Тошкент давлат юридик университети



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

 
Esda tuting! 
Ko‘pinchalik qonunchilikda, ilmiy adabiyotlarda va amaliyotda 
“tabiatdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish” ifodasi 
qisqariltirilgan holda “atrof muhit muhofazasi” yoki “ekologiya” deb, 
ataladi. Kundalik hayotda “ekologiya” atamasini ishlatish “moda”ga 
aylangan. Biroq “ekologiya” atamasini ko‘chma ma’noda qo‘llash ham 
tez-tez uchrab turadi. Masalan, “uy ekologiyasi”, “ekologik madaniyat”, 
“yurist-ekolog”, “ekologiya burchagi”, “ekologiya bog‘i” va h. k.
Hozirgi paytda 
“ekologik xavfsizlik”
degan tushunchani qo‘llash 
“moda”ga aylanmoqda. Qizig‘i shundaki, “ekologik xavfsizlik” 
tushunchasi tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish va atrof muhitni 
muhofaza qilish ifodalari bilan birgalikda yoki “ekologiya”, “tabiatni 
muhofaza qilish” tushunchalarining sinonimi sifatida ham ishlatilmoqda. 
“Ekologik xavfsizlik” bilan “ekologiya (atrof muhitni muhofaza qilish)”ni 


15 
bir-biridan farqlash lozim.
Atrof-muhitni 
muhofaza 
qilish 
bilan 
ekologik 
xavfsizlikning obyektlari bir-biridan farq qiladi. Atrof 
muhitni muhofaza qilishda faoliyat obyekti bo‘lib, atrof- muhit (tabiat) 
tan olinadi, ekologik xavfsizlikning obyekti esa inson va jamiyatdir.
 
Esda tuting! 
Ilmiy-huquqiy tushuncha. Ekologik xavfsizlik, 
deb tabiiy (stixiyali) 
ofatlar (yer qimirlashi, toshqin, sel kelishi, ko‘chki) yoki texnogen 
favqulodda 
hodisalar 
(avariya, 
portlash, 
yong‘in 
va 
h.k.)dan 
himoyalanishning oqibatlarini bartaraf etishga aytiladi.
Ekologik xavfsizlikni tavsiflovchi yuridik belgilar 
quyidagilardan 
iborat:
 

ekologik xavf hodisasi (ofat, falokat) to‘satdan ro‘y berishi va u 
favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarishi;

bunday hodisada atrof tabiiy muhitga katta yoki halokatli zarar 
yetkazilishi;

atrof tabiiy muhitning halokatli holati, sifatining buzilishi, 
zaharlanishi, nobud bo‘lishi nafaqat atrof-muhitga, balki insonlar sog‘lig‘i 
va hayotiga katta zarar yetkazadi; 

favqulodda ekologik vaziyat yuz berganda tegishli hududda maxsus 
tabiiy ofat yoki ekologik vaziyat zona (tegra)si, deb e’lon qilinishi;

tabiiy resurslardan foydalanish va insonning boshqa huquqlari 
cheklanishi (to‘xtatilishi) mumkin; 

ekologik xavf hodisasi (favqulodda vaziyat) ni boshqarish va xavfni 
bartaraf etish Favqulodda vaziyatlar vazirligining ustuvor vakolatiga 
kiradi. 
Atrof-muhitda to‘satdan vujudga kelishi mumkin bo‘lgan yoki 
vujudga kelgan xavf ekologik xavf, deb, undan himoyalanish esa ekologik 
xavfsizlik deb ataladi. Ekologik xavfsizlikda inson va jamiyatning atrof-
muhitdagi xavfdan halokatli jabr ko‘rishining oldini olish va yuz bergan 
ofatni bartaraf etish amalga oshiriladi.
Shunday qilib, ekologiya tushunchasini “ekologik 
xavfsizlik” tushunchasi bilan bir xil deb tushunmaslik 
kerak. Agar ta’bir joiz bo‘lsa, ekologik xavfsizlikni 
Ekologiya huquqining tarkibidagi mustaqil institut, 
deb tushunish mumkin.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish