2. Harbiy sohada milliy xavfsizlikka bo„lgan asosiy tahdidlar
8. Harbiy sohada milliy xavfsizlikka bo‗lgan asosiy tahdidlar quyidagilardan
iborat:
harbiy harakatlarning O‗zbekiston Respublikasi hududiga ko‗chishi xavfi
bo‗lgan harbiy mojarolar;
O‗zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi yaqinida qo‗shinlar turkumlarini
mintaqada kuchlar mutanosibligi buzilishiga olib keladigan tarzda hamda O‗zbekiston
Respublikasiga qarshi harbiy tajovuzga tayyorgarlik ko‗rilayotganidan darak beradigan
tarzda namoyishkorona ko‗paytirish;
O‗zbekiston Respublikasining suverenitetiga va hududiy yaxlitligiga tajovuz
qilish;
bevosita O‗zbekiston Respublikasi hududiga yoxud qo‗shni davlatlarning
chegara oldi tumanlariga tashlash uchun noqonuniy qurolli tuzilmalarni tashkil etish,
o‗qitish va qurollantirish;
narkotrafik,
qurol-yarog‗,
o‗q-dori, zaharli va portlovchi moddalar,
qo‗poruvchilik-terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa
vositalar kontrabandasi bilan bog‗liq transchegaraviy va xalqaro uyushgan jinoiy
faoliyat;
axborot-kommunikatsiya
makonida
O‗zbekiston
Respublikasining
suverenitetiga, mustaqilligiga, hududiy yaxlitligiga qarshi qaratilgan hamda aholining
tinch hayotiga tahdid soluvchi mafkuraviy va psixologik harakatlar.
3. O„zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi siyosati
9. O‗zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi siyosatining asosiy
maqsadlari quyidagilardan iborat:
mustaqillikni, suverenitetni, hududiy yaxlitlikni va konstitutsiyaviy tuzumni
himoya qilish;
davlatning harbiy xavfsizligini ta‘minlash;
Markaziy Osiyoda xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni, xavfsizlikni,
barqarorlikni va yaxshi qo‗shnichilikni mustahkamlash;
davlatning harbiy tashkilotini muntazam ravishda rivojlantirish, uni O‗zbekiston
Respublikasini qurolli himoya qilishga shay holatda saqlab turish.
10. O‗zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi siyosati quyidagi
prinsiplarga asoslangan:
boshqa davlatlarga qarshi harbiy kuch ishlatmaslik, bundan harbiy tajovuzning
oldini olish va uni daf etish hollari mustasno;
xavfsizlikning bo‗linmasligi, o‗z xavfsizligini boshqa davlatlar xavfsizligi
hisobiga mustahkamlashga yo‗l qo‗yilmasligi;
boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ehtimol tutilgan nizolarni
tinch yo‗l bilan hal etish;
harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaslik, har qanday davlatlararo tuzilmadan,
agar u harbiy-siyosiy blok etib o‗zgartirilsa, chiqib ketish huquqini o‗zida saqlab qolish;
mudofaaning yetarli darajada bo‗lishi;
80
harbiy qurilishning zamonaviy harbiy mojarolar xususiyatiga monand bo‗lishi;
yadroviy va boshqa turdagi ommaviy qirg‗in qurolini ishlab chiqarish, olish,
saqlash, tarqatish va joylashtirishdan voz kechish;
Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona to‗g‗risidagi shartnoma
prinsiplariga sodiqlik;
o‗z hududida chet el harbiy bazalari va obyektlarining joylashtirilishiga yo‗l
qo‗ymaslik;
Qurolli Kuchlarning xorijdagi tinchlik o‗rnatish bilan bog‗liq operatsiyalarda va
harbiy mojarolarda ishtirok etmasligi;
xalqning ma‘naviy-axloqiy qadriyatlariga va o‗ziga xos madaniy tamadduniga
tayanish.
81
Do'stlaringiz bilan baham: |