Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Diagnostik operatsiyalarga 
biopsiya, 
punksiya qilish (6-rasm) (qorin bo‘shlig‘i, plevral bo‘shliq, orqa miya punksiyalari 
va boshqalar), endoskopik tekshirishlar (7-rasm) (sistoskopiya, bronxoskopiya, 
ezofagoskopiya, gastroskopiya, torakoskopiya, laparoskopiya va boshqalar), 
angiografiya va yurakni kateterizatsiya qilish, diagnostik torakotomiya va 
laparotomiya kiradi. 
 
 
 
6-rasm.Punksiya qilish (buyrak va tizza bug‘imi)
 
 


44 
 
 
7-rasm.Endoskopik tekshirish (laporoskopiya)
 
Diagnostik operatsiyalarning bir har holda xavflidir, shuning uchun ham 
tekshirishning boshqa
 
barcha imkoniyatlari tugagandan so‘nggina ularni qo‘llash 
lozim. 
Davolash operatsiyalari 
radikal (8-rasm) va palliativ (9-rasm) bo‘lishi 
mumkin. Radikal operatsiyalar deb, patologik o‘choq joylashgan a’zolar yoki 
to‘qimalarni to‘liq olib tashlanishiga (me’da o‘smasida rezeksiya, gangrenada oyoq 
amputatsiyasi) aytiladi. Bunday operatsiyalar natijasida, kasallikning qaytalanishi 
yoki yana paydo bo‘lishi bartaraf etiladi. Radikal operatsiyalar kengaytirilgan va 
kombinatsiya qilingan
 
bo‘lishi mumkin. Masalan, agar me’da o‘smasi
 
atrofidagi 
to‘qimalarga tarqalgan bo‘lsa, bir paytning o‘zida me’da bilan birga taloq olib 
tashlanadi, jigarning o‘sma tarqalgan bo‘lagi, ko‘ndalang-yo‘g‘on ichakning 
ko‘richakdan to‘g‘ri ichakkacha bo‘lgan qismining bir bo‘lagi rezeksiya qilinadi va 
yon-atrofdagi limfa tugunlari ham olib tashlanadi, ya’ni o‘sma tarqalgan hamma 
to‘qimalar olib tashlanadi.


45 
8-rasm. Radikal operatsiya 
(appendektomi) 
9-rasm. Polliativ operatsiya 
(transverzo va ileotransverzostomiya) 
Palliativ operatsiyalar bemorning ahvolini engillashtiradigan va hayot uchun 
xavf soluvchi simptomlarni yo‘qotishga qaratilgan operatsiyalar bo‘lib, kasallikni 
keltirib chiqargan omillni olib tashlashni imkoniyati yo‘qligida bajariladi. Masalan, 
o‘sma yo‘g‘on ichak yo‘lini (bo‘shlig‘ini) to‘sib qo‘ygan va uni radikal operatsiya 
yo‘li bilan olib tashlashning iloji bo‘lmasa, ichak sirtmog‘i qorinning old devoriga 
keltiriladida, keyin yo‘g‘on ichak yo‘li ochiladi (stoma). Bu holda, o‘sma o‘z 
joyida qolaveradi, lekin ichakdan ovqat o‘tmay qolishiga barham beriladi va 
ichakdagi ortiqcha narsalar stomadan bemalol chiqa oladi. 
Xirurgik operatsiyalar muddatiga qarab, quyidagicha tafovut qilinadi: 1) 
Kechiktirib bo‘lmaydigan (juda shoshilinch) yoki navbatdan tashqari operatsiya; 2) 
Zudlik bilan qilinadigan (urgent) operatsiya; 3) Rejali operatsiya. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish