“ LOYIHA ” TEXNOLOGIYASI
2-KICHIK GURUH
VAZIFA
Odam irqlari to’g’risida
Har bir populyatsiyadagi odamlar o’zaro bo’yi, yuz tuzilishi, terisi, sochining rangi va boshqa
belgilar bilan farq qilishi tabiiy bir xol. Bu shaxsiy o’zgaruvchanlik oqibatidir. Irqiy belgilar ayrim
oamlargagina emas, balki butun jamoaga xos bo’lib, ma’lum yashash sharoiti bilan uzviy bog’liq.
Barcha irqlarning ajdodlari bundan 90-92 ming yil oldin yashagan. O’sha davrdan boshlab
odamlar sayyoramizning turli sharoitda bir-biridan keskin farq qiladigan o’lkalarga tarqalib yashay
boshlaganlar.
Negroid irqi vakillarining terisi qora yoki to’q jigarrang, sochi qora, jingalak, burni
puchuqroq, keng, lablari qalin bo’ladi.
Mongoloid irqiga kiruvchilar terisi bug’doy rang yoki tiniqroq qirg’iz qovoq, sochi to’g’ri
va qattiq, soqol va mo’ylovlari kam yoki rivojlanmagan, yonoqlari bo’rtib chiqqan, lab va
burunlari o’rtacha qalinlikda va bodomqovoq bo’ladi. Irqiy belgilar odamlarning yashash
sharoitiga moslashishi oqibatida paydo bo’lgan. Chunonchi, negroid irqida tananing qora bo’lishi
quyosh nurlaridan himoyalanuishida, mongoloid irqida ko’zning kichik va qiyiq bo’lishi chang-
to’zonlardan himoyalanishda yordam bergan.
Yevropoid irqiga mansub odamlar terisining rangi oqish, sochi yumshoq, to’g’ri, sersoqol,
sermo’ylov, burunlari tor, lablari yupqa bo’ladi.
Nima sababdan kishilar o’rtasida bunday farqlar paydo o’lgan? Olimlar fikriga ko’ra,
hozirgi zamon odami shakllanish jarayonida uning dastlabki vatani hisoblangan Janubiy-Sharqiy
Osiyo va unga qo’shni Shimoliy Afrikada ikki irq – janubi-g’arbiy va shimoliy-sharqiy irqlar
paydo bo’lgan. Birinchi tarmoq
keyinchalik yevropoid va negroid irqlarinig, ikkinchi esa
mongoloid irqining kelib chiqishiga sabab bo’lgan.
Yevropoid va negroid irqlarining ajralishi bundan taxminan 40 ming yil oldin boshlangan.
Mashhur genetik olim N.I.Vabilov 1927 yilda organizmlarning yangi formalari paydo
bo’lgan markazdan retsessiv genlarga ega individlarning chetga chiqish qonunini kashf etdi. Bu
qonunga muvofiq tur tarqalgan areal markazida dominant belgilarga ega bo’lgan formalar
hukmronlik qilib, uning atrofini retsessiv genlarga ega bo’lgan geterozigota formalar o’rab turadi.
Arealning eng chekka qismini esa retsessiv belgili gomozigotalar ishg’ol qiladi. Mazkur qonun
N.I.Vavilovning antropologik kuzatuvlari bilan uzviy bog’liqdir. U boshliq ekspedisiya 1924 yilda
Afg’onistonning 3500-4000 m balandlikda joylashgan Kofiriston (Nuriston)da ajoyib voqeaning
guvohi bo’lgan. Ular shimoliy tog’lik joylarda yashovchi kishilarning ko’pchiligi ko’k ko’z
ekanligini aniqlagan. O’sha vaqtdagi hukmron farazga ko’ra, shimoliy irqlar qadim zamonlardan
keng tarqalgan va u yerlar madaniyat o’chog’i hisoblangan. N.I.Vavilov bu farazni tarihiy-
etnografik va lingvistik dalillar bilan isbotlab bo’lmasligini tushuntiradi. Uning fikriga ko’ra,
nuristonliklarni ko’k ko’z bo’lishi retsessiv genlar arealning chekkasiga surilishi qonunining aniq
ko’rinishidir. Bu qonunni keyinchalik Chebaksarov Skandinaviya yarim orolida yashovchi aholi
misolida yanada ishonchliroq qilib isbotlab berdi. Yevropoid irqi belgilarining kelib chiqishi
migrasiya va alohidalanish bilan tushuntiriladi.
Irqlar to’g’risida so’z borar ekan, shuni e’tiborga olish kerakki, irqiy farqlar ikkinchi
darajali belgilar hisoblanadi va odam tanasining tashqi va ichki tuzilishiga xos emas. Yevropoid,
mongoloid va negroid irqlariga mansub odamlarning tashqi qiyofasi bilan bir-biridan farq qilsa
ham turmush qurib, normal nasl beradi. Bularning hammasi irqlar bir tarmoqdan tarqalganligidan
va hozirgi zamon odamlari irqi va millatidan qat’iy nazar bitta biologik turga Homo Sapiensga
mansub ekanligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |