O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/78
Sana16.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#677392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78
Bog'liq
umumiy va tarixiy geologiya (2)

 
Geologiyaning izlanish usullari 
Minerallar va tog‘jinslari uzoq davr mobaynida va murakkab 
jarayonlar natijasida vujudga keladi. 
Masalan, vulqon yoki marjon orollarining, ko‘mir, neft-gaz 
qatlamining, ruda yoki sochma oltin konlarining hosil bo‘lishi bunga 
misol bo‘la oladi. Hozirgi tabiiy jarayonlarni - daryolar, muzliklar, 
dengizlar va shamollarning geologik ishini o‘rganish hamda tog‘ jinslari 
va foydali qazilmalarning hosil
 
bo‘lish qonuniyatlarini bilish qadimiy 
tog‘jinslarining paydo bo‘lishini aniqlashda katta rol o‘ynaydi. 
O‘z-o‘zidan ma’lumki, geologiya fani Yer qobig‘ining tuzilishini va 
uning rivojlanish tarixi masalalarini qanday usul bilan o‘rganadi degan 


11 
savol tug‘iladi. Hamma tabiiy-tarixiy fanlar kabi, geologiya fani ham 
kuzatish, tajriba (eksperiment) va tasvirlash, xulosa yoki logik fikrlash 
usullariga ega. Geologiyaning tekshiradigan obyekti Yer bo‘lib, u uzoq 
rivojlanish tarixiga egadir. Binobarin, eksperiment geologik usullar ichida 
ikkinchi o‘rinni egallaydi. Chunki tog‘larning hosil
 
bo‘lishi ustidan tajriba 
o‘tkazish hozircha bizning qo‘limizdan kelmaydi. Shunday qilib, 
geologiyada qo‘llanadigan eng qulay usul - kuzatish usuli bo‘lib, u to‘la 
va aniq olib borilishi lozim. Yaxshi va aniq kuzatilgan tabiat 
hodisalaridan har taraflama mufassal ilmiy xulosalar chiqarish mumkin. 
Geologiyadagi kuzatish usuli Yer qatlamlarining stratigrafiyasi, 
petrografiyasi, paleontologiyasi, fatsiyasi va tektonikasini o‘rganishga 
asoslangan. Stratigrafik tekshirish usuli deganda, Yer qobig‘i 
qatlamlarining qanday tartib bilan yotishini va ularning tarixiy, 
xronologik davrlarda ketma-ket muntazam ravishda hosil
 
bo‘lganini 
tekshirish tushuniladi. Stratigrafik asosiy qonuniyatiga ko‘ra, eng pastdagi 
qatlam (agar qatlamlar hammasi burmalanmagan va gorizontal yotgan 
bo‘lsalar) eng qadimgi qatlam hisoblanadi. 
Petrografik kuzatish esa (petros - tosh, grafo - chizish) Yer qobig‘i 
tarkibidagi tog‘jinslarining nimadan tuzilganligini aniqlaydi. Petrograf o‘z 
oldida qanday jinslar qum, gil, ohaktosh, slanets yoki granit turganligini 
bilishi kerak. 
Paleontologik kuzatish esa Yer po‘stidagi tog‘jinslarida uchraydigan 
hayvon, o‘simliklarning toshga aylangan qoldiqlarini o‘rganadi, 
tog‘jinslarida hayvon va o‘simlik qoldiqlarining toshga aylangan holda 
topilishi geolog uchun shu jinsning nisbiy yoshini aniqlashga imkon 
beradi. Paleontologik kuzatish paytida biologiyaning Yerda organik 
dunyoning hosil
 
bo‘lishi va rivojlanishi haqidagi qonuniyatlaridan 
foydalanib xulosalar chiqariladi. 
Bir xil tarkibli va bir xil fauna hamda floradan iborat bo‘lgan qatlam 
yoki bir necha qatlam yig‘indisi geologiyada fatsiya deb ataladi. Fatsiya - 
tur degan ma’noni bildiradi. Qumning qizil rangda bo‘lishi uning iliq, 
hatto issiq iqlimda vujudga kelganligini ko‘rsatsa, qora yoki kulrang 
ekanligi sovuq iqlimda vujudga kelganligidan dalolat beradi. Qum, 
umuman, shamol, suv va issiq-sovuq ta’sirida toshlarning maydalanishi 
natijasida hosil bo‘ladi, suvdagi loyqa suv tagiga cho‘kib gil hosil bo‘ladi. 
Fatsiya o‘ziga xos petrografik va organik tarkibga ega bo‘lgan 
qatlamlar kompleksidir. Fatsiyani o‘rganish uchun jinslar orasidagi 
hayvon qoldiqlarini topish va aniqlash juda muhimdir. Masalan, qobig‘i 


12 
yupqa chig‘anoqlar tinch va chuqur suvlarda, og‘ir, qobig‘i dag‘al 
chig‘anoqlar to‘lqinli, notinch suvda yashaydi. Jinsning fatsial 
xususiyatlariga qarab geolog uning qanday tabiiy geografik sharoitda 
paydo bo‘lganligini, ya’ni shu jins hosilbo‘lgan davrning paleografiyasini 
bilib olishi mumkin. 
Nihoyat tektonik kuzatishlar natijasida tog‘jinslarining yotish har 
akterini o‘rganish mumkin. Jinslar gorizontal holda ham, qiya holda ham 
yotadi. Tektonika Yer po‘stining tuzilishi, harakatlari, o‘zgarishi va 
rivojlanishini o‘rganadi. Tog‘jinslari qatlamlari tektonik harakatlar 
natijasida ko‘tarilib, burmalar hosilqiladi. Burmalanish tog‘hosilbo‘lish 
jarayoni bilan bog‘liqdir. Tektonik harakatlar natijasida Yer po‘stining 
biron yerida tog‘ hosil bo‘ladi. 
Keyingi -yillarda fan va texnikaning o‘sishi tabiatni yanada 
chuqurroq o‘rganish uchun keng yo‘l ochib berdi. XIX asrning ikkinchi 
yarmida Pleyfer, Dobre va boshqalar geologiya faniga tajriba usulini 
kiritishga urindilar. Dobre tog‘jinslarining qatlamlanishi sabablarini 
tushuntirmoq uchun, qatlamlarning sun’iy sharoitda hosilbo‘lgan 
shakllarini 
o‘rgangan. Keyinchalik vulqonik jinslarning ayrim 
xususiyatlarini bilmoqchi bo‘lib, u vulqon jinslarini yuqori haroratda 
eritgan va ularni qotguncha sovitgan. XX asrda o‘tkazilgan bu xil 
tajribalar geologiyaning nazariy masalalari - otqindi jinslarning
 
bo‘lishini hal qilish bilangina cheklanmay, balki xo‘jalik masalalarini 
ham hal qildi. Nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan bu tajribalar avvalo sanoat 
tarmoqlariga kirib bormoqda. 
Geologiyada geofizik va geokimyoviy usullar keng qo‘llaniladi. 
Yerning og‘irlik kuchi aniq va sezgir asboblar bilan o‘lchanadi. Yer 
yuzasida og‘irlik kuchining tarqalishini gravimetriya tekshiradi. Og‘irlik 
kuchi tarqalishining aniqlanishi Yerning fizik holatini - 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish