Pedagogik vazifalar:
1. Mavzu bilan tanishtirish;
2.Biogenez haqida ma’lumot beradi;
3.Noogenez haqida ma’lumot beradi;
4.Noosfera haqida ma’lumot beradi;
O’quv faoliyatining natijalari:
1.Mavzu bilan tanishadilar;
2. Biogenez haqida ma’lumot oladi;
3.Noogenez haqida ma’lumot oladi;
4.Noosfera haqida ma’lumotga ega bo’ladi
Ta’lim usullari:
Ma’ruza, “Insert”, “Aqliy hujum” .
Ta’lim shakli:
Kichik guruhlarda ishlash: “Bumerang”
texnologiyasi
Ta’lim vositalari:
Ma’ruza, texnik vositalar bilan ishlash.
Ta’lim berish sharoiti:
O’quv xona
Monitoring va baholash:
Og`zaki, yozma.
“BUMERANG” TEXNOLOGIYASI
1-KICHIK GURUH
VAZIFA
Biogenez
Biosferaning evolyutsiyasi asosan ikki xil muhim omillar:
1. Sayyoramizdan geologik va iqlim o’zgarishlari ta’sirida;
2. Biologik evolyutsiya jarayonida tirik organizmlar turlarining tarkibi va sonining o’zgarishlari ta’sirida
amalga oshib kelgan.
Hozirgi zamonda bu omillarga uchinchisi, inson jamiyatining ta’siri qo’shiladi.
Biosfera evolyutsiyasi 3 ta bosqichga ajratiladi.
1. Birinchi bosqichda biotik davriy aylanish xususiyatiga ega birlamchi biosfera paydo bo’ladi. Bu
bosqich taxminan 3 milliard yillar ildin boshlanib, paleozoy erasining kemriy davrigacha davom etadi.
2. Ikkinchi bosqichda biosferaning biotik tarkibiy qismi – ko’p juhayrali organizmlar murakkablashadi.
Bu davr 0,5 milliard yillar oldin, kemriy davridan boshlanib, hozirgi zamon odamlari paydo bo’lishigacha
davom etadi.
3. Uchinchi bosqich insoniyat jamiyatining kelib chiqishiga bog’liq. Bundan taxminan 40-50 ming
yillar avval boshlanib hozirgi vaqtgacha davom etmoqda. Biosfera evolyutsiyasining birinchi va ikkinchi
bosqichlari faqat biologik qonuniyatlar natijasida kechadi, shuning uchun bu bosqichlarni biogenez davri
deyiladi.
Uchinchi bosqich insoniyat jamiyati kelib chiqishi va rivojlanishiga bog’liq bo’lgan uchun uni
noogenez davri deyiladi.
Biogenez bosqichi. Yerda biosfera birinchi tirik organizmlar bilan bir vaqtda paydo bo’ladi. Tirik
organizmlar evolyutsiyasi bilan birga biosfera ham o’zgara boradi. Dastlabki tirik organizmlar bir hujayrali
geterotrof oziqlanuvchi anaerob prokariotlar bo’lgan. Bu organizmlar energiyani asosan glikoliz, bijg’ish
jarayonlari natijasida to’plagan.
Bu dastlabki tirik organizmlar abiogen usulda hosil bo’lgan tayyor organik moddalar bilan oziqlanib,
biosferaning birlamchi biomassasini to’plab borgan.
Birlamchi biosferada organik moddalar kam bo’lgani uchun geterotrof prokariotlar tez ko’paya olmas
edi. Tabiiy tanlash natijasida anorganik moddalardan organik moddalarni mustaqil sintezlay oladigan autotrof
organizmlar – birinchi xemosintezlovchi, fotosintezlovchi bakteriyalar va ko’k-yashil suv o’tlari paydo
bo’ladi.
Birinchi fotosintezlovchi organizmlar karbonat angidridni yutib, kislorodni ajratib, atmosferaning
tarkibini o’zgartirgan. Natijada atmosferada karbonat angidrid miqdori kamayib, kislorod miqdori tobora
ko’payib borgan. Atmosferaning 15-25 km balandlikda elektrokimyoviy jarayonlar ta’sirida kisloroddan ozon
ekrani hosil bo’lgan. Ozon ekrani yer yuzidagi tirik organizmlarni quyoshning ultrabinafsha nurlari va kosmik
nurlarining halokatli ta’siridan himoya qilgan. Bunday qulay sharoitda dengiz yuzasida tirik organizmlar
yanada ko’paya borgan.
Atmosferada erkin kislorodning ko’payishi Yer yuzasida aerob tipda kislorod bilan nafas oluvchi
organizmlarning va ko’p hujayralilarning kelib chiqishiga sabab bo’lgan.
Ozon ekrani tirik organizmlarning suvdan quruqlikka tarqalishiga imkon yaratgan. Birinchi ko’p
hujayrali organizmlar atmosferada kislorodning miqdori taxminan 3 foizga yetganda, kemriy davrining
boshida, bundan 500 million yillar avval kelib chiqqan deb taxmin qilinadi.
Organizmlar xar xil yashash muhitlariga o’tib, keng tarqala boshlagan. Paleozoy erasida hayot faqat
suvdagina keng tarqalib qolmay, quruqlikka ham chiqqan. Yashil o’simliklarning keng rivojlanishi
atmosferani kislorod bilan yanada boyitdi, bu esa organizmlar tuzilishini yanada takomillashtirildi.
Paleozoyning o’rtalarida kislorodning hosil bo’lishi va sarflanishi o’rtasida muvozanat paydo bo’ldi,
atmosferada kislorod miqdori taxminan 20 foizgacha yetdi va bu muvozanat hozirgacha saqlanib kelmoqda.
va hayvonlarning yangi turlarini yaratish choralarini ishlab chiqishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |