atomlar
deb atadi. Demokrit ta‘biri bilan aytganda, atomlar
shakli va o’lchami jihatidan nihoyatda xilma- xil bo’lishi mumkin, lekin ularning hammasi bir
turdagi materiyaning o’zidan tuzilgan. Olamda atomlar va ular orasidagi bo’shliqdan boshqa
hech narsa yo’q. Moddalar orasidagi farq shu moddalarni hosil qilgan atomlar soniga,
o’lchamiga va qay tariqa joylashganligiga bog’liq, xolos. Atomlar doimo harakatda bo’ladi.
Jismlarning soviganda torayishi, qizdirilganda kengayishi, va nihoyatda, suyuqlanishi,
eritilganda suv bilan aralashishi va boshqa hodisalar atomlarning harakatidan kelib chiqadi.
Sodir bo’ladigan har qanday o’zgarish atomlarning o’zaro birikishidan va ularning bir- biridan
ajralishidan iborat.
Demokritning atomistik ta‘limoti umum tomonidan e‘tirof qilinmadi. Shundan keyin taraqqiy eta
boshlagan falsafa barcha hodisalarni moddaning abstrakt sifatlariga asoslanib tushuntirishga
urindi.
Keyingi asrlarda tabiiyot fanining rivojlanishiga ta‘sir ko’rsatgan Arastu (Aristotel) ta‘limoti bu
falsafaga asos bo’ldi. U butun borliqning negizi ibtidoiy materiyadir deb hisobladi. Bu materiya
abadiy bo’lib, yo’qdan bor bo’lmaydigan va bordan yo’q bo’lib ham ketmaydi, uning tabiatdagi
miqdori o’zgarmaydi. Ibtidoiy materiyaga biz seza oladigan va juft- jufti o’zaro qarama- qarshi
bo’lgan to’rtta asosiy sifat: issiqliq va sovuqliq, quruqlik va namlik xosdir. Moddalarning xilma-
xil bo’lishiga sabab shuki, ularda ana shu sifatlardan turli miqdorda bo’ladi. Aristotel bu
sifatlarni juft- jufti bilan ko’shib, Empedoklning to’rt elementini-tuproq, suv, olov va havoni
keltirib chiqardi.
Yunon faylasuflari materiyaning ichki tuzilishini tushunish maqsadida asosiy e‘tiborni abstrakt
nazariyalarga qaratgan bo’lsa, boshqa mamlakatlarda kimyoviy o’zgarishlar qakidagi amaliy
ma‘lumotlar asta- sekin to’plana bordi.
Misrliklarning amaliy kimyosi va Yunon olimlarining falsafiy tasavvurlari asosida miloddan 300
yil avval qadimiy dunyoning madaniy markazi Aleksandriyada akademiya va kutubxonalar
tashkil topdi. Misrni arablar zabt etganidan keyin, Aleksandriya akademiyasining boyliklari VII
asrda arablar qo’liga o’tadi. Arablar «kimyo» so’zi oldiga, arab tiliga xos «al» qo’shimchasini
qo’shib kimyoni «alkimyo» deb ataganlar. Arablar faoliyati natijasida kimyoviy ma‘lumotlar
birmuncha rivljlandi; ular yangi- yangi moddalar kashf qildilar. VIII asrda kimyoviy bilimlar
arablardan Ispaniyaga va undan Yevropaga o’ta boshlaydi. Qadimiy Markaziy Osiyo, jumladan
o’zbek olimlari ham dunyo adabiyotida arab olimlari qatoriga kiritilganlar.
Hozirgi Markaziy Osiyo hududida ijod etgan tabiatshunoslar orasida dunyoga tanilgan
olimlardan buxorolik Abu Ali ibn Sino (980-1037) tibbiyot sohasida ko’p ishlari bilan
mashxurdir. Uning fikricha kimyoviy bilimlar oddiy moddalardan oltin olishga emas, balki
dorivor moddalar yaratishga xizmat qilishi kerak.
Xorazmda yashab ijod etgan Abu Rayxon Beruniy (980-1048) ning «Qimmatbaho toshlarni bilib
olish bo’yicha ma‘lumotlar to’plami» degan risolasi o’sha zamondagi Markaziy Osiyo, Yaqin
Sharq, hatto Yevropada ham ma‘danshunoslik sohasidagi eng yirik asar hisoblangan.
Arablarning Janubiy Ispaniyani istelo etishi kimyoga doir amaliy bilimlarning Garbiy Yevropaga
yoyilishiga yo’l ochdi, bu bilimlar bilan birga noasl metallarni oltinga aylantirish mumkin degan
g’oya ham yoyildi. Kimyo tarixida bu davr alkimyo davri deb ataldi. O’rta asrlarda Yevropada
ilmiy fikr tamomila qatolik cherkovning ta‘siri va nazorati ostida edi. Aristotelning ruxoniylar
sohtalashtirib yuborgan ta‘limoti hukmron edi. Bu ta‘limotga shubha bilan qaragan har qanday
kishi qattiq ta‘qib qilinar edi. O’rta asrlarda fan bir joyda qotib qoldi va bilimlar tushkunlikka
uchradi. Alkimyogarlarning butun harakati sirli «falsafiy toshlar» ni axtarib topishga qaratilgan
edi. Fanning rivojlnishida ijobiy rol uynagan arab alkimyosiga qarama-qarshi ularok, G’arbiy
Yevropa alkimyosi reaktsion, ilmga xilof oqim bo’lib, cherkov bilan feodallar manfaati
uchungina xizmat qildi. Kimyoning rivojlanashida burilish yasagan davr o’yg’onish davri bo’ldi.
Bu davrda hayot kimyo oldiga yangidan-yangi amaliy masalalarni quydi. Kasalliklarni
davolashda kimyoviy preparatlardan foydalanish tajribalari kimyoda yangi bir oqim, ya‘ni
tabiyot kimyosi oqimini vujudga keltirdi. Bu oqim tarafdorlari (asoschisi Paratsels) kimyoning
asosiy maqsadi dori moddalar tayyorlash deb hisoblar edilar.
Tabiatni hayotdan ajratilgan holda o’rganish XVII asrdagina yo’qola boshladi va kimyo fani aniq
tajriba natijalariga asoslanib xulosalar chiqaradigan bo’ldi. Kimyoda bu yangi oqimga Robert
Boyl asos soldi. Bu olim fikricha kimyoviy tajribalar o’tkazish, kuzatishlar olib borish natijasida
ma‘lumotlar to’plash lozim. Kimyoning maqsadi jismlarning tuzilishini o’rganishdir, jismlarning
tuzilishini bilishning vositasi esa ularni elementlarga parchalashdan iborat kimyoviy analizdir.
Boyl ta‘limotiga ko’ra, element murakkab jismlar tarkibiga kiradigan va murakkab jismlar
parchalanganda hosil bo’ladigan eng oddiy jismlardir. R.Boylning kimyo sohasida qilgan ishlari
va uning tekshirish uslubi kimyoning rivojlanashiga katta yordam berdi. Bu davrdan boshlab
pnevmatik kimyo (gazlar kimyosi ) rivojlana bordi. XVII asrning oxiridda nemis kimyogari Shtal
yaratgan flogiston nazariyasi xukumron edi. Bu nazariyaga ko’ra, barcha yonuvchi moddalarda
flogiston, ya‘ni olov modda mavjud. Bunday modda metallarda ham bo’ladi, ayniqsa ko’mirda
ko’p. Vaqt o’tishi bilan juda ko’p kuzatishlar o’tkazish natijasida flogiston nazariyasiga zid
ma‘lumotlar to’plandi va deyarli bir asr xukumronlik qilgan bu nazariya kimyoning
rivojlanishiga to’siq bo’lib qoldi. XVIII asr boshlarida kimyogarlar olovning tabiati va yonish
jarayonining mohiyatiga katta e‘tibor berdilar. Yonishning ilmiy nazariyasini yaratishda Rossiya
olimi M. V. Lomonosovning xizmati katta bo’ldi. U og’zi kavsharlab berkitilgan retorta deb
nomlanuvchi idishda metallarni qattiq qizdirib, kimyoning rivojlanishi uchun muhim yangiliklar
kashf etdi. Shu tajribalarga asoslanib, Lomonosov metallar qizdirilganda ular havo bilan birikadi,
degan xulosaga keldi.
Keyinchalik frantsuz olimi A.Lavuaze yonish, moddalarning havodagi kislorod bilan birikish
reaktsiyasi ekanligini isbotladi. Lavuaze flogiston nazariyasiga zarba berib, yonish va
oksidlanish jarayonlarining mohiyati haqida to’g’ri va aniq ilmiy nazariya yaratdi. Kimyoning
aniq fan sifatida rivojlanishida ingliz olimi J.Daltonning atomistik tasavvurlari hal qiluvchi rol
o’ynadi. Binobarin, atomistik ta‘limotni rivojlantirgan Rossiya olimi M.V.Lomonosov bilan
ingliz olimi J.Daltonni hozirgi zamon kimyosining asoschilari deb atalsa xato bo’lmaydi.
Kimyo fanining rivojlanishida Rossiya olimlaridan D.I.Mendeleev bilan A.M.Butlerovning
xizmati katta. Moddalarning tuzilishini tekshirishda, tekshirish natijalariga ko’ra kerakli xossaga
ega bo’lgan moddalar hosil qilishda A.M.Butlerovning moddalar tuzilish nazariyasi katta rol
o’ynadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |