17-mavzu: Mustaqil malaka oshirish va bilim olishning tashkiliy, uslubiy asoslari



Download 331,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana20.06.2022
Hajmi331,45 Kb.
#679110
1   2   3   4
Bog'liq
DxxG1zlHTtO9cLK3CpAJ103zj8hHYvlSnqJ5V3hU (1)

Obro‘ orttira olish qobiliyati - 
o„quvchilarga bevosita emotsionalirodaviy 
ta‟sir ko„rsatish va shu asosda obro„ qozona olishdir. Obro„ faqat shu asosdagina 
emas, balki o„qituvchilarning fanni yaxshi bilishi, mexribonligi, nazokatliligi va 
hokazolar asosida ham qozoniladi. O‟quvchilar qo„pollik qilmaydigan, 
qo„rqitmaydigan, halol-pokiza to„g„ri talab ko„ya oladigan o„qituvchini juda 
xurmat qiladilar. 
To‘g‘ri muomala qila olish qobiliyati - 
bolalarga yaqinlasha olish, ular 
bilan pedagogik nuqtai nazardan juda samarali o„zaro munosabatlar o„rnata 
bilish, pedagogik nazokatning mavjudligi. 
Kelajakni ko‘ra bilish qobiliyati
 - 
o„z harakatlarining oqibatini ko„ra bilishda, 
o„quvchining kelgusida qanday odam bo„lishini tasavvur qila olishida, 
tarbiyalanuvchida qanday fazilatlarni taraqqiy ettirish lozimligini oldindan aytib 
bera olishda ifodalanadi. Bu qobiliyat pedagogik optimizm, tarbiyaning qudrati, 
odamga ishonch bilan bog„liqdir. 
Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati 
- o„qituvchi uchun diqqatning barcha 
xususiyatlari - xajmi, kuchi, ko„chuvchanligi, idora qilina olishi, safarbarligi 
kabilarning taraqqiy etgan bo„lishi muhimdir. O„qituvchi yukorida ko„rsatilgan 
qobiliyatlardan tashqari bir kancha ijobiy sifatlarga - aniq maksadni ko„zlash, 
kat‟iylik, mexnatsevarlik, kamtarlik kabi fazilatlarga ham ega bo„lishi kerak. 



Demak, bugungi kunda zamonaviy bilim va kasbiy ko„nikmalarni mukammal 
egallagan, mamlakatning taraqqiyoti va kelajagi uchun sifatli ta‟limni tashkil eta 
oladigan, doimiy ravishda o„z kasbiy bilimlarini va malakasini oshirib borib 
amaliyotda ta‟lim sifat-samaradorligiga ijobiy ta‟sir eta oladigan pedagog 
kadrlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Jamiyatning ijtimoiy, siyosiy va madaniy 
hayotiga o„z faoliyati bilan ta‟sir etadigan, ta‟lim sifatini oshirishga qaratilgan 
tashabbuskorligi, yangidan yangi g„oyalarni ilgari surib, ta‟lim berishning 
zamonaviy uslublarini tatbiq etadigan kadrlarga hukumatimiz katta ishonch 
bildirmoqda. Pedagog kadrlarning uzluksiz malaka oshirishi va “hayot davomida 
o„qish”i uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida mamlakatimiz rahbari 
tomonidan qator farmon va qarorlar chiqarildi. Jumladan, O„zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-108-sonli “O„zbekistonning 
yangi taraqqiyot davrida ta‟lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-
tadbirlari to„g„risida”gi Farmoni, PQ-488-sonli “Ta‟lim-tarbiya tizimini yanada 
takomillashtirishga oid qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida”gi Qarori hamda 
2021-yil 2l-yanvardagi PQ-4963-sonli “Xalq ta‟limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot 
faoliyatini qo„llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy 
qilish chora-tadbirlari to„g„risida”gi Qarorlarida xalq ta‟limi xodimlarining malaka 
oshirish jarayonini ,,hayot davomida o„qish” tamoyili asosida uzluksiz malaka 
oshirishni nazarda tutuvchi tizimga aylantirish, an‟anaviy malaka oshirish bilan bir 
qatorda kasbiy o„qitishning uyg„unlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib 
boriladigan, masofaviy va boshqa turlarini joriy etish, shuningdek, xalq ta‟limi 
xodimlarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, qisqa muddatli maqsadli, muammoli va 
mualliflik kurslarini tashkil etish masalalariga e‟tibor qaratildi. Mazkur farmon va 
qarorlardagi masalalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun muayyan vaqt va 
mehnat talab qiladi. Xususan, ta‟lim sohasidagi jarayonni isloh qilishda izchillik, 
puxta o„ylangan reja, tahlil va tadqiqqa asoslanib ish yuritish, so„zsiz ijobiy natija 
beradi. Xalq ta‟limi xodimlari malakasini oshirish jarayonida sog‟lom raqobat 
muhitini yaratish maqsadida pedagogika yo„nalishidagi oliy ta‟lim muassasalari 
hamda nodavlat ta‟lim muassasalari tashkilotlarini ham jalb etilishi amalga 
oshirilayotgan islohotlarning biri sifatida e‟tirof etish mumkin. Qayd etish 
lozimki, xalq ta„limi tizimida soha muammolarini tadqiq qiladigan, uning 
strategiyasini belgilaydigan va rejalashtirilgan innovatsiyalarni ilmiy jihatdan 
o„rganib, tajriba-sinovdan o„tkazadigan maxsus ilmiy tadqiqot institutning tashkil 
etilishi ayni muddao bo„ldi. Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta‟limi muammolarini 
o„rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti zimmasida soha 
faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan ta‟minlash, fundamental, amaliy va innovatsion 
tadqiqotlar o„tkazish, ularning natijalarini amaliyotga joriy etish va umumiy o„rta 
ta‟limning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy-tadqiqot dastur hamda 
loyihalarini amalga oshirish vazifalari yuklatildi. Shuningdek, xalq ta‟limi tizimi 
uchun yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlar, sohadagi rahbar 
kadrlar va metodistlarning kasbiy darajasi, malakasini muntazam oshirib borish, 
shuningdek, sohaga oid ilg'or tajribalarni o„rganish va joriy etish bo„yicha 



tavsiyalar ishlab chiqish, xorijdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan
aloqalarni rivojlantirish, umumiy o„rta ta‟limni tashkil etishning yangi 
texnologiyalari, vositalari va shakllarini ishlab chiqish, sinovdan o„tkazish va 
ekspertiza qilishda ishtirok etish kabi faoliyat yo„nalishlarida ish yuritishi nazarda 
tutildi. Shuningdek, xalq ta‟limi xodimlari o„rtasida o„tkazilgan pedagogik-
psixologik hamda kasbiy ehtiyojni aniqlashga qaratilgan so„rovnomalar asosida 
xalq ta„limi xodimrarini kasbiy rivojrantirishning zamonaviy turlari va shakllarini 
keng joriy etishga e‟tibor qaratildi. Bunda xalq ta‟limi xodimlarining joylardagi 
faoliyat shart-sharoitlaridan kelib chiqib kasbiy rivojlanishning (malaka 
oshirishning) muvofiq ta‟lim shaklini tanlash imkoniyati berilishi nazarda tutildi. 
Jumladan, XTVning 2021-yil 19-aprelda “Xalq ta‟limi xodimrarini kasbiy 
rivojrantirishning zamonaviy turlari va shakllarini keng joriy etish to„g„risida”gi 
118-sonli buyrug„iga ko„ra ta‟lim olishning 5 ta shakli: 
ishlab chiqarishdan 
ajralgan holda ta’lim olish, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish, 
masofaviy ta‘lim, dual ta’lim, mustaqil ta’lim
kabilar tavsiya etilgan. Xalq ta‟limi 
xodimi ehtiyoj va imkoniyatlardan kelib chiqib mazkur ta‟lim shakllarining biri 
orqali o„z kasbiy bilimini oshirib boradi. Ushbu ta‟lim shakllaridan 3 tasi (
ishlab 
chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish, dual ta’lim, mustaqil ta’lim) 
pedagoglarning ehtiyojlari o„rganilishi
 
natijasida belgilandi.
Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish shakli
pedagoglarning 
ta‟lim jarayonidan bo„sh (ta‟tili yoki metodika kunlari) vaqtiga ixtisoslashgan 
ta‟lim tashkilotida, tayanch ta‟lim muassasalarida, shuningdek, xodimlarning 
bevosita ish joyida o„tkazilishi rejalashtiriladi. Bunday ta‟lim olish pedagoglarning 
asosiy faoliyatiga ta‟sir etmagan holda tashkil etiladi.
Dual ta’lim
ta’lim olish shakli 
zarur bilim, malaka va ko„nikmalarni olishga 
qaratilgan bo„lib, ularning nazariy qismini pedagoglar ixtisoslashgan ta‟lim 
tashkiloti negizida olib, amaliy qismi esa ta‟lim oluvchining ish joyida amalga 
oshirilishi belgilangan.
Mustaqil ta’lim olish shakli 
yangi bilim, ko„nikma va malakalarni uzluksiz 
ravishda mustaqil o„zlashtirishni nazarda tutib, o„quv dasturi ta‟lim oluvchi 
tomonidan uzluksiz kasbiy ta‟lim traektoriyasi asosida tuziladi va mustaqil o„qish 
vositasida o„zlashtirishni nazarda tutadi. Pedagog “Uzluksiz kasbiy ta‟lim” 
elektron platformasidan foydalangan onlayn holda tarzda o„zlashtirib borishi 
nazarda tutiladi.
Mazkur ta‟lim shakllarini amalga oshirishda xodimlarining malaka oshirish 
jarayonini “hayot davomida o„qish” tamoyili asosida tashkil qilish, xodimlarning 
kasbiy ehtiyojlarini tashxis qilish asosida ishlab chiqilgan individual rivojlanish 
dasturiga muvofiq malakasini oshirish tartibini amaliyotga kiritish, soha 
xodimlarining malaka oshirish jarayoniga kredit-modulga asoslangan uzluksiz 
kasbiy rivojlantirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish vazifasini amalga 
oshirish belgilandi. Shuningdek, xalq ta‟limi xodimlarining nazariy bilimlari va 
amaliy ko„nikmalarini rivojlantirish maqsadida qisqa muddatli (maqsadli, 
muammoliva mualliflik) kurslarini tashkil etish ham ahamiyatlidir. Mazkur qisqa 



muddatli kurslarni yaratishda professor-o„qituvchilardan xalq ta‟limi xodimlarning 
kasbiy ehtiyojlarini o„rganish, dolzarb va talabgir modullarni ishlab chiqish, unga 
muvofiq sifatli kontentlar (mavzu matni, videodarsi, nazorat topshiriqalari, zaruriy 
va qo„shimcha adabiyotlar)ni yaratish kabi vazifalarni yuklaydi. Bu jarayonda har 
bir professor-o„qituvchi kurslarni yaratishda mas‟uliyat bilan yondashgan holda 
izlanadi, yangidan-yangi innovatsiyalarni tatbiq etadi va mediasaodxonligini 
oshirib boradi.
Shu bilan bir vaqtda, uzluksiz malaka oshirish bir-birini to„ldirib turuvchi 
quyidagi shakllarni o„z ichiga oladi: mutaxassislik bo„yicha mustaqil va muqobil 
malaka oshirish (
quyidagi jadvalga qarang
), shuningdek ta‟lim dasturlari bo„yicha 
markazlarda bevosita ta‟lim olish. 

Download 331,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish