“O‘zbek tili
mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida
turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga
aylandi”.
Shunday ekan, mamlakatimizda yashovchi har bir fuqaro, o‘z ona
tilisidan tashqari, muqaddas qadriyat hisoblangan davlat tilini ham zarur darajada
bilishi shart.
Milliy istiqlol hayotimizning hech bir istisnosiz barcha sohalarida bo‘lgani
kabi ona tilimiz rivoji uchun ham keng yo‘l ochdi. Mustaqil davlatimizning Asosiy
qonuni - Konstitutsiyamizda, "Davlat tili haqida"gi qonun va boshqa rasmiy
hujjatlarda ona tilimiz bo‘lmish o‘zbek tilining huquqiy maqomi va istiqboli aniq
ko‘rsatib berilgan. Necha asrlar mobaynida goh yuksak rivoju shuhrat topgan,
gohida nopisandliq turtkilash va kamsitishlardan ko‘ngli singan, ammo yorug‘
kunlarga yetmoq umidi so‘nmagan tilimiz chinakam munavvar kunlarga salomat
yetib keldi.
Yaqin o‘tmishimizda milliy tafakko‘rni, milliy o‘zlikni izdan chiqarmoqqa,
shu yo‘l bilan o‘z hukmronligining umrboqiyligini ta’minlamoqqa xomtama
bo‘lgan mustabid tuzum tilimizni izdan chiqarishga qattiq bel bog‘lagandi. Bu
tuzum
tilimizga
"yagona
umumxalq
tili"ning
unsurlarini
o‘rinli-
o‘rinsiz tiqishtirishdan tashqari, ayni shu "yagona umumxalq tili"ni ikkinchi ona
tilim deydiganlarga "xo‘rozqand"lar ulashdi, shu yo‘l bilan o‘z ona tilini
bilmaydiganlar safini kengaytirishga urindi. Prezidentimiz Oliy Majlisning birinchi
chaqiriq XIV sessiyasidaga (1999 yil 14 aprel) nutqida mustabid Sho‘rolar
tuzumining illatlari haqida gapirar ekan, xususan shunday degan edi: "O‘z ona
tilini, milliy an’ana va madaniyatini bilmaslik ko‘plab odamlarning shaxsiy
fojiasiga aylanib qolgan edi." Bu, o‘z navbatida, inson ma’naviy dunyosining
qashshoqlashuviga, milliy qadriyatlarga bepi-sandlik bilan qarashdan iborat
nomaqbo‘l aqidaning "bolalashi"ga olib kelganligini anglamaslik mumkin emas.
Butun mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb e’lon qilinib, bu borada ko‘lamli ishlar
olib borilmoqda.
Ta’kidlash joizki, milliy ma’naviyatni ona tilidan ayri holda tasavvur etib
ham bo‘lmaydi. Chunki xalqning ruhiyati, tabiati, butun borlig‘i uning tilida aks
etadi. Shuning uchun ham insonning ma’naviy kamolotida ona tilining o‘rni
beqiyosdir.
O‘zbek tili davlat tili sifatida ijtimoiy tur-mushimizning barcha sohalarida
qonuniy ravishda qo‘llanmoqda, milliy ma’naviyatimizning betakror ko‘zgusi
sifatida, xalqimizning borligi va birligi belgisi sifatida o‘rganilmokda,
o‘rgatilmokda. Ana Shunday sharoitda, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek "o‘z
fikrini mutlaqo mustaqil, ona tilida ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta olmaydigan
mutaxassisni, avvalambor rahbar kursisida o‘tirganlarni butun tushunish ham,
oqlash ham qiyin".
Kishi o‘z fikrini aniq va ravon ifodalashi uchun tildagi uslublardan ham
xabardor bo‘lishi, kundalik so‘zlaShuv tilidan tashqari, rasmiy - ish yuritish tilini
ham bilishi kerak. Chunki oddiy ishchimi, dehqonmi, tadbirkormi yoki ziyolimi,
baribir, hech bo‘lmaganda, ariza, tilxat yoki ishonchnoma yozishiga to‘g‘ri keladi.
U yoki bu darajadagi korxona, muassasa yoki tashkilot rahbarining faoliyatini esa
ish yuritish qog‘ozlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham "Davlat tili
haqida"gi qonunimizning o‘zak moddalari (8-14-moddalar)da ish yuritishning tilga
aloqador jihatlari qoidalashtirilgan.
O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi kursining maqsadi: talabalarning o‘zbek
tilida soha bo‘yicha nutqiy kompetentligini oshirish; mutaxassislikka oid og`zaki
va yozma nutqida sohaviy terminlarni samarali qo‘llash ko‘nikmalarini
shakllantirish, talabalarga soha bo‘yicha egallagan bilimlarni yozma va og`zaki
ravishda o‘zbek tilida ifoda etish malakalarini takomillashtirish; sohada
qo‘llanadigan terminlar, asosiy tushunchalar va soha doirasida qo‘llaniladigan
hujjatlarning rasmiylashtirilishini ta`minlash, nutq uslublari, xususan, sohada ilmiy
va rasmiy uslub imkoniyatlaridan foydalanish hamda ularni amaliyotga tatbiq
etish ko‘nikmasini hosil qilish. Talabalarning o‘zbek tilidan yozma nutqini
takomillashtirish va savodxonlikni oshirish.
O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi kursini o‘qitishda talabalarning
tilshunoslik asoslari, hozirgi o‘zbek adabiy tili, falsafa, mantiq, uslubshunoslik,
nutq madaniyati kabi fanlardan egallagan bilimlariga tayaniladi.
O‘zbek tili davlat tili sifatida ijtimoiy turmushimizning barcha sohalarida
qonuniy ravishda qo‘llanilmoda, milliy ma’naviyatimizning betakror ko‘zgusi
sifatida, xalqimizning borligi va birligi belgisi sifatida o‘rganilmoqda,
o‘rgatilmoqda. Kishi o‘z fikrini aniq va ravon ifodalashi uchun tildagi uslublardan
ham xabardor bo‘lishi, kundalik so‘zlashuv tilidan tashqari, rasmiy – ish yuritish
tilini ham bilishi, kerak. «Davlat tili haqida»gi Qonunning 8-14-,19-20-
moddalarida ish yuritishning tilga aloqador jihatlari qoidalashtirilgan. Ish
yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Mazmunan, hajman va shaklan
xilma-xil bo‘lgan hujjatlar turli mehnat jamoalarining, umuman, kishilik
jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Shu jihatdan mazko‘r
ko‘rsning ahamiyati katta va uni o‘rganish bugungi kundagi dolzarb
masalalardandir.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat til haqida”gi Qonuni 1989yil 21-
oktyabrda qabul qilingan shu davrdan boshlab har yili bu kunni til bayrami sifatida
nishonlaymiz.
Mustaqqillik sharofati bilan o‘zbek tili - davlat tiliga e’tibor kuchaydi, ona
tilimizning ijtimoiy mavqeyi kengaydi. O‘zbek tilining taraqqiyoti va istiqboli
to‘grisida g‘amxo‘rlik qilinib, bir qancha qarorlar qabul qilindi.
1993-yil 2-sentyabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy
etish to‘g‘risida” Qonun qabul qilinishi Vatanimizning ma’naviy-madaniy hayotida
jahonshumul ahamiyat kasb etdi. Yangi alifboga kiritilgan o‘zgarishlar asosida
“O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995- yil 24-avgustda tasdiqlandi.
Davr taqozasi bilan “Davlat tili haqida”gi qonunga ham ayrim o‘zgartirishlar
kiritildi va 1995-yilning 21-dekabrida O‘zbekiston Respublikasining yangi
taxririda “Davlat tili haqida ”gi qonuni e’lon qilindi. Bu qonun 24-moddan iborat
bo‘lib, uning birinchi moddasida asosiy qonunimiz bo‘lgan Konstitutsyamizning 4-
moddasida yozilganideq “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir”,
deb yozib qo‘yilgan.
O‘zbek tilida to‘g‘ri, ifodali so‘zlash va yozish, ona tilimizning sofligi va
boyligi to‘g‘risida tinmay g‘amxo‘rlik qilish, uning iste’mol doirasini kengaytirib
borish davlatimiz fuqarolarining burchi sanaladi. Xususan, har bir yosh o‘quvchi
o‘z ona tilidagi so‘z boyligini oshirish hamda til imqoniyatlaridan o‘rinli
foydalanishga doimo harakat qilishi lozim. So‘z fikr qurolidir, kishi qanchalik so‘z
bilsa, uning fikrlash doirasi, dunyoqarashi ham Shunchalik keng bo‘ladi.
“
Do'stlaringiz bilan baham: |