MAVZU:GULLI PARAZITLARNING ASOSIY
GURUHLARI
Topshiriq va mashg‘ulot o‘tish tartibi:
Mashg‘ulot davomida gulli
yarim parazitlarning asosiy vakillari bilan tanishib, ularni ko‘rinishini
bayon qilish kerak, shumg‘iya va zarpechakni asosiy turlari bilan
tanishib, ularning morfologik belgilariga e’tibor berish zarur. Mikroskop
ostida shumg‘iya va zarpechakning urug‘ini tuzilishini kuzatib, ularning
o‘lchamini olish kerak. Tanishib chiqilgan gulli-parazit o‘simliklarning
rasmlari chiziladi.
Deyarli hamma gulli yuksak o‘simlik mustaqil ravishda anorganik
moddalardan organik moddalarni xosil qilishadi, ya’ni avtotrof
oziqlanadi. Bu o‘simliklar odatda yaxshi rivojlangan ildizlarga ega
bo‘lib, ular orqali tuproqdan suv va mineral moddalarni oladi hamda
yashil barglari yordamida quyosh nuridan foydalanib, organik
moddalarni hosil qiladi.
Lekin bu guruhga kiruvchi ayrim botanik oilalarga mansub bo‘lgan
o‘simliklar o‘zining hayotiy faoliyati tufayli yarim yoki to‘liq parazit
holatda yashashga moslashgan. Parazit holda xayot kechirishi ularni
boshqa o‘simliklarning ildizi yoki er ustki a’zolarida yopishib yashashga
moslashishiga olib kelgan. Ana shunday hayotiy faoliyatiga ko‘ra, gulli
parazit o‘simliklar ildiz va poya parazitlariga bo‘linadi. Bu
o‘simliklarning yashash sharoitiga ko‘ra ularning ildizlari qisman yoki
butunlay rivojlanmagan. Shuning uchunular xujayin o‘simlikdan suv,
mineral va organik moddalarni oladilar.
Yuqorida qayd etilgan gulli parazit o‘simliklar o‘zida organik
moddalarni hosil etishiga ko‘ra o‘zaro bir biridan farq qiladilar. Gulli
parazit o‘simliklarning ayrimlari yashil barg va poyaga ega bo‘lganligi
uchun organik moddalarni hosil qila oladi, shuning uchun ularni yarim
parazitlar xam deb yuritiladi. Ayrimlari esa yuksak o‘simliklarga xos
bo‘lgan organik moddalarni -xosil qilish xususiyatini (shu bilan birga
xlorofill donachasi va yashil rangini) yo‘qotgan. Bunday parazitlar
xo‘jayin o‘simliklardan fakat suv va mineral moddani emas, balki
organik moddalarni xam oladilar. Shuning uchun ularni tuliq parazitlar
deb ataladi. Gulli parazit o‘simliklar bir necha guruxlarga bo‘linib
o‘rganiladi.
1.Gulli-yarim parazit o‘simliklar; a) ildizdagi; b) poyadagi
2.Gulli – to‘liq parazit o‘simliklar ; ) ildizdagi; b) poyadagi
Ildizdagi gulli –yarim parazit o‘simliklarga Ivan – da-Mariya
o‘simligini olishimiz mumkin. Ivan-da-Mariya o‘simligining ildizida
mayda surgichlar bo‘lib, shular yordamida turli daraxtlar va butalar
ildiziga yopishib olib yashaydi. Bu oilaga kiruvchi boshqa o‘simliklar
(pogremok, mo‘tnik) o‘tsimon o‘simliklarda yarim parazit holda hayot
kechiradi. Ular o‘tsimon o‘simliklarni siyraklashtiradi va yig‘iladigan
xashakning sifatini pasaytiradi.
Daraxtlarda yarim parazit holda hayot kechiruvchilarga misol qilib
omelani olishimiz mumkin.
Omela
(
Vissum album L.
). Omela yaxshi rivojlangan yashil bargga
va tarmoqlangan shoxlarga ega bo‘lgan ko‘p yillik o‘simlikdir. U ikki
pallali, ikki uyli, ya’ni onalik guli va otalik guli aloxida usimliklarda
rivojlanadigan o‘simlikdir. Mevasi-rezavor meva bo‘lib, yopilganda
rangi oq tusga kiradi. Rezavor meva urug‘li bo‘lib, elimsimon moddaga
egadir. Yopilgan urug‘lar faqat yorug‘likda unib chiqadi. Unib chiqqan
maysa katta bo‘lib, uchi yassi. Poyasi qalin kutikula bilan qoplangan,
lekin po‘kak qavati bo‘lmaganligi uchun suvni osonlik bilan parlatib
yuboradi, shuning uchun suvga bo‘lgan talabi kuchli. Ko‘pincha
o‘simlikning omela zararlagan qismi yo‘g‘onlashib ketib, ko‘rinishi
shishga o‘xshab qoladi. Agar shishni ko‘ndalang kesib qaralsa,
o‘simlikning po‘stloq qismida omelani ildizi-rizoidlarini ko‘rishimiz
mumkin. Daraxtning rivojlanishi tufayli bu rizoidlar kambiy qismiga
qarab chuqurlashib boradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, omelada xaqiqiy
ildizlari bo‘lmaydi, balki ularning o‘rnini so‘rg‘ichlar bosadi. Omela
olma, nok, terak, eman, igna bargli daraxtlarda va boshqa manzarali
daraxtlarda parazitlik qiladi. Omelani urug‘i qushlar yordamida
tarqatiladi. Ular yopishqoq bo‘lganligi uchun daraxtlarga yopishib
keyin, asta-sekin o‘sib rivojlanadi.
To‘liq parazitlarni o‘rganishda ularning parazitlik hayot
kechirishidagi ayrim xususiyatlariga e’tibor berishimiz zarur. Bular
quyidagilardir: ildiz sistemasi yo‘q, bularning o‘rnini so‘rg‘ichlar oladi,
barglari yo‘q, poyasi siyox rang yoki sarg‘ish lekin yashil emas. To‘liq
parazitlar ichida shumg‘iya va zarpechak alohida o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |