikmasini hosil qilish; 

Kompyuter injiniringi yo‘nalishi bo‘yicha to‘plangan malakalarni 
umumlashtirish; 

Davlat ta’lim standartida ko‘rsatilgan aniq o‘quv-metodik, ilmiy-texnik, 
axborot-texnologik, dasturiy-algoritmik, grafika va dizayn kabi mavzuli 
topshiriqlarni hal etishda olingan bilim, malaka va ko‘nikmalarni qo‘llash. 
Bakalavrning BI gumanitar, sotsial-iqtisodiy va tabiy-ilmiy, umumiy kasbiy 
fanlardan chuqur bilim va axborot texnologiya sohasida kasbiy tayyorgarlikni 
tasvirlashi lozim. BI to‘plangan bilimlarni amaliy ilmiy-tadqiqot ishida qo‘llash 



ko‘nikmasini ko‘rsata olishi, axborotli manbalardan foydalanish bo‘yicha malakaga 
ega ekanligini tasdiqlashi, normativ materiallar, mavjud ilmiy konsepsiayni 
tanqidiy baholsh ko‘nikmasini tasvirlashi va ta’limni axborotlashtitish masalasidagi 
yondoshuvlar, xususan, axbotli jamiyatda yashash va ishlashni ko‘rsata olishi zarur. 
BIning bajarilishi quyidagilarga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim: 

Kasbiy-ta’limiy dasturlarni o‘zlashtirish jarayonida olingan bilimlarni 
mustahkamlash; 

Ilmiy, metodik va statistik materiallarga ega adabiyot manbalari va 
Internet tarmog‘i axborot resurslari bilan mustaqil ishlash malakalarini 
chuqurlashtirish;

Kasbiy amaliyotda axborot faoliyat natijalarini qayta ishlashning 
zamonaviy metodlarini o‘rganish va tahlil qilish ko‘nikmasini hosil qilish. 
BI - bitiruvchining kasbiy darajasini aniqlovchi malakaviy ilmiy mehnat 
sifatida qaraladi. BI sifati va bakalavrini baholash quyidagi ko‘rsatkichlar bilan 
aniqlanadi: 

Aniq materiallarni bajarishda ta’lim sohasida amaliy ilovalarga 
mo‘ljallangan tadqiqot; 

BIda taklif etilayotgan xulosa va tavsiyonomalar; 

Pedagogik amaliyotda axborot-kommunikatsion texnologiyadan keng 
foydalanish asosida o‘qitish jarayonini takomillashtirish uchun to‘liq yoki qisman 
qo‘llash; 

Zamonaviy metodlar va ta’limni axborotlashtirish vositalaridan 
foydalanish; 

Tarmoqli texnologiyadan foydalanish; 

Masofaviy ta’lim texnologiyasidan foydalanish; 

Multimedia texnologiyalari va dizayn imkoniyatlaridan foydalanish; 

Virtual-maktab agent texnologiyasidan foydalanish; 

Axborot-texnologiyasi va dasturiy-apparatli vositalar yordamida qo‘llab 
quvvatlanilayotgan innovatsion texnologiyalar; 

Ma’lumotlar bazasining rivojlanayotgan ochiq arxitekturasi bilan o‘quv-
bilish fazosini tashkil etish. 
Kompyuter injiniringi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi axborot texnologiyalari 
asosi bo‘lgan quyidagi tamoyillardan ijodiy foydalanishni talab etadi: 

Ko‘rgazmalilik; 

Huquqiylik; 

Tizimlilik; 

Ketma-ketlilik; 

Onglilik. 
Ta’limda axborot texnologiyasi amaliy informatika va kompyuter 
grafikasining nazariyasi va metodlari bilan bog‘liq quyidagi masalalarni hal etish 
imkoniyatini beradi: 

Avtomatik dasturlashning axborot texnologiyasi; 

Avtomatik loyihalashning dizayni va axborot texnologiyasi; 




Avtomatik o‘qitishning axborot texnologiyasi; 

Avtomatik boshqarishning axborot texnologiyasi; 

Avtomatik diagnostikaning axborot texnologiyasi; 

Hisoblash tajribasi; 

Turli soha (tibbiyot, fan, madaniyat, texnika, ta’lim, ishlab chiqarish, 
savdo, transport, aloqa, huquqshunoslik, arxitektura, loyihalash, xizmat sohasi, dam 
olish) faoliyatida kompyuterli modellashtirish dasturlari. 
O‘qitishning axborot texnologiyasi yuqorida ko‘rsatilgan didaktik tamoyillarni 
hisobga olgan holda ishlab chiqilishi lozim. Ushbu tamoyillar yangi ta’lim muhitida 
(Avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimida) tasvirlanadigan yangi mazmun bilan 
to‘ldirilishi lozim, bu esa yangi axborotli pedagogik texnologiyani shakllantirish 
imkoniyatini beradi. 
Ilmiylik tamoyili faqat an’anaviy bilimlarnigina emas, balki zamonaviy 
fanning fundamental holatini shu bilan birgalikda uning istiqbolini ham ko‘rsatadi. 
Ko‘rgazmalilik tamoyili
. Ko‘rgazmalilik sifatida avvalam bor, 
o‘rganuvchining predmetni biror shaklda ko‘rish va o‘rganilayotgan fizik 
hodisaning rivojlanishi (evolyutsiyasi, o‘zgarishi)ni kuzatish tushuniladi. 
Kompyuter ushbu jarayonlarni ShK monitor ekranida tasvirlash orqali 
boshqarish imkoniyatini beradi. An’anaviy vositalar (taxta, bo‘r, latta) bilan erishish 
qiyin bo‘lgan harakatlanayotgan barcha ob’ektlarni dinamik holatda ko‘rsatish 
mumkin. 
Kompyuter tomonidan ta’minlanuvchi ko‘rgazmalilik yangi bilish quroli- 
kompyuter grafikasi haqida gapirish imkoniyatini beradi. Ushbu qurol matn bilan 
ifodalash imkoniyati bo‘lmagan va yuqori abstrakt darajaga ega bo‘lgan insoniyat 
bilimlarini vizuallashtirish imkoniyatini yaratadi. 
Kompyuterli o‘qitishda huquqiy tamoyil ma’lum yoshdagi o‘rganuvchi 
guruhlar uchun aniq material uchun o‘qitish maqsadiga eishish imkoniyatini 
beruvchi individual huquqiy tamoyilga o‘tadi. 
Tizimlilik va ketma-ketlilik tamoyili o‘quv materialini tashkil etishning 
tuzilishi va o‘qitilish darajasini nazorat qilishda teskari aloqani ta’minlash vazifasi 
bilan bog‘liq. 
Kompyuterli o‘qitish o‘z metodolgiyasi bo‘yicha o‘rganuvchu ekranida o‘quv 
materialini ketme-ketlikda qismlarga bo‘lingan holda uzatishni tashkil etadi, ya’ni 
kompyuterga tegishli maxsus ketma-ketlikdagi amallar( monitor ekranida axborotni 
tasvirlash, predmetli sohada belgili model bilan ishlash, dialogli rejimda 
klaviaturadan javobni kiritish va kompyuterli o‘quv dasturlarini amalda bajarish). 
Bilimlarni o‘qitishning axborot texnologiyasida tasvirlanishi tizimlilik 
ko‘rinishidagi didaktik tamoyilni ta’minlaydi. 
Zamonaviy axborot texnologiyasiga tayangan holda o‘qitishda kompyuterli 
o‘qitish metodikasi asosida tashkil etilgan startegiya onlililik tamoyilini 
ta’minlaydi. 
Bu metodika kompyuterli o‘qitishning psixologo-pedagogik nazariyasida 
quyidagi strategiyani tarbiyalashga yo‘naltirilgan: 


10 

Predmetlarni va o‘quv materiallarini mustaqil o‘rganish uchun ular 
orasidagi o‘zaro bog‘liqlilik hodisalariga qaraydi; 

An’anaviy o‘quv fanlarida olingan bilimlarni to‘ldiradi. 
Onglilik tamoyilini amalga oshirish uchun kompyuter o‘rganivchiga har bir 
mavzuning maqsadi va masalasi bo‘yicha xabar beradi va bilimni muvaffaqiyatli 
o‘zlashtirishi uchun zarur amallarni ko‘rsatadi (Bu amallar texnologik xarita 
ko‘rinishida ifodalanadi). Onglilik tamoyilining amalda bajarilish muvaffaqiyati 
kursning nazariy darajasiga, o‘rganilayotgan tushunchaning to‘liq ochilishi va ular 
orasidagi o‘zaro munosabatlarga, ya’ni fanlararo aloqaning ta’minlanganligiga
bog‘liq bo‘ladi. 
Kompyuterli kommunikatsiyaning mavjudlik tamoyili o‘rgatuvchi va 
o‘rganuvchi o‘rtasida kompyuter orqali dialogni tashkil etishga asoslangan, ya’ni 
zamonaviy pedagogik tizim “o‘qituvchi – kompyuter - o‘rganuvchilar guruhi” 
paydo bo‘ladi. 
Uning amalda qo‘llanilishi yangi pedagogik nazariya – o‘qitishning quyidagi 
axborot modelini ishlab chiqish talab etiladi: 

O‘quv axborotini faol tasvirlovchi darslik (elektron ensiklopediya, 
elektron darslik, virtual amaliyot), ya’ni bilimlar generatori; 

o‘quv jarayonini boshqaruvchi o‘qituvchi (tyutor); 

Internetning axborotli bilish muhitida o‘rganuvchi o‘z-o‘zini 
o‘qitishning faol elementi hisoblanadi.
Informatikaning matematik va mantiqiy asoslari fan va o‘quv fani sifatida 
diskret matematika elementlariga asoslanadi. 
Bu bilimlar sohasida informatika va kompyuter grafikasi fanlari bo‘yicha
kasb ta’limidagi bakalavr nazariyani ishlab chiqishda quyidagi yo‘nalishlardan biri 
bo‘yicha tadqiqotni tashkil etadi: 

Mikroprotsessorli avtomatlarning sintezli masalalarida mantiqiy algebra 
elementlari; 

Dasturlash ilovalarida grafiklar nazariyasi; 

Kompyuter grafika va dizan nazariyasi; 

Algoritmlash metodlarining ilovalarida amaliy algoritmlar nazariyasi; 

Ikkilik arifmetikaning ilovalarida mashinali matematika. 

Telekommunikatsiya ilovalarida axborotlarni kodlash va uni yoyish 
nazariyasi; 

Nazariy dasturlash masalalarining ilovalarida formal til va avtomatlar; 

Nazariy dasturlash va boshqalar. 
Bitiruv ish mavzusini tanlash – BIning qo‘lyozmasi tugallangandan keyin 
olinadigan nazariy yoki eksperimental xarakterini, istiqboldagi tadqiqotning
mazmunini, ilmiy ishlanmaning dolzarbligini, ilmiy natijalarning amaliy ahamiyati 
va qo‘llanilishini aniqlovchi eng ma’suliyatli bosqich hisoblanadi. 
BI mavzusini tanlashning umumiy metodik tamoyili sotsiyal buyurtma asosida 
masalaning qo‘yilishi hisoblanadi. Natijada shakllantirilgan muammodagi 
masalalarni yechish uchun zarur bo‘lgan ilmiy tadqiqot mavzularining nomlari 


11 
aniqlashtiriladi. Mavzuni tanlashda quyidagi asosiy yo‘nalishdagi imkoniyatlar 
mavjud: 

Kafedra tomonidan tadqiqotlar o‘tkazish natijasida hosil bo‘lgan mavzular; 

Soha tashkilotlarda kasbiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lib, talabalar 
tomonidan taklif etilgan individual mavzular; 

BI rahbari tomonidan taklif etilgan mavzular; 

Soha tashkilotlarda, ta’lim va tadqiqot institutlari hamda O‘zbekiston 
Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligi tomonidan berilgan buyurtmali mavzular. 
Mavzuni tanlashda ilmiy ishlab chiqish masalasini amaliyotdagi talablar va 
amaliyotni ta’minlash uchun zarur nazariy tadqiqotdagi yetishmovchiliklar orasidagi 
mavjud qarama-qarshiliklarni asoslash lozim. 
Talaba tomonidan tanlangan mavzuda muammoni bitiruvchining o‘zi 
shakllantiradi va kafedrada tasdiqlaydi. 
Ilmiy rahbar tomonidan taklif etilgan mavzularda muammoni shakllantirish 
oldindan qo‘yilgan va talabaga tushuntirilgan. 
Buyurtmali mavzularda muammoni shakllantirish buyurtma bergan tashkilot 
tomonidan amalga oshiriladi. 
BI mavzulari tadqiqot xarakteriga ega bo‘lib, quyidagilarni aniqlashi lozim: 

Yangi ilmiy natijalar olish uchun nazariy va tajribaviy tadqiqotlar 
o‘tkazishda talab etiladigan aniq masalalarni yechish; 

Soha tashkilotlar yoki axborot texnologiyalari o‘quv yurtlarida o‘quv-
tarbiya jarayonlari samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan yangi dastur, saytlar, 
qurilma, kompyuter dasturlarini yaratish; 

O‘quv dasturi va malakaviy talablar mazmuniga mos yo‘naltirilgan yangi 
bo‘lim yoki axborot texnologiyalari sohasida yangi fanni o‘qitish metodikasini 
ishlab chiqish; 

Soha tashkilotlarda hamda axborot texnologiyalari o‘quv yurtlarida
o‘quvchi va talabalarni tayorlash darajasini oshirishga yo‘naltirilgan yangi 
kompyuter dasturlarini ishlab chiqish va malakaviy talablar ga navbatdagi avlodni 
kiritish uchun takliflarni shakllantirish. 
Bakalavr taklif etayatgan mavzu kurs ishi yoki o‘quv-tadqiqot ishining
davomi va uni rivojlantirishi bo‘lishi mumkin. BI mavzusini tanlash va uni 
kafedrada tasdiqlash ixtisoslik o‘quv rejasi bo‘yicha o‘qitish yakunlangandan so‘ng
va BI mavzusi bo‘yicha tadqiqot bajarilishidan oldin tugallanishi lozim. 
Ushbu davrgacha BI ilmiy rahbari va zarur bo‘lsa, BI mavzusining maxsus 
bo‘limlari bo‘yicha maslahatchi tasdiqlanishi lozim. 
Mavzu tasdiqlangan va ilmiy rahbar belgilangandan keyin bakalavr axborot 
texnologiyalari kafedrasi mudiri tomonidan tasdiqlangan BIni bajarish uchun 
topshiriqlar oladi. 
2. BI TUZILISHI VA ASOSIY BO‘LIMLAR MAZMUNI 


12 
BI chop etilgan va kitob ko‘rinishga keltirilgan holdagina himoyaga ruhsat 
beriladi. Matnlar, grafiklar, formulalar va adabiyotlar ro‘yxati shaxsiy kompyuter 
printerida jihozlanadi, uning elektron nusxasi kafedrada saqlanadi, qo‘lyozma 
varianti esa davlat attestatsiya komissiyasiga topshiriladi. BI materiallari elektron 
tashuvchida ya`ni diskda ilova etiladi. BI talabaning zamonaviy axborot 
texnologiyasi va Microsoft Word ko‘rinishidagi mukammal dasturiy ta’minot 
paketlari hamda boshqa bosma poligrafik amaliyotda keng qo‘llaniladigan 
ko‘nikmalarni ko‘rsatadi. 
BI muallifning ijodiy fikrini mantiqan ketma-ketlikda yoritishi, qilingan ish 
mazmunini ifodalashi, o‘tkazilgan tajribalar va ularning ilmiy natijalarining 
yozilishi, tanlangan mavzu bo‘yicha adabiyotlar tahlili qisqa va aniq shaklda 
bajarilishi lozim. 
BI materiali qo‘lyozma sifatidagi ilmiy mehnat sinfiga kiradi. 
BI hajmi qoidaga ko‘ra, 
60
sahifa, kamida 
55
sahifadan iborat chop etilgan 
ko‘rinishga ega ilmiy material hisoblanadi. 
BI 3 bobdan iborat bo`lib, 1 chi bob tanlangan mavzu asosida mavzudan kelib 
chiqgan holda, mavzu yoritiladi. Misol uchun 3Dda bironbir ob`yektni loyihalashga 
tegishli mazvu bo`lsa, 1 bobda qanday shunga o’xshash ob`yektlar qilinganligi va 
qanday dasturlarda yaratish mumkinligi ko’rib chiqgan holda ulardan birini tanlagan 
holda 2 bobga o`tiladi ya`ni 2 bobda tanlangan dasturni yoritilish bilan boshlanadi.
BIning namunaviy tuzilishi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: 

BIning titul varag‘i; 

BI talaba va rahbarga tegishli jadvallar; 

BIga annotatsiya; 

BIning mundarijasi; 

Kirish; 

BIning asosiy qismi; 
- I bob nazariy qism; 
- II bob amaliy qism qilingan ish yoritilishi; 
- III bob Hayot faoliyatini xavfsizligiga tegishli ma`lumotlar. 

Xulosa; 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati; 

BIga ilova(tajribalar natijasi, ariza, toshiriqlar varaqasi va taqrizlar). 


13 
BI shaklining asosiy talablari: 
1-
Butun diplom Times New Roman shirftida 14 hajmda bo’ladi (Bob 
nomlaridan tortib sarlavhalar ham, hamma hammasi!); 
2-
List shakli 
1-rasm. Wordda diplom yozishni boshlashdan oldin varroq (list) shaklini BIdagi 
parametri berilgan 
Ya`ni, yuqoridagi ko`rsatilgan chizg`ich (lineyka) shakli quyida berilgan 
rasmdagidek bo’lishi lozim. Sababi chap taraf pereplyot ya`ni kitob shakliga 
keltirganingizda 3 smlik joy oladi. [Lineyka parametriga kirish uchun ihtiyoriy 
strelka orqali ko’rsatilgan joyiga sichqonchani chap tarafi bilan 2 marotaba bosib 
past ko`rsatilgan oyna orqali to’g’illashingiz mumkin bo’ladi] 


14 
2-rasm. Varroq shaklini BI bo’yicha talabi 
BI asosiy titul varrog’i quyidagi ko’rinishda bo’ladi (A shakl - na`muna 3 
tilda keltirilgan talabalar qaysi tilda ta`lim olishidan kelib chiqgan holda). Titul 
varog’ida sarlavha raqami (bet raqami) qo’yilmaydi!!! Titulda ham avval 
ta`kidlanganidek Times New Roman 14 shirft bo’ladi. 
B shakl na`munada tituldan keyin keladigan 2 varroq diplom mavzusiga 
tegishli ma`lumot va jadval berilgan. U yerda BI mavzu tasdiqlangan sana va 
farmoyish raqamlari har yil yangisi yoziladi va qisqacha BI mundarijasi B shaklda 
ko’rsatilganidek qilib keltiriladi. 


15 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
Himoyaga 
«Multimedia texnologiyalari» 
kafedrasi mudiri
______Nazirova.E 
«____» ___________2021y. 
BAKALAVR BITIRUV ISHI 
MAVZU: BITIRUVCHI SINF OʻQUVCHILARI TABELIDAGI BAHOLARNI 
TAHLIL QILIB, ULARDA QAYSI SOHAGA QOBILIYAT BORLIGINI 
ANIQLOVCHI VA QAYSI YOʻNALISHGA TOPSHIRISHNI MASLAHAT 
BERUVCHI TIZIM YARATISH 
TOSHKENT-2021 
Bitiruvchi _____________Rahmatov.M
Rahbar ______________Rahmonov.Q 
Taqrizchi_____________Baxriddinov.A 
XFX va Edan ___________Raxmonova.G
Na`muna A shakl


16 
МИНИСТЕРСТВО ПО РАЗВИТИЮ ИНФОРМАЦИОННЫХ 
ТЕХНОЛОГИЙ И КОММУНИКАЦИЙ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН 
ТАШКЕНТСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ ИНФОРМАЦИОННЫХ 
ТЕХНОЛОГИЙ ИМЕНИ МУХАММАДА АЛ-ХОРАЗМИЙ 
У Т В Е Р Ж Д А Ю 
Зав. Кафедрой 
«Мультимедийные технологии» 
Назирова Э.Ш._____________ 
«____»_________2021г. 
ВЫПУСКНАЯ РАБОТА 
на тему: 
СОЗДАНИЕ АНИМАЦИОННОГО РОЛИКА ПО ТЕМЕ ВЫДАЮЩИЕСЯ 
УЧЕНЫЕ ВОСТОКА ИСТОРИЯ ЖИЗНИ АБУ НАСР АЛЬ – ФАРОБИЙ 
Выпускник 
Киличев Ф. Ф. 
Руководитель
Артикова М. 
Консультант по 
БЖД и Э 
Борисова Е. А. 
Рецензент 
Рахмонов З. 
Ташкент 2021 
Na`muna A shakl


17 
THE MINISTRY OF DEVELOPMENT OF INFORMATION 
TECHNOLOGIES AND COMMUNICATIONS OF THE REPUBLIC 
UZBEKISTAN 
TASHKENT UNIVERSITY OF INFORMATION TECHNOLOGIES 
NAMED AFTER MUHAMMAD AL-KHWARIZMI 
“APPROVED”
Head of the department 
“Multimedia Technologies” 
«___» __________ 2021. 
________Nazirova E.Sh. 
On the theme: 
DEVELOPMENT OF LEARNING MANAGEMENT SYSTEM (LMS) IN 
THE CONTEXT OF DISTANCE EDUCATION
Graduating student
_____________ 
(signature)
Ergashev A. K. 
(surname)
Supervisor
_____________ 
(signature)
Maxmanov O.K.
(surname)
Consultant on life 
safety and ecology
_____________ 
(signature)
Abdullayeva S.
(surname)
Reviewer
_____________ 
(signature)
Siddiqov I.X. 
(surname) 
Tashkent 2021 
Na`muna A shakl


18 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
Fakultet: Kompyuter injiniringi 
Kafedra: Multimedia tizimlari 
Yo’nalish (mutaxassislik) 5330500-«Kompyuter injiniringi («Kompyuter injiniringi 
», «AТ-servisi», «Axborot xavfsizligi», «Multimedia texnologiyalari»)» 
«TASDIQLAYMAN» 
«MT» kafedra mudiri 
Nazirova E.Sh. 
«___»____________2019 y. 
Bitiruv ishini bajarishga 
TOPSHIRIQ 
Ismatov Ravshan Gulmurod o’g’li 
(familiya, ismi, otasini ismi) 
1.
BI mavzusi: 
Toshkent shahrida joylashgan “Ashxabod” saylgohi 3D roligini 
yaratish. 
2. Mavzu tasdiq sanasi: universitet
12.12.2018y. № 1783-15-sonli qarori bilan 
tasdiqlangan 
3. Ishni to’liq bajarish uchun berilgan vaqt:
30.05.2019y
4. Ishning boshlang’ich ma’lumotlari:
Mavzuga doir ilmiy - texnik adabiyotlar, 
Internet ma'lumotlari. 
5. Hisob tushuntirish matni mundarijasi
(ishni bajarishdagi masalalar ro’yxati) 
Kirish. 1. Kompyuter grafikasi imkoniyatlaridan foydalanib uch o'lchovli 
multiplikatsiyalarni yaratish texnologiyalarini ko’rsatish. Kompyuter grafikasida uch 
o’lchovli 
multiplikatsiyalashning 
axamiyati 
Zamonaviy 
uch 
o’lchovli 
multiplikatsiyalashni yaratilishdagi asosiy texnologiyalar. 2. Toshkent shahrida 
joylashgan “ashxabod” saylgohi 3d roligini yaratish bosqichlari. Uch o’lchamli 
sahnani modellashtirish va yaratish jarayoni. “ASHXABOD” saylgohini 
vizuallashtirish jarayoni. “ASHXABOD” sayilgohi roligini loyihalashtirish. 3. Xayot 
foaliyati xavfsizligi va ekologiya. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. 
6. Grafik materiallar ro’yxati:
Prezentastiya materiallari. 
7. Topshiriq berilgan kun
12.12.2018y 
Rahbar ___________________ 
(imzo) 
Topshiriqni oldi __________________ 
(imzo) 
Na`muna B shakl


19 
МИНИСТЕРСТВО ПО РАЗВИТИЮ ИНФОРМАЦИОННЫХ 
ТЕХНОЛОГИЙ И КОММУНИКАЦИЙ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН 
ТАШКЕНТСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ ИНФОРМАЦИОННЫХ 
ТЕХНОЛОГИЙ ИМЕНИ МУХАММАДА АЛ-ХОРАЗМИ
Факультет Компьютер инжиниринг кафедра «МТ» 
.
Направление 5330500
– 
Компьютер инжиниринг (Мультимедийные 
технологии) 
У Т В Е Р Ж Д А Ю
Зав. кафедрой «МТ» 
________Э.Ш.Назирова 
« ___ » 2019г. 
ЗАДАНИЕ 
на выпускную работу студентки
Исраиловой Камиллы
на тему

Создание воспитательного мультипликационного ролика о защите 
окружающей среды
1.Тема утверждена приказом по университету от 15.11.2018 г № 1595
2.Срок сдачи законченной работы 30 май 2019г.
3. Исходные данные к работе: лекции, публикации технической литературы, 
методические пособия, статьи научных изданий, интернет-сайты. 
4.Содержание расчётно-пояснительной записки: Основные аспекты создания 
анимационных 
роликов 
об 
экологических 
проблемах. 
Создание 
воспитательного мультипликационного ролика о защите окружающей среды. 
Безопасность жизнедеятельности и экология. 
5. Исходные данные к работе:
описание, интернет материалы, справочные 
пособия. 
6. Перечень графического материала: рисунки, схемы, таблицы.
7. Дата выдачи задания _________ 
Руководитель _______________ Задание принял __________ 
Na`muna B shakl


20 
Na`munaning B shaklida BIning ikkinchi sahifasi ko’rsatilgan bo’lib, har 3 tilda 
ham huddi shunday ko’rinishda bo’ladi. BI nomidan boshlab 2-
Mavzu tasdiq 
sanasi 
bu sizni mavzuyingiz tasdiqlangan sana (fakultetdagi barcha mavzular 1 tada 
tasdiqlanadi). Qolgan puntlar bilan rahbar bilan kelishib sanalarini va BI 
sturukturasini qisqa na`munada keltirilganidek to’ldiriladi.
Na`munaning D shaklida BIning 3 sahifasi keltirilgan. Bu yerda talabadilpom 
rahbari bilan ishlash tartibini sanalar orqali yotigan holda BI mavzusidan kelib 
chiqib jadvalni to’ldiradi va yakunida imzo qo’yiladi (pereplyotdan so`ng). Uchta 
odamni imzosi bo’ladi: XFX dan ma`sul, BI rahbar so`ng talabaning imzosi 
keltiriladi.
Na`muna D shakl


21 
Bundan so`ng to’rtinchi sahifa BI annotatsiyasi yoziladi. Annotatsiya 3 tilda 
beriladi. Qisqa ma`lumot berilib annotatsiyada nima tahlil (analez) qilganligini 
aytiladi va shu tahlil natijasida qilingan mahsulot ko’rsatilinadi. Annotatsiya 
sarlavhasida faqatgina annotatsiya izohi beriladi halos ya`ni kattada annotatsiya deb 
yozilmaydi!!! Na`munaning C shaklida ko’rishingiz mumkin.
Na`muna D shakl


22 
В данной выпускной работе проведен тщательный анализ 
мультимедийных приложений и классификация средств создания
анимационного ролика для разработки воспитательного мультипликационного 
ролика о защите окружающей среды, рассмотрены основные аспекты создания 
анимационных роликов об экологических проблемах.
Ushbu bitiruv ishida atrof muhitni muhofaza qilish haqida ta'lim-tarbiyaviy 
animatsion klip yaratish vositalaridan multimediali ilovalar chuqur tahlil qilindi va 
atrof-muhit muhofazasi bo'yicha ta'lim-tarbiyaviy animatsion videorolik yaratish 
uchun animatsion video yaratish vositalarini tasniflash, atrof-muhit masalalari 
bo'yicha animatsion videoroliklarni yaratishning asosiy jihatlari o’rganib chiqildi. 
In this graduation work, was thorough analyzed of multimedia applications and 
the classification of the means of creating an animated video for developing an 
educational animated video about the protection of the environment, the main aspects 
of creating animated videos about environmental issues. 
Na`muna D shakl


23 
Annotatsiyada BI mavzusi bo‘yicha bajarilgan ilmiy tadqiqotning qisqa 
mohiyati yoritiladi: ilmiy muammo, mavzuning dolzarbligi va yangiligi, nazariy va 
tajribaviy tadqiqotlar xarakteristikasi, ilmiy natijalar va BI materiallaridan 
foydalanish bo‘yicha tavsiyanomalar. Annotatsiya matnli material ko‘rinishida 1/3 
– 1/2 sahifa hajmida jihozlanadi. 
Mundarija 3 bo‘lim(bob), bo‘lim qismi(paragraflar) ikkilik numeratsiya 
(masalan, 1.2.-birinchi bobning ikkinchi paragrafi) bilan belgilanadi. Mundarijada 
matnli material yanada kichik qismlarga bo‘linishi mumkin (masalan, 1.2.1 – 
birinchi bobning ikkinchi paragrafi birinchi bandi). Mundarija matning o‘ng 
tomonida (bob, paragraf va bandlar nomi) BI qo‘lyozmasi materiali joylashgan 
sahifa nomerlari ko‘rsatiladi (masalan, 3.2.2 – ilmiy tadqiqot… 7, yoki 4.1. BI 
haqida Nizom, maqsadi va topshrirqlar … 25). NA`MUNA SHAKLI 
F. 
Na`muna F shakl


24 
Kirish qismida ishning dolzarbligi yoritiladi, tadqiqotning maqsadi, masalalari 
va predmeti shakllantiriladi, gipotezani shakllantirish, ilmiy tadqiqotning 
metodologik asosi, nazariy tadqiqot va pedagogik tajriba xarakteristikasi, BIning 
ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati keltiriladi, shu bilan birgalikda kasbiy bilim, 
malaka va ko‘nikmani hosil qilishga yo‘naltirilgan BIning umumiy xarakteristikasi 
beriladi. Kirish qismi odatda matnli material ko‘rinishida jihozlangan 3-5 sahifadan 
iborat hajmga ega bo‘ladi. Kirish qismidan na`muna va asosiy urg’u beriladigan 
qismlarini quyida ko’rishingiz mumkin. Kirish qismining asosiy nuqtalari bo’lib: 
Актуальность темы выпускной работы
Bitiruv ishning dolzarbligi 
Цель выпускной работы 
Bitiruv ishining maqsadi
Для достижения поставленной цели необходимо решить следующие 
задачи: 
Bitiruv ishda quyidagi masalalar qo’yilgan.
So’ngra BI strukturasini bobma bob yoritilib, kirishga yakun yasaladi.


25 
ВВЕДЕНИЕ 
На сегодняшний день создано и создается огромное количество 
анимационных фильмов на самую разнообразную тематику, рассчитанных на 
различные возрастные и культурные группы зрителей. Западными и 
отечественными мультипликаторами особое внимание уделяется экологической 
проблематике. На современном этапе вопросы традиционного взаимодействия 
природы с человеком переросли в глобальную экологическую проблему, 
представляющую опасность для будущего нашей планеты и жизни детей. В 
связи с данной экологической ситуацией на сегодняшний день возникает 
необходимость в формировании экологической культуры. Воспитание 
правильного отношения к природе нужно предпринимать задолго до того, как 
человек становится взрослым. Ведь именно в детском возрасте приобретенные 
экологические знания и представления могут в дальнейшем преобразоваться в 
прочные убеждения. Экологическому воспитанию в полной мере могут 
способствовать анимационные фильмы для детей [1,2].
Немаловажное влияние к формированию правильного отношения к 
окружающей среде оказывают и органы власти Республики Узбекистан. 
Президент Республики Узбекистан Ш.М.Мирзиёев в своем выступлении на 
заседании палат Олий Мажлиса12 июля 2017 года отмечал, о важной роли 
Экологического движения Узбекистана в деятельности национального 
парламента, общественно-политической жизни страны, практической работе по 
укреплению законодательной базы по охране окружающей средыи 
осуществлению парламентского контроля за исполнением законов и решений в 
этой сфере. 
22 декабря 2017 года в Послании Олий Мажлису Республики Узбекистан 
Президент страны особо отметил, что организованное в 2008 году 
Экологическое движение Узбекистана за прошедший период превратилось в 
настоящую политическую силу, и оно способно решать масштабные задачи в 
сфере экологии и здравоохранения. 


26 
Актуальность темы выпускной работы:
мультипликация -существенный 
источник знаний, способствующий развитию воображения, мышления и речи, 
оказывающий родителям существенную помощь в воспитании ребёнка. 
Анимационные фильмы являются наиболее близким и понятным жанром 
искусства, информирующим детей в наглядной и занимательной форме о 
ценностях и моделях поведения, принятых в обществе. Учитывая эту 
специфику анимации её можно использовать для привлечения внимания детей 
к проблемным вопросам охраны окружающей среды, формированию базовых 
основ взаимодействия человека и природы. 
Цель выпускной работы:
Создание воспитательного мультипликационного 
ролика о защите окружающей среды. 
Для достижения поставленной цели необходимо решить следующие 
задачи: 

изучение программных средств для создания анимационного ролика; 

разработка персонажей и объектов; 

монтаж звукового сопровождения и публикация ролика. 
Выпускная работа состоит из введения, трех глав, заключения и списка 
использованной литературы

В первой главе были рассмотрены анализ современных методов и технологий 
разработки мультипликационных роликов. 
Во второй главе был описан процесс разработки мультипликационного 
продукта и взаимодействия человека и природы.
В 
третьей 
главе 
были 
приведены 
правила 
по 
безопасности 
жизнедеятельности и экология.
В заключений был приведен вывод по итогам выполненной работы. 
В списке использованной литературы были приведены источники и интернет 
ресурсы. 


27 
KIRISH 
Mamlakatimizda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikat-
siyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko’rsatishning yaxlit tizimini 
yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini 
joriy etish yuzasidan izchil ish olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017-yil 15-martdagi PQ-2834-son “Toshkent axborot 
texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to’g’risida” gi qarori [1]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu qarori 
yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilm-fanning nufuzini oshirish, professor 
o‘qituvchi-larning sharafli mehnatini qadrlash, kadrlar intellektual salohiyatini 
mustahkamlash, uni tashkillashtirish va boshqarish tizimini takomillashtirish, 
universitetning moddiy texnik bazasini tubdan yaxshilash, uning xorijiy 
davlatlardagi nufuzini ko‘tarish, iqtidorli yoshlarni ilm-fanga ko‘proq jalb qilishga 
keng yo‘l ochadi.
Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2002 yil
N PF-3080-sonli "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot 
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g`risidagi" farmoni [2], Ta’lim 
sifatini nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida,
shuningdekO’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi 
«Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida»gi PF-5538-sonli farmoni. 
Zamonaviy kunda shiddat bilan rivojlanib borayotgan, tеxnika va 
tеxnologiyalar sohasi insoniyatning turmush tarzining butkul o'zgartirib 
yuborayotgani bejiz emas. Insoniyat tomonidan ishlab chiqarilayotgan yangi ilmiy 
innavastion g’oyalar amalga oshirilmoqda. Bugungi kundga kеlib o’lkatimizda
kompyutеr tеxnologiyalari eng nufuzli o’rinlarga ko’tarilmoqda, shu bilan 
birgalikda ma’lumotlarni uzatish tеlеkomunikastiya tarmoqlarning rivojlanishi va 
modеrnizastiya qilish va shu bilan bir qatorda uni takomillashtirish, Global tarmoq 
xizmatlaridan foydalanish imkoniyati oshirishga yordam bermoqda desak 


28 
yanglishmaymiz. Hozirda yurtimizda global tarmoq forumlari o'tkazish tobora oddiy 
holga aylanib bormoqda. Shaharlarda va boshqa aholi yashash joylarida tobora 
jamoaviy global tarmoqqa ulanish imkoniyati yaratilmoqda, informastion 
xizmatlarning qimoyasi ta’minlanmoqda va ularning sеrvisi qam rivojlanmoqda 
desak. [1] 
Bitiruv ishning dolzarbligi. 
Mamalakatimizda axborot kommunikastion 
texnologiyalari rivojlanib borayotgan vaqtda kompyuterdan foydalanuvchilar haddan 
ziyod oshib borishi. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish va ularni ishini 
osonlashtirish maqsadida ko’pgina jarayonlar automatlashtirilmoqda desak ham 
bo’ladi.
Meyoriy xujjatlar respublikamizda axborotlashtirilgan jamiyat qurish va uni 
rivojlantirishga y’lida katta xissa qo'shish. Har bir fuqaro uyida turgan holda o'z 
extiyoji va talabiga kerak bo’lgan narsalarni nternet orqali bilib olishi mumkin. 
Hozirgi kunda biron bir tashkilot yoki korxona foaliyatini automatlashtirish hozirgi 
vaqtda zamon talablaridan biri bo’lib qolayotgani aniqlashmoqda. 
Respublikamizdagi har bir tashkilot o’z saytiga ega va u saytda fuqarolar 
uchun alohida bo’linmalar ajratilgan. Fuqarolar murojati davomida, savol bering 
javob beramiz, har xil intereaktiv hizmatlar, nternet orqali har bir tashkilot rahbarini 
qabuliga yozdirish uchun yozilish va boshqa xizmatlarni yuborish mumkin bo’ladi. 
Bu albatta korxona foaliyatini boshqaruv jarayonini sezilarli darajada oshiradi. 
Hozirgi vaqtda AT rivojlantirishda dizaynni va mutuiplikastiyalashni ham o’rni 
yuqori turadi. Zamon talablaridan biri bo’lmish turizmni rivozlantirishda ham yuqori 
malakali dizaynirlar va animatorlarning muhim rol o’ynashi bejiz emas. Bior bir 
tashkilotning yoki korxonaning yanada tanilishi yoki rivozlanishida uni reklama 
qilish juda muhim ahamiyat kasb etadi. [19] 
Bitiruv ishining maqsadi
. Ushbu bitiruv ishi Toshkent shahrida joylashgan 
“AKAY” city 3d roligini yaratishga bag'ishlangan bo’lib, bu video rolik orqali 
yurtimizda turizmni rivojlantirishga hissa qo'shish. Yurtimizni ko'zga ko'rinarli 
sayohat joylarini yutimizga realistik ravishda tanish va uni jahonda uni hamma ko’rib 
yurtimizni tanitish.yana yurtimizda animastiyon video roliklarni rivojiga hissa 


29 
qo’shish. Bunda istalgan odam uni ko’rganda o’zini virtual olamga sayohatga 
tushganday his qilishdan iborat. Shu jumladan saylgohni visual ko’rinishga ketirish. 
Bitiruv ishda quyidagi masalalar qo’yilgan
. Toshkent shahrida joylashgan 
“AKAY” city 3d roligini yaratishda men o’z oldimga bir qancha masalalarni 
qo’ydim. Bitiruv ishini bajarishda quyidagi masalalarni ko’rib chiqish talab etiladi: 

“AKAY” cityni o’rganish; 

Atrof muhit bilan tanishish va taxlil qilish; 

Multilikastiyalash uchun modellarni tayorlash; 

Multiplikatsiyalash jarayonini olib borish; 

Tayyor qilingan modellarni materiallar berib reallikka keltirish; 

Tayyor multiplikatsiyani render holatiga keltirish; 

Render qilingan video rolikni montaj qilishva ommagataqdim qilish uchun 
tayyorlash. 
Bitiruv ishi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovadan 
qay tarizda foydalanishdan iborat. 
Kirish qismida ish foaliyati, maqsad va vazifalari va boblar haqida qisqacha 
ma’lumotlar berib o’tilgan. 
Birinchi bob asosan multiplikatsiyani tutgan o’rni, uni ahamiyati yurtimizda 
multiplikastiani rivojlanishi va uni qo’llanilishi haqida. Bunda 3D video roliklar 
ahamiyati turizimni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi va tutgan o’rni. 
Ikkinchi bob “AKAY” city 3D modelini yaratish va uda ishlatiladigan 
texnologiyalar. Multiplikastiani yaratish jarayoni uni reallashtirish va render holati 
haqida va uni ommaga tayorlash jarayoni. 
Uchinchi bob esa hayot foaliyati xavfsizligiga bag’ishlangan. 


30 
BIning asosiy matni. 
BI odatda 3 bob dan iborat tuzilishga ega. Umumiy holdagi BIning asosiy 
matnini jihozlash uchta bob (bo‘lim) dan iborat bo‘ladi: BIning asosiy matniga 
matn, grafiklar, jadvallar va boshqa illyustrativ materiallar kiradi. 
Birinchi bob odatda asosiy qismdagi qo‘lyozma matnning umumiy hajmidan 
30% ni, ikkinchi bob – 45 % gacha qo‘lyozma hajmini, uchinchi bob –BI qo‘l 
yozma hajmining 25% ni tashkil etadi. 
Birinchi bob BI mavzusi bo‘yicha ilmiy tadqiqotning konseptual 
(metodologik) xarakterini belgilaydi. Ushbu bobda BI mavzusini ishlab chiqishda 
foydalaniladigan ilmiy metodologiya beriladi, shu bilan birgalikda masala tarixi, 
muammo bo‘yicha ilmiy metodlarning o‘rganilish darajasi, mos vatandoshlarimiz 
va chet el mualliflarining adabiyotlari tahlil etiladi. Birinchi bobda o‘rganilayatgan 
ob’ekt, hodisa yoki jarayonlarning asosiy tushunchalari va mohiyati yoritiladi, ta’rif, 
terminlar aniqlashtiriladi, muammoning qo‘yilishi amalga oshiriladi va mavzuni 
tanlashga asoslanadi, shu bilan birgalikda BIni bajarish uchun tadqiqot masalalari 
aniqlashtiriladi. Birinchi bob analizdan iborat bo’lib, ikkichi bobga o’tish uchun 
most tarzida ishlaydi. Sababi tahlildan kelib chiqgan holda dastur tanlab, tanlangan 
dastur yordamida BIning amaliy qismi bajariladi. 
Ikkinchi bob amaliy qism bo’lib, tanlangandastur yoritilib bobni boshlab 
olinadi. So’ng amaliy ish bajarilish ketma ketligini screenshotlar orqali ko’rsatilib 
boriladi va shu tarzda tayyor bo’lgan mahsulot ya`ni ishni taqdim etib bobga yakun 
yasaladi. 
Uchinchi bob ikkinchi bobda kelib chiqgan holda, Hayot Faoliyati Xavfsizligi 
konsultatnti bilan birgalikda ishlab mavzuga oid xavfsizlik ko’riladi va shu asosida 
bob yoritiladi. Bu degani uchunchi bob HFX (Hayot Faoliyati Xavfsizligi)ga oid 
bob bo’ladi. 
BIning xulosasida birinchi, ikkinchi va uchinchi bobda olingan ilmiy 
natijalarning yakuni keltiriladi, ushbu umumiy natija BIning tanlangan mavzusida 
shakllantirilgan muoammani yechishni ta’minlaydi. Berilgan fan sohasidagi 
bilimlarda nazariy tadqiqotlarni rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar beriladi 
va kasbi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashni takomillashtirish yoki axborot 
texnologiyalar va multimedia fanlaridan o‘quv-metodik ta’minotni rivojlantirish 
uchun ta’lim tizimidagi amaliyotda qo‘llash uchun tavsiyanomalar keltiriladi. 
Xulosa olingan ilmiy natijalarga mos ravishda bir nechta bandlar ko‘rsatilgan 
holda matnli shaklda jihozlanadi. 
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati xulosadan keyin keltiriladi va mualliflar 
alifbo tartibida yoki dastlabki manbaga murojaat etish tartibida jihozlanadi. 
Adabiyotlar ro‘yxati matn shaklida ko‘rsatilgan manbalar soni bo‘yicha jihozlanadi. 
Ilova BI qo‘lyozmasi broshyuro shaklida foydalanilgan adabiyotlar 
ro‘yxatidan so‘ng joylashtiriladi yoki o‘quv qo‘llanmalari, metodik tavsiyanomalar 
uchun alohida kitob ko‘rinishida tasvirlanadi. 
BIning ilovasi amaliyot tajribaga zarur illyustrativ va lug‘atli materiallar, 
tadqiqot mavzusi,dasturlar, rejasi, hisoblash uchun berilgan material, statistik 
material, raqamli va grafikli materialni ajratish maqsadini qo‘yadi. 


31 
Ilova tarkibiga quyidagilar kiradi: 

Oraliq isbotlar, formulalar va hisoblashlar; 

Yordamchi raqamli ma’lumotlar jadvali; 

Sinov va tekshirish bayonnoma va dalolatnomalar; 

Tajribada foydalaniladigan hisoblash texnikasi vositalari va dasturiy 
paketlarning ifodalanishi; 

Turli hujjatlarning to‘ldirilgan blankalari; 

Algoritmlarning yozilish metodikasi; 

BI natijalarini qo‘llash dalolatnomalari; 

Bilimlarni nazorat qilish testlari va boshqa hujjatlar; 

Metodik ko‘rsatmalar, tavsiyanomalar, qo‘llanma, darslik, monografiya, 
o‘quv kursi dasturlari. 
Barcha ilovalar matn, jadval, formula, raqamli material, dasturlar paketi, 
shakllantirilgan algoritmlar shaklida jihozlanadi. Ilova sonlar ketma-ketligida 
nomerlanadi (masalan, 1-Ilova «Material nomi », 2-Ilova «Material nomi» va 
hokazo). 
BIning asosiy, kirish va xulosa qismida murojaat mos ilovada raqamlangan 
holda ko‘rsatilishi lozim. 
3. BI MATNLI QISMI BAYONI VA JIHOZLANISHI 
BI matni ramkasiz, chiziqsiz standart А4 (210х297 мм) formatdagi varaqda 
komyuterda 
1,5
interval oralig‘ida teriladi. Varaqning 4 tomonidan quyidagi 
maydonda joy qoldiriladi:chap tomondan– 30 mm, o‘ng tomondan –15 mm, 
yuqoridan – 20 mm, pastdan – 20 mm. So‘z boshi hamma joyda bir xil bo‘lib, 
beshta belgiga teng bo‘ladi. Matn o‘rtacha qalinlikdagi qora rangli pastada 
varaqning bir tomoniga chop etish amalga oshiriladi. Matn 2,5 mm (14 kegl) shrift 
bilan chop etiladi.
Boblarni ustida ish olib borilganda asosiy ahamiyat beriladigan punktlar: 
Bobni e`lon qilganda hamma harflar quyuq(jirniy) bilan barchasi yirik harf 
bilan yoziladi. Boblar rim raqami bilan nomerlanadi va bob, paragroflardan 
so’ng nuqta qo’yilmaydi. Paragraf esa bob asosida (ya`ni agar 1-bob bo’lsa 1.1, 
1.2 2-bob bo’lsa 2.1) davom etadi quyuq harflar bilan quyida na`munadek 
yoziladi. 
BIda paragraflar ya`ni bob ichidagi mavzular doim o’rtada quyuq qilib 
yoziladi va ulardan so’ng nuqta qo’yilmaydi. Matn orasida paragraph ya`ni 1.2 


32 
misol uchun yozilganda teppasidan va sarlavhani pastidan 1 ta otstup 
qoldiriladi.
Marketlar bilar sanab o’tiladigan holatlarda marker yohud chiziqcha orqali 
sanalganda ham teppadagi satr bilan tekkislanadi.
Rasmlar ketma ketligi bobga tegishli holda raqamlanadi. Bu degani, 
1.1-
rasm. Rasm izohi 
quyuqda va har bir rasm tagidan o’rtada kelib 1.1 dan 
boshlab 1.n gachon nomerlanadi ya`ni bob tugaguncha. Ikkinchi bobda yana 
boshida 2.1dan 2.n qancha rasm bo’lsa davom ettiriladi.
BIda standart (O‘zR, MDH, BMT), yangi kiritilgan xususiy yoki amaliy 
pedagogikada qo‘llaniladigan (BMK, DVP, EO‘V va hokazo) qisqartmalardan, 
foydalanishga ruxsat beriladi. Muallif tomonidan kiritilayotgan qisqatrma so‘zlar 


33 
qavs ichida( masalan, Multimedia texnologiyalari( MT)). Alohida varaqada 
mundarijadan oldin qisqartmalar ro‘yxati keltiriladi. 
Jadval, rasm, formulalar matnda quyidagicha ko‘rsatiladi: (1-jadvalga qarang) 
yoki (1-rasmga qarang) yoki (5-formulaga qarang). 
Ba’zi hollarda ikkilik nomerlash qo‘llaniladi. Masalan, (1.2.-rasm
(Birinchi bobning 2-rasmi), 2.5.-jadval (Ikkinchi bobning 5-jadvali), 2.1-formula 
(Ikkinchi bobning 1-formulasi). 
BI matni tartib nomeriga ega bo‘lgan bo‘lim (bob), bo‘lim qismi (paragraph) 
va bandlarga bo‘linadi. Bo‘lim (bob)lar barcha ish chegarasida arab raqamlari bilan 
nomerlanadi. Paragraflar (bo‘lim qismlari) ikkilik nomerlashga ega (raqamlar nuqta 
bilan ajratiladi), bandlar uchtalik arab raqamlari( masalan, 1.3.5- birinchi bobi, 
uchinchi paragrafining 5-bandi) bilan belgilanadi. 
BI bob nomi yangi varaqda, varaqning yuqori qismidan 4-5 sm oraliq tashlab 
yuqorida yirik shrift va qalin shrift bilan ajratilgan holda yoziladi, bob nomida 
so‘zlarni bo‘g‘inga ajratib ko‘chirishga yo‘l qo‘yilmaydi, ikki va undan ortiq gapga 
ega bob nomi nuqta bilan ajratiladi. 
Paragraf nomi oldingi paragraf (bob) satrining oxiridan 4 interval joy 
qoldirilib, kichik harf va qalin shrift ajratilgan holda yoziladi. Paragraf nomida so‘z 
bo‘g‘inlarga ajratilib ko‘chirilmaydi va ikki va undan ortiq gapdan iborat paragraf 
nomi nuqta bilan ajratiladi. 
Paragraf matnining boshlanishida umumiy matnning chap ustunidan 5 ta belgi 
tashlab katta harf bilan yoziladi. Pragraf nomidan so‘ng matnning boshlanishi 3 
oraliq tashlab yoziladi. 
Uchta arab raqamlari bilan belgilangan band nomi qalin shriftdagi kichik 
kursivlar bilan yoziladi. Band nomida so‘zlarni bo‘g‘inga ajratishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. Jadval nomi va matn qatori orasidagi masofa bir intervalga ega. Jadval 
nomi jadvalning yuqori qismida nomeri ko‘rsatilgan holda yoziladi. Masalan, 2-
jadval: «Jadval nomi». 
Jadval, paragraf, band, bob sarlavhasidan keyin nuqta qo‘yilmaydi. 
Jadval, formulalar ketma-ket raqamlar yordamida yoki ikkilik raqamli boblar 
bo‘yicha nomerlanadi. (Masalan, 1.3-jadval). 
4. BIDA ILLYUSTRATIV MATERIALNING GRAFIKLI TASVIRLANISHI 
Barcha illyustratsiyalar (fotografiyalar, sxemalar, grafiklar, diogrammalar, 
chizmalar va boshqalar) rasmlar bilan nomlanadi. Matnda ular mos nomer bilan 
“Rasm” so‘zi bilan tasvirlanadi. Rasmlarni nomerlash ketma-ket yoki bob bo‘yicha 
amalga oshiriladi. Bob bo‘yicha nomerlashda nuqta bilan ajratilgan ikkilik 
raqamdan foydalaniladi (masalan, 2.5.-rasm – ikkinchi bobning 5-rasmi). 
Rasmlar kompyuterda grafikli muharir yordamida bajariladi va qora yoki 
rangli pasta (rangli printerda) bilan tasvirlanadi.Yozuvlar rasmning quyi qismiga 
yoziladi.
Grafikli tasvirlarda qaysidir jarayon ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan 
grafikdagi turli vaqt davrlarning davomiylik kattaligi yoki funktsiya grafigi 
argumentlarining o‘zgarish kattaligiga proporsional bo‘lishi lozim. Grafikdagi 


34 
foizlar o‘ndan bir qismigacha aniqlikda belgilanadi. Milliondagi raqamlar, so‘m, 
tonna, kilometr, kubometr va boshqa ko‘rsatkichlar grafik shaklda masshtabda 
tasvirlanadi. 
Barcha jadvallar uning mazmunini tasvirlovchi nomga ega bo‘lishi lozim. 
O‘ng burchakda jadval nomining yuqori qismida bob va paragraf nomeri 
ko‘rsatilgan holda “2.3.-jadval” so‘zi yoziladi. Jadval nomi qisqa va tushunarli 
yozilishi va qisqartma so‘zlardan foydalanilmaydi. Jadval grafasida o‘lchov 
birliklari mavjud bo‘lsa, albatta, ko‘rsatilishi lozim. 
Jadvalning yoni va boshi katta harflar, sarlavha qismi kichik harflar bilan 
to‘ldiriladi. 
5. MATEMATIK FORMULALARNI YOZISH VA TUSHUNTIRISH 
BI qo‘l yozmasida mavjud barcha formula va ifodalar izohlanishi lozim. 
Formulalar kompyuterda matn va grafikli material bilan birgalikda ma’lumotlar 
bazasida mavjud belgilardan foydalanib yoziladi. 
Agar formulalar adabiyotlardan olingan bo‘lsa, formulaga kiruchi belgilar 
mohiyati yoritilgan holda manbaga murojaat etiladi. Original formulalar BI matnida 
uni asoslash davomida to‘liq tushuntiriladi. Bunda barcha oraliq natijalarni keltirish 
shart emas, balki formulani chiqarishning asosiy bosqichlari va yakuniy natijani 
ko‘rsatish, kifoya. Oraliq natijalarni BIning ilovasiga joylashtirish mumkin. 
Kattalik belgisi matnda birinchi uchraganda tushuntiriladi. 
Xulosaviy formulaga kiruvchi barcha belgilarni tushuntirish maqsadga 
muvofiqdir. 
Barcha matematik va mantiqiy ifodalar, shu bilan birgalikda matematik va 
mantiqiy amallar matnda qora rangli shriftda teriladi. Formulalar bob bo‘yicha 
nuqta bilan ajratilgan ikkilik nomer yoki barcha ish bo‘yicha ketma-ket nomer bilan 
belgilanadi. 
Formulani yozishda indekslar va daraja ko‘rsatkichlarni aniq ajratish, kasr 
qismining uzunligi va joylashishiga e’tiborni qaratish lozim. Matnda formula 
nomeri, formula tugagandan keyin undan 5 ta belgi bilan ajratilib o‘ng tomondan 
ko‘rsatiladi. Formula nomeri qavs ichida yoziladi. Masalan, … (2.1), ikkinchi 
bobning 1-formulasi. 
6. FOYDALANILGAN MANBALAR RO‘YXATINI TUZISH 
BI matnida mavjud murojatlarga ega foydalanilgan axborot manbalarini o‘z 
ichiga olgan adabiyotlar (kitoblar, darsliklar, broshyurolar, to‘plamlar, maqolalar va 
boshqalar), shu bilan birgalikda ilmiy ishlarni yozishda foydalaniladigan boshqa 
materiallar: “ta’lim” portali axborot resurslari va Internet tarmog‘ining boshqa 
tashkilotlarni qamrab oladi. Adabiyotlar ro‘yxati, normativ va boshqa axborot 
manbalarini tuzishda arab raqamlari bilan nomerlash va alifbo tartibida joylashtirish 
yoki BI matnida foydalanilgan ketma-ketlikda joylashtirish lozim. 
Adbiyotlar manbalarini nomerlashda matnda manbaning eslatmasidan keyin 
kvadrat qavs qo‘yiladi, uning ichida BI ro‘yxatida keltirilgan berilgan manba 
nomeri ko‘rsatilgan holda arab raqami bilan yoziladi. 


35 
Jurnalni yozishda matnda murojaatga ega manba sahifasi nomeri ko‘rsatiladi 
(3. 61-90 bet). 
Standartlar, metodik materiallar, ko‘rsatmalar va boshqa normativ hujjatlar 
yoki ularning bo‘limlariga murojaatda bo‘lim nomlari keltirilishi zarur. 
7. ILOVANI JIHOZLASH QOIDALARI 
Ilovalar BIni katta miqdordagi bir xil hujjatlardan ozod qilish maqsadida 
foydalaniladi, ularni alohida ilova ko‘rinishida jihozlash maqasadga muvofiqdir. 
Matn, grafiklar, formulalar va boshqa materiallar ko‘rinishidagi ilovalar mavzu 
yo‘nalishi bo‘yicha guruhlarga ajratiladi. BI qo‘l yozma matnidan ilovaga BI 
matnida muraojaatga ega dastlabki hujjatlar, o‘quv dasturlari, yordamchi jadvallar, 
grafiklar chiqariladi. Ilovalar BI oxiriga joylashtiriladi va uning nomerlanishi 
ketma-ket arab raqamlari bilan belgilanadi. 
8. BI 
TAQDIMOTINI TAYORLASH TAMOYILLARI 
8.1. BI taqdimoti haqida umumiy Nizom 
Davlat attestatsiya komissiyasida (DAK) BI nutqiga multimediali gipermatnli 
murojaat shaklida jihozlangan illyustrativ material (matn, rasmlar, grafiklar, 
fotografiyalar) taqdimotni tashkil etadi. Taqdimot Power Point muharirida ishlab 
chiqiladi va elektron proeksion tizim yordamida namoyish etiladi. 
Taqdimotni ishlab chiqish uchun odatda 7-10 minutga mo‘ljallangan nutq 
tuziladi. 
Nutq mazmuni bo‘yicha taqdimot ssenariysi ishlab chiqiladi. Nutqning borishini 
nazorat qilish ssenariyining mavjudligi ixchamlashtirilgan matnli material va model, 
texnologiyalarning illyustrativ sxemalari, formulani chiqarish ketma-ketligi, jadval, 
algoritmlar, gistogrammalar mazmunini ajratish imkoniyatini beradi. 
Ko‘rgazmali illyustartiv material elektron proyektor yordamida namoyish 
etiluvchi kompyuterli slaydlar shaklida jihozlanadi. 
BI mazmunidagi namoyish etiluvchi ko‘rgazmali materiallar slaydlar soni 
matnli va grafikli materiallarning 4-6 chegarasida bo‘lishi tavsiya etiladi. Har bir 
slayd 10-15 metrdan ko‘rinadigan masofaga mos yirik sarlavhada yozilishi lozim. 
BI taqdimotini ishlab chiqishdan avval bakalavr talabasi taqdimotni tashkil 
etish tamoyili, uning bajarilish ketma-ketligi, shu bilan birgalikda 
POWER POINT
tipidagi taqdimot dasturiy taminot paketi bilan tanishgan bo‘lishi lozim. 
Ilmiy tadqiqot odatda maxsus adabiyot yoki o‘quv qo‘llanmasida keltiriladi. 
Nutqning illyustrativ material taqdimotini ishlab chiqishning asosiy texnologik 
jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 

Taqdimotni rejalashtirish (Maqsad va auditoriyani aniqlash, nutq 
mazmuni va bayon etish ketma-ketligi, taqdimot ssenariysini ishlab chiqish). 

Taqdimotni tayyorlash (Nutq matni, materialni uzatish ketma-
ketligi bilan ishlash, vuzual yordamchi vosita va illyustratsiyalarning asosiy 
ko‘rinishlarini ajratish, nutq matni boyicha vuzual yordamchi vosita va 


36 
illyustratsiyalardan foydalanish tartibi, illyustratsiyalarning audio va video 
vositalari sifatiga talablar va ularni ta’minlash usullari). 

Taqdimot namoyishini mashq qilish (Taqdimotni o‘tkazish joyini 
tayyorlash, taqdimotni mashq qilish, maslahatchi tomonidan nutq sifati va 
illyustrativ material taqdimotini baholash). 
8.2. BI sifati va DAK da himoyani baholash bo‘yicha tavsiyalar 
Bakalavr va maslahatchi tomonidan imzolanib, tugallangan va mos ravishda 
jihozlangan BI ilmiy rahbarga beriladi. Ilmiy rahbar BI mazmuni va jihozlanish 
sifatini tekshirgandan so‘ng, titul varag‘ini imzolaydi va 1-2 varaq hajmdagi ilmiy 
xulosa bilan kafedra mudiriga topshiradi. Ilmiy xulosada mavzuning dolzarbligi, BI 
nazariy darajasi va amaliy ahamiyati, yangiligi, shu bilan birgalikga kamchiliklari 
ko‘rsatiladi. 
Kafedra mudiri ishni ko‘rib chiqadi va ilmiy rahbarning ilmiy xulosasi bilan 
tanishadi. BI sifati ijobiy baholangan holda kafedra mudiri BIni kafedra kengashida 
himoya qilish uchun o‘qituvchilarga kengash muddati va vaqtini belgilaydi va DAK 
da himoya qilish huquqini beruvchi masala muhokama etiladi. 
Bakalavr BI bo‘yicha ilmiy rahbarning xulosasi va kafedraning xulosasi bilan 
tanishgan bo‘lishi lozim, kafedra kengashida ilmiy rahbar, o‘qituvchilar, kafedra 
mudiri tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni e’tiborga olgan holda javobga tayyor 
bo‘lish zarur. Nutq tezisi va taqdimotning illyustrativ materialini ilmiy rahbar bilan 
kelishilgan holda tashkil etish lozim. 
BIning himoyasi DAKda grafik asosidagi muddatda o‘tkaziladi va ochiq DAK 
kengashida olib boriladi. Oliy kasbiy ta’lim bo‘yicha malakaviy talablar ga mos BI 
himoya qilinish huquqiga ega.
BIning maqsadi – ma’lum muammo bo‘yicha bitiruvchining bilim darajasini 
aniqlash, BI mavzusi bo‘yicha masalalarni hal etishda bakalavrning kasbiy
tayorgarlik darajasini aniqlovchi nazariy bilimlarni egallash va amaliy 
ko‘nikmalarni hosil qilish darajasi belgilshdan iborat. 
BIni himoya qilishda qisqa nutq (5-10 daqiqagacha)ni quyidagi mazmunda 
chiqishi lozim: 

Dolzarb mavzu bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar mazmuni 
haqida; 

Mavzu bo‘yicha muammoning holati haqida; 

Tadqiqot ob’yekti va predmeti xarakteristikasi haqida; 

Nazari va tajribaviy tadqiqotlar natijalarining mazmunini qisqa 
bayon etish; 

Asosiy e’tiborni olingan ilmiy natijalar, ishlab chiqilgan 
takliflarga qaratish lozim;

Ish bo‘yicha xulosa yasash. 
Nutq tugagandan so‘ng, bakalavr DAK a’zolari va auditoriyada 
qatnashuvchilar savollariga aniq va hozirjavoblik bilan qisqa javob berishi lozim. 
Ilmiy rahbar xulosasi, bakalavr nutqi va uning BIni himoyalashda qo‘yilgan 


37 
savollarga javoblari asosida DAK tomonidan bajarilgan ish sifati va kasbiy darajasi 
haqida umumiy baho qo‘yiladi. BI himoyasidan so‘ng BI raisi qarorni e’lon qiladi. 
9. BINI BAHOLASH MEZONI 
Bakalavrning yakuniy davlat attestatsiyasi (YaDAT)dagi BIni baholash 
mezoni O‘zbekiston Respublikasi OO‘MTV ning 2015-yil 26-oktabr 8-2015-sonli 
buyrug‘i 
bilan 
tasdiqlangan 
“O‘zbekiston 
Respublikasi 
oliy 
ta’lim 
muassasalarning 
bitiruvchilarining YaDAT to‘g‘risida nizomga o‘zgartirishlar 
kiritish haqida” gi Nizom va Oliy o‘quv yurtlarida bakalavr BIni bajarishga 
qo‘yilgan talablar asosida ishlab chiqildi. 
BI uchun maksimal ball 100 ball belgilangan bo‘lib, saralash bali 55 ball 
deb qabul qilingan. 
BI ga ajratilgan 100 ballning taqsimoti 
№ 
BI baholash mezonlari 
Ajratilgan maksimal 
ball 
1. 
BI titul varaqasining talablarga mosligi va 
mundarijaning rasmiylashtirilganligi 
5 ball 
2. 
BI kirish qismida metodologik va mazmun 
jihatdan talablarga javob berishi 
10 ball 
3. 
BI da tanlangan mavzuning dolzarbligi 
10 ball 
4. 
BI da tadqiqotning maqsadi va muammoning 
qo‘yilishi 
10 ball 
5. 
BI da tadqiqot ob’yekti va mazmunning 
aniqlanishi hamda ta’riflanishi. 
10 ball 
6. 
BI da tadqiqot usullarining tanlanishi 
10 ball 
7. 
BI da tadqiqot natijalariga ishlov berish va 
tahlil qilish 
10 ball 
8. 
BI da olingan xulosalarning shakllantirilishi, 
aniq takliflarning kiritilishi 
10 ball 
9. 
Bevosita himoya va taqdimot sifati 
10 ball 
Izoh: Taqdimot POWER POINT yoki boshqa dasturlar yordamida 
bo‘lishi shart. 


38 
10. BI HUJJATLARINI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI
10.1. BI ni jihozlashning titul varaqasi 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKЕNT AXBOROT 
TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI 
Himoyaga 
Kafedra mudiri 
«__________________» 
___________________ 
«___»_________2021 y 
BITIRUV ISHI 
Mavzu: 
Toshkentdagi Akay city turar joy majmuasining 3D ko’rinishini 
modellashtirish
Bitiruvchi ___________ G`ulomov I.A. 
Rahbar __________ Aripova Z.D.
Taqrizchi ____________
HFX
maslaxatchisi ______ Rahmonova G.S. 
Toshkent - 2021 


39 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
Fakultet: Kompyuter injiniringi 
Kafedra: Multimedia tizimlari 
Yo’nalish (mutaxassislik) 5330500-«Kompyuter injiniringi («Kompyuter injiniringi 
», «AТ-servisi», «Axborot xavfsizligi», «Multimedia texnologiyalari»)» 
«TASDIQLAYMAN» 
«MT» kafedra mudiri 
Nazirova E.Sh. 
«___»____________2021 y. 
Bitiruv ishini bajarishga 
TOPSHIRIQ 
G`ulomov Ikromxo`ja Abzal o`g`li 
(familiya, ismi, otasini ismi) 
1. BI mavzusi: Toshkentdagi Akay city turar joy majmuasining 3D ko’rinishini 
modellashtirish. 
2. Mavzu universitet 14.01.2021y. № 44-sonli qarori bilan tasdiqlangan 
3. Ishni to’liq bajarish uchun berilgan vaqt: 31.05.2021y
4. Ishning boshlang’ich ma’lumotlari: Mavzuga doir ilmiy - texnik adabiyotlar, 
Internet ma'lumotlari. 
5. Hisob tushuntirish matni mundarijasi (ishni bajarishdagi masalalar ro’yxati) Kirish. 
1. Kompyuter grafikasi imkoniyatlaridan foydalanib uch o'lchovli multiplikatsiyalarni 
yaratish texnologiyalarini ko’rsatish. 2. Kompyuter grafikasida uch o’lchovli 
multiplikatsiyalashning axamiyati Zamonaviy uch o’lchovli multiplikatsiyalashni 
yaratilishdagi asosiy 3. Xayot foaliyati xavfsizligi va ekologiya. Xulosa. 
Foydalanilgan adabiyotlar. 
6. Grafik materiallar ro’yxati: Prezentastiya materiallari. 
7. Topshiriq berilgan kun 14.01.2021y 
Rahbar ___________________ 
(imzo) 
Topshiriqni oldi __________________ 
(imzo) 


40 
8. BMIning har bir bo’limida bajariladigan ishlarga maslahatlar. 
Bo’lim 
Maslahatchi 
Imzo, sana 
Topshiriq berdi 
Topshiriq oldi 
Asosiy qism 
Aripova Z.D. 
15.01.2021 
02.02.2021 
Hayot faoliyati 
xavfsizligi va ekologiya 
Rahmonova G.S. 
30.01.2021 
30.05.2021 
9. Ishni bajarish grafigi. 
№ BI bo’limlarining nomlari 
Bajarish 
muddati 
Bajarilganligi 
xaqida 
rahbar 
imzosi 
1. Adabiyotlarni to’plash va tahlil qilish 
14.01.2021 
28.01.2021 
2. 
Kompyuter grafikasi imkoniyatlaridan 
foydalanib uch o'lchovli multiplikat- 
siyalarni yaratish texnologiyalarini 
ko’rsatish 
25.01.2021 
25.02.2021 
3. 
Toshkent 
shahrida 
joylashgan 
“AKAY” city 3D roligini yaratish 
bosqichlari 
26.01.2021 
26.03.2021 
4. 
Hayot 
faoliyati 
xavfsizligi 
va 
ekologiya 
25.05.2021 
5. 
Dastlabki himoyaga tayyorgarlik 
25.05.2021 
6. 
Himoyaga tayyorgarlik 
12.06.2021 
Bitiruvchi ________________
«______» ______________ 2021 y. 
(imzo) 
Rahbar ________________
«______» ________________ 2021 y.
(imzo)


41 
10.2. BI bo‘yicha yozilgan taqriz va ilmiy xulosa 
TATU Kompyuter injiniringi fakulteti 222-13 MTu guruh tolibi 
Eshmatov Toshmat 
Alisherovich
ning “Akadem litsey va KXKlarida informatika fanidan web sayt 
yaratish” mavzusidagi bitiruv ishiga
TAQRIZ 
222-13 MTu guruh talabasi 
Eshmatov Toshmat Alisherovich
ning “Akadem 
litsey va KXKlarida informatika fanidan web sayt yaratish” mavzusidagi BIda sayt 
yaratish ketma-ketligi to‘liq bayon qilingan.
Bitiruv ish kirish, 2 bob, xulosa, ilovalar, dastur kodi va foydalanilgan 
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Bitiruv ishning kirish qismida mavzuning maqsadi, 
dolzarbligi va ob’yekti keltirilgan. 
I bobda Front Page dasturi haqida asosiy tushunchalar: Front Page dasturi 
muhiti, HTML tili va dasturning HTML tili bilan bog‘liqligi, dastur interfeysi, master 
va shablonlar yordamida web saytlar yaratish, web sahifalarni formatlashtirish, asosiy 
hossalari va hodisalari haqida to‘liq ma’lumot berilgan. 
II bobda Front Page dasturida yaratilgan web sayt ya’ni Akadem litsey va 
KXKlari informatika darsliklarining majmuasi mujassamlashgan bo‘lib, hozircha 
faqatgina yana bu web saytda, o‘rta umumta’lim maktablari uchun informatika 
fanidan davlat ta’lim standarti haqida ham ma’lumot keltirilgan. Umumiy holda 
saytni yaratish ketma-ketligi bosqichma-bosqich misollar bilan tushunarli tarzda 
keltirilgan. 
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, mazkur BIni ”a’lo” bahoga tavsiya 
etaman. 
Taqrizchi: TATU 
“MT” kafedra dotsenti _________ t.f.n. dots. Artikova M. 


42 
TATU Kompyuter injiniringi fakulteti 222-13 MTu guruh tolibi 
Eshmatov Toshmat 
Alisherovich
ning “Akadem litsey va KXKlarida informatika fanidan web sayt 
yaratish” mavzusidagi bitiruv ishiga
ILMIY XULOSA 
222-13 MTu
guruh talabasi 
Eshmatov Toshmat Alisherovich
ning “Akadem 
litsey va KXKlarida
informatika fanidan web sayt yaratish “ mavzusidagi BIda sayt 
yaratish ketma-ketligi to‘liq bayon qilingan.
Bitiruv ish kirish, 2 bob, xulosa, ilovalar, dastur kodi va foydalanilgan 
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Bitiruv ishning kirish qismida mavzuning maqsadi, 
dolzarbligi va ob’yekti keltirilgan. 
I bobda Front Page dasturi haqida asosiy tushunchalar: Front Page dasturi 
muhiti, HTML tili va dasturning HTML tili bilan bog‘liqligi, dastur interfeysi, master 
va shablonlar yordamida web saytlar yaratish, web sahifalarni formatlashtirish, asosiy 
hossalari va hodisalari haqida to‘liq ma’lumot berilgan. 
II bobda Front Page dasturida yaratilgan web sayt ya’ni informatika 
darsliklarining majmuasi mujassamlashgan bo‘lib, yana bu web saytda, o‘rta 
umumta’lim maktablari uchun informatika fanidan davlat ta’lim standarti haqida 
ham ma’lumot keltirilgan. Umumiy holda saytni yaratish ketma-ketligi bosqichma-
bosqich misollar bilan tushunarli tarzda keltirilgan. 
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda mazkur BIni ijobiy baholab, OAK da 
himoya qilishga tavsiya tavsiya etaman. 
Ilmiy rahbar: TATU 
“MT” kafedra dotsent _________ Sharipov D.K. 


43 
11.BITIRUV ISHI NAMUNAVIY MAVZULAR RO‘YXATI 
№ 
Mavzular 
Izoh 
1.
“Aloqa muzeyi” saytini yaratish 
2.
“Mening sevimli shahrim” videoroligini yaratish
3.
“Oltin baliq” multfilmini yaratish 
4.
“Oq saroy ansambli” interaktiv virtual sayohat yaratish 
5.
“Veb dizayn” fanidan elekton qo‘llanma yaratish 
6.
“Veb ilovalarni yaratish” fanidan elektron darslik yaratish. 
7.
“Zamonaviy buvilar” multfilmini yaratish 
8.
«JSON API» vositasida ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish 
usullari 
9.
3D aloqa tarixiy muzey yaratish 
10.
3D sayoxat Samarqand Registon. 
11.
3D texnologiyalar fanining multimediali elektron o‘quv 
qo‘llanma yaratish 
12.
3D virtual reallik 
13.
Amaliy dasturlar yordamida elektron o‘quv qo‘llanma 
yaratish 
14.
Amaliy dasturlar yordamida reklama roligini yaratish 
15.
Andijon qishloq xo‘jaligi instituti 3D ko‘rinishidagi video 
roligini tayorlash.
16.
Antivirus vositalarisiz viruslardan ximoyalanish usullarini 
shakillantirish. 
17.
Bitiruvchi talabalarning monitoringi axborot qidiruv tizimini 
yaratish. 
18.
Bolalar uchun masofaviy ta`lim tizimini yaratish. 
19.
Don mahsulotlarni saralash uchun filtirlash jarayonini 
vizuallashtirish.
20.
Elektron o‘quv qo‘llanma yaratish usullari va undan 
foydalanish. 
21.
Elektron raqamli imzo yordamida dasturiy ta`minotni 
rivojlantirish. 
22.
FAQ (ko‘p beriladigan savollar) tizimini ishlab chiqish. 


44 
23.
Grafik redaktorlar yordamida veb uchun shablonlar yaratish 
24.
HTML5 uchun interaktiv o‘quv resurs yaratish 
25.
Ikki o‘lchamli kompyuter o‘yinini yaratish 
26.
Korporativ veb-portali o‘z-o‘zini o‘rganish rivojlanish 
27.
Korxona va tashkilotlarda kadrlar tizimini avtomatlashtirish. 
28.
Korxona va tashkilotlarda terminlar (IT lug`at) tizimini 
shakillantirish. 
29.
Korxona va tashkilotlarda xujjat aylanish tizimini yaratish. 
30.
Korxona va tashkilotlarda xujjatlarni web texnologiya asosida 
avtomatlashtirilgan arxiv tizimini yaratish. 
31.
Lizing soxasida xisoblashga doir tizimni ishlab chiqish. 
32.
Maktab yoshdagi bolalar uchun ingliz tilini o‘rgatuvchi dastur 
yaratish 
33.
Minor zamonaviy milliy me’morchilik inshooti tashqi va 
ichki arxitekturasining video va audio texnologiyalari 
yordamida 3D roligini yaratish.
34.
Mobil qurilmalar uchun ilova yaratish 
35.
Modullarni birlashtirish va ularni boshqarish uchun “Led 
Soft”, “Led Studio”, “Arena” dasturiy vositalardan 
foydalanish. 
36.
Muqobil elektro-energiya manbaini ishlab chiqish jarayonini 
kompyuterli modellashtirish.
37.
Navoiy Davlat Konchilik instituti 3D ko‘rinishidagi video 
roligini tayorlash.
38.
O‘zini o‘zi boshqarish organlarining elektron mahalla axborot 
tizimini yaratish. 
39.
Ob-havo o‘zgarishlarini o‘rmon daraxtlariga ta’sir etishini 
dinamik tasvirlash.
40.
Oila tarmog`ini electron bazasini shakillantirish (shajara.uz). 
41.
Oliy ta`lim muassasalarida reyting baxolash monitoringi 
tizimi. 
42.
Onlayin test tizimini ishlab chiqish (TATU malaka oshirish 
misolida). 
43.
Oqtepa futbol kulubining (oqtepa.uz) web ilovasini yaratish.
44.
OTM pedagog xodimlarining qayta tayyorlash va malaka


45 
oshirish kurslaridagi monitoringi axborot tizimini yaratish 
45.
Raqamli video syujetlarni olish jarayonida 3d grafika maxsus 
effektlarini qo‘llash.
46.
Razrabotka 
informatsionnIx 
sistem, 
bazI 

banki 
dannIxssifrovoy 
graficheskoy 
informatsii 
telekommunikatsionnIx setey. 
47.
Razrabotka prilojeniya dopolnennoy realnosti.
48.
Real vaqtda Web-serverdan foydalanib ob-havo ma’lumotlar 
asosida shamol yunalishi va tezligining o‘zgarishini 
animatsion tasvirilash. 
49.
Respublika tashkilotlaridagi xorijda tahsil olgan kadrlar 
hisobini yuritish axborot tizimini ishlab chiqish 
50.
Saonat regionlarda atmosferaga tashlanayotgan zaharli 
moddalarni tarqaoishini uch o‘lchamli dinamikasini yaratish. 
51.
Simulyator yaratish 
52.
Soliq inspeksiyasi veb-vakillik yaratish (CMS Joomla) 
53.
Sport o‘yinlari stendini yaratish 
54.
Sport soxasini rivojlantirish uchun (Jaxon sporti “jf.uz”) 
saytini yaratish. 
55.
Talabalarning shaxsiy xususiyatini tahlil qiluvchi kompyuter 
psixodiagnostik test tizimini yaratish. 
56.
Tashkilot intranet tarmog‘i muhitida faoliyat yurituvchi 
ishboshqaruvi nazorati va elektron hujjat aylanishi tizimini 
yaratish. 
57.
Tibbiyot muassasalarida bemorlarning elektron qayd qilish 
varaqasini yuritishni avtomatlashtirish. 
58.
Tibbiyot muassasalarida tashxis tizimini avtomatlashtirilgan 
bazasini yaratish. 
59.
Tizimi uchun o‘yin dasturi ishlab chiqish 
60.
To‘liq matnli elektron asarlar ma’lumotlar bazasini yaratish. 
61.
Trexmernoe predstavleniya informatsii na multimediynom 
prilojenii. 
62.
Uch o‘lchovli redaktorlar yordamida ilova yaratish 
63.
Vazirlar maxkamasining qarori asosida web sayt yaratish. 
64.
Veb saytlari kontentini boshqaruv tizimini yaratish. 


46 
65.
Veb uchun 3D texnologiyasini qo‘llash 
66.
Vozmojnosti i metodI kompyuternoy grafiki, osnovnIe 
sredstva kompyuternogo dizayna i vizualizatsii izobrajeniy.
67.
Web dasturchilar uchun ko‘p tarmoqli admin tizimini 
yaratish. 
68.
Web-sahifalar yaratishni asosiy xususiyatlari 
69.
Xujjat ijrosini ta`minlanishini monitoring qilish tizimini 
yaratish. 
70.
YII 
Freamework 
texnologiyasi 
yordamida 
obektga 
yo‘naltirilgan web ilova yaratish. 
71.
Zamonaviy veb texnologiyalari asosida intranet o‘quv 
kurslari kontentini boshqaruv tizimini yaratish. 


47 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори. 2017 йил 27 
июлдаги “Олий маълумотли мутахассислар тайёрлаш сифатини оширишда 
иқтисодиёт соҳалари ва тармоқларининг иштирокини янада кенгайтириш чора-
тадбирлари тўғрисида” ПҚ-3151-сон қарори. 
2.
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори. 2018 
йил 10 октябрьдаги “Олий таълим муассасаларини ўқув адабиётлари билан 
таъминлаш тўғрисида” 816-сон қарори, 
3.
Caвeльeв A. Я., Нoвикoв В. A., Лoбaнoв Ю. И. Пoдгoтoвкa 
инфopмaции для aвтoмaтизиpoвaнныx oбyчaющиx cиcтeм: Мeтoд, пocoбиe для 
пpeпoдaвaтeлeй и cтyдeнтoв вyзoв/Пoд peд. A. Я. Caвeльeвa. М.: Выcшaя 
шкoлa, 1986.
4.
Ravshanov N., Nazirova E.Sh., Sharipov D.K. Bitiruv ishini bajarish 
bo’yicha uslubiy ko’rsatma: 5330500 – komputer injiniringi (multimedia 
texnologiyalari) bakalavriat ta’lim yo’nalish uchun. Toshkent axborot texnologiyalari 
universiteti. Toshkent –2017. – 31 b. 
Internet saytlar 
1.
http://www.ziyonet.uz/
2.
http://ru.wikipedia.org/wiki/Zaglavnaya_stranitsa
3.
www.tuit.uz

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish