1-mavzu. Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. (2-soat) Reja



Download 303,36 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana16.06.2022
Hajmi303,36 Kb.
#677623
  1   2
Bog'liq
1-seminar



1-mavzu. Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlar. (2-soat) 
Reja 
1.
1989 yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar.
2.
Milliy manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi. 
3.
I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi 
va uning tarixiy ahamiyati. 
4.
1991 yil avgust voqealari. GKCHP. Sovet davlatining tanazzulga yuz 
tutishi. 
Ushbu mavzuni yoritishda talaba 1989 yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-
siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar, mustabid sovet tuzumining siyosiy, iqtisodiy, 
ijtimoiy tanazzulga yuz tutish omillari, Sobiq sovet davlati milliy siyosatining 
inqirozi va millatlararo munosabatlardagi ziddiyatlar, O‘zbekiston iqtisodida paxta 
monopoliyasi va uning Respublika aholisining ijtimoiy hayotiga salbiy ta’siriga 
oid ma’lumotlarni o‘rganada. 
Milliy manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi, milliy manfaatlariga mos 
keladigan ko‘p tomonlama faol tashqi siyosatini amalga oshirish - davlatimizning 
mustaqillikka erishish, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish va xalq turmushini 
yaxshilashning zarur shartiga to‘xtaladi. 
Talaba O‘zbekistonda Prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi,
1990 yil 24 
mart kuni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida Islom Abdug‘anievich 
Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylanligiga, 1991 yil 29 dekabrda 
muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida O‘zbekiston Respublikasining 
Prezidenti etib saylanligiga, Islom Abdug‘anievich Karimov 25 yil davomida 
mustaqil O‘zbekistonni boshqarib, ochiq fuqarolik jamiyati va bozor iqtisodiyotiga 
asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishning chuqur o‘ylangan strategiyasini 
ishlab chiqqan va uni amalga oshirgan buyuk davlat arbobi sifatida 
mamlakatimizda va xalqaro maydonda yuksak obro‘-e’tibor qozonganligiga e’tibor 
qaratadi.
1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan Mustaqillik 
deklaratsiyasi qabul qilingan. Bu hujjatning tarixiy ahamiyati, eng avvalo, 
mamlakatimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, erkin tafakkur asosida yashash, 
fikrlash, milliy va umumbashariy qadriyatlarga tayanib ish ko‘rish kabi jihatlar 
bilan izohlanadi. Mustaqillik deklaratsiyasida mamlakatimiz hududida asrlar 
davomida shakllangan davlatchiliq fan-ta’lim va madaniy taraqqiyot borasidagi 
boy tajriba va an’analari o‘z aksini topgan.
Talaba Mustaqillik deklaratsiyasi nafaqat huquqiy, balki jamiyat va davlat 
hayoti hamda O‘zbekistonda yashovchi har bir fuqaroning bugungi munosib 
hayotini va ertangi taqdirini belgilab beruvchi siyosiy hujjat ekanligini yoritadi. 


 GKCHP — bu SSSRda Favqulodda holat davlat qo‘mitasi (FHDQ) nomli 
tuzilmaning ruscha qisqartma nomi. Gorbachyovni hokimiyatdan chetlatishga 
qaror qilgan sovet yetakchilari o‘zini shunday deb atagan. GKCHPning e’lon 
qilingan maqsadi Sovet Ittifoqini saqlab qolish va mamlakatda olib borilayotgan 
islohotlarni to‘xtatish edi. Qo‘mita a’zolarining fikricha, qayta qurish va u bilan 
bog‘liq islohotlar mamlakatni parokanda qilgan. Xususan, 1991 yilning 20 
avgustiga SSSR respublikalari o‘rtasida yangi ittifoq shartnomasini imzolash 
belgilangan edi. Sovet Ittifoqining o‘rniga Suveren (Mustaqil) Davlatlar 
Ittifoqi nomli konfederatsiya tashkil etilishi lozim edi va SSSRga a’zo 
respublikalarning hammasi ham unga qo‘shilmoqchi emasdi. 
GKCHP a’zolari bu to‘ntarishga urinishga uyushtirishiga sabab bo‘lgan omillardan 
biri — ular o‘z lavozimlaridan ayrilishdan xavotirlangan, degan taxmin ham bor: 
yangi ittifoq shartnomasi imzolangudek bo‘lsa, avvalgi SSSRning rahbariyati 
hokimiyat tepasida qololmagan bo‘lardi. Xususan, Mixail Gorbachyov 1991 
yilning iyulь oyida u RSFSR prezidenti Boris Yelьtsin bilan yangi ittifoq 
shartnomasi imzolangach, SSSR vazirlar mahkamasi tarkibini butkul yangilash 
borasida kelishuvga erishib olgani haqida so‘zlab bergandi. Gorbachyovning 
taxminiga ko‘ra, uning Yelьtsin bilan ushbu suhbati KGB xodimlari tomonidan 
yozib olingan va GKCHP a’zolari uning mazmunidan xabardor bo‘lgan. 
Talaba 1991 yil avgust voqealari, GKCHP, Sovet davlatining tanazzulga 
yuz tutishi va mustaqillikni e’lon qilinishiga to‘xtaladi. 

Download 303,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish