Mehnat muhofazasi va ekologiya


IV. DOKTRINANING HARBIY-IQTISODIY JIHATLARI



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/138
Sana20.06.2022
Hajmi1,79 Mb.
#683886
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   138
Bog'liq
ХФХНА модул-2022 тугриланган docx- (2)

IV. DOKTRINANING HARBIY-IQTISODIY JIHATLARI 
1. Mamlakat mudofaasini harbiy-iqtisodiy jihatdan ta‟minlash asoslari 
31. Mamlakat mudofaasini harbiy-iqtisodiy jihatdan ta‘minlashning maqsadi 
tinchlik va urush davrida davlat harbiy tashkilotining O‗zbekiston Respublikasining 
mudofaa sohasidagi siyosatini amalga oshirish uchun yetarlicha moliyaviy, moddiy-
texnikaviy va boshqa resurslarga bo‗lgan talab-ehtiyojlarini qanoatlantirishdan iboratdir. 
32. Mamlakat mudofaasini harbiy-iqtisodiy jihatdan ta‘minlash quyidagi 
prinsiplarga asoslangan: 
a) davlat harbiy tashkilotini moliyaviy va moddiy-texnikaviy jihatdan ta‘minlash 
darajasining mamlakat harbiy xavfsizligi vazifalariga hamda iqtisodiy imkoniyatlariga 
muvofiqligi; 
b) harbiy-iqtisodiy faoliyatni boshqarishda markazlashtirish; 
v) moliyaviy, moddiy-texnikaviy va boshqa resurslarni davlat harbiy tashkilotini 
tegishli maqsadli dasturlarni ishlab chiqish orqali rivojlantirishning ustuvor vazifalarini 
hal etishga yo‗naltirish. 
33. Mamlakat mudofaasini harbiy-iqtisodiy jihatdan ta‘minlashning asosiy 
vazifalari quyidagilardan iborat: 
harbiy va ikki xil maqsadga mo‗ljallangan mahsulotni yetkazib berish hamda 
ishlab chiqarishga, mamlakat mudofaasi ehtiyojlari uchun ishlarni bajarish va xizmatlar 
ko‗rsatishga doir davlat buyurtmalarini joylashtirishni tartibga soluvchi qonunchilikni 
takomillashtirish; 
ikki xil maqsadga mo‗ljallangan mahsulotni ishlab chiqarish bo‗yicha iqtisodiyot 
tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarini, shuningdek Qurolli Kuchlarni qurol-yarog‗, 
harbiy hamda maxsus texnikaning modernizatsiya qilingan va istiqbolli namunalari bilan 
ta‘minlash dasturlarini iqtisodiy hamda moliyaviy jihatdan o‗z vaqtida va oqilona 
ta‘minlash; 
harbiy xavfsizlikni ta‘minlashga yo‗naltiriladigan moliyaviy va moddiy resurslar 
xarajatlarini maqbullashtirish, davlat harbiy tashkilotining barcha tarkibiy qismlarini 
o‗zaro bog‗liq, uyg‗un holda rivojlantirish asosida ulardan foydalanish samaradorligini 
oshirish; 
qo‗shinlarni va qurol-yarog‗ni boshqarishning unifikatsiya qilingan, 
himoyalangan 
axborot-kommunikatsiya 
tizimlarini 
razvedka, 
ogohlantirish, 
radioelektron kurash tizimlarini, shuningdek yuqori aniqlikdagi nishonga urish 
vositalarini ishlab chiqish hamda ishlab chiqarish uchun iqtisodiy va moliyaviy 
sharoitlar yaratish; 
mamlakatning, Qurolli Kuchlarning va harbiy infratuzilmaning ilmiy-texnikaviy, 
texnologik va ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish; 
harbiy va ikki xil maqsadga mo‗ljallangan mahsulotdagi, shuningdek ularni 
ishlab chiqish hamda ishlab chiqarish texnologiyalaridagi intellektual mulk 
obyektlarining huquqiy himoya qilinishini ta‘minlash; 


83 
iqtisodiyotning fuqarolarga oid va harbiy sektorlarini o‗zaro uyg‗unlashtirish 
hamda davlatning harbiy-iqtisodiy faoliyatini uning harbiy xavfsizligini ta‘minlash 
manfaatlarini ko‗zlab muvofiqlashtirish; 
harbiy xizmatchilar va ular oila a‘zolarining turmush darajasini yuksaltirish, 
qonunchilikda belgilangan ijtimoiy kafolatlarini amalga oshirish; 
mamlakatning safarbarlik shayligi va safarbarlik tayyorgarligi tizimlarini 
takomillashtirish; 
moddiy vositalar zaxiralarini shakllantirish; 
o‗zaro manfaatli xalqaro harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni amalga 
oshirish. 
34. O‗zbekiston Respublikasi Davlat budjetining tarkibiy qismi bo‗lgan mudofaa 
budjeti mamlakat mudofaasini moliyaviy jihatdan ta‘minlashning asosidir. Mudofaa 
budjeti davlatning iqtisodiy imkoniyatlarini va davlat harbiy tashkilotining mudofaa 
vazifalarini hal etish uchun haqiqiy talab-ehtiyojlarini hisobga olgan holda 
shakllantiriladi. 
35. Harbiy xizmatchilar va ular oila a‘zolarining ijtimoiy himoyasi harbiy 
xizmatni o‗tash tartibini, ichki ta‘minotini, uy-joy, tibbiy va pensiya ta‘minotini 
takomillashtirishga qaratilgan qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar va 
jamiyatda harbiy xizmatning nufuzi, obro‗si oshirilishini ta‘minlaydigan davlat 
dasturlarini ro‗yobga chiqarishning boshqa ishlab chiqilgan samarali mexanizmlari 
asosida amalga oshiriladi. 
36. Xalqaro harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik Qurolli Kuchlarni qurol-
yarog‗, harbiy va maxsus texnikaning eng yangi hamda istiqbolli namunalari bilan 
ta‘minlash, ularni modernizatsiya qilish, ta‘mirlash va utilizatsiya qilish bo‗yicha 
vazifalarni hal etish, qo‗shma loyihalarni amalga oshirish, mudofaa sanoati kompleksiga 
chet el investitsiyalari hamda texnologiyalarini jalb etish, shuningdek harbiy, harbiy-
texnik kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini 
oshirish zaruriyatiga muvofiq tashkil etiladi hamda amalga oshiriladi. 

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish