O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/78
Sana16.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#677392
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   78
Bog'liq
umumiy va tarixiy geologiya (2)

Metamorfizm
 
 
“Metamorfizm” so‘zi avval mavjud bo‘lgan tog‘jinslarining 
keyinchalik fizik-kimyoviy muhitning o‘zgarishi ta’siri ostida struktura va 
mineral tarkibining o‘zgarishi uchun sabab bo‘ladigan hamma 
jarayonlarni anglatadi. Bu jarayonlarda harorat bilan bosim va shuningdek 
Yer qa’ridan tog‘jinslaridagi darz-bo‘shliqlar bo‘ylab siljib chiqadigan 
issiq suv-eritmalar ayniqsa muhim rol’ o‘ynaydi. 
Haroratning ko‘tarilishiga jinslarning Yer po‘stida sodir bo‘ladigan 
geologik jarayonlar natijasida katta chuqurliklarga cho‘kib ketishi, 
radiofaol parchalanish, ekzotermik reaksiyalar, magmatik massa sabab 
bo‘lishi mumkin. Shu jarayonlarning hammasini umum ta’siri geotermik 
gradiyent deb aytiladigan yerning ichki energiyasi ta’siridan iboratdir. 
Qadimiy shit va platformalar oblastlarida geometrik gradiyentning 
qimmati 10-30 gradus/km to‘g‘ri keladi. Faol tektonik va magmatik 
jarayonlar ta’sir etuvchi yosh davr geosinklinal zonalarida bu miqdor 50-
80 gradus/km gacha ko‘tariladi.
Harorat shu jarayonda sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiyalarning 
tezligini va jinslarning qayta kristallanish darajasini keskin oshiruvchi, 
shuningdek minerallarning ma’lum paragenetik assotsiatsiyalarini yuzaga 
keltiruvchi metamorfizmning eng muhim omilidir. 


126 
Haroratning ta’siri bilan bir qatorda metamorfik o‘zgarishlar uchun 
gidrostatik va bir tomonlama(stress) bosimlar ham katta rol o‘ynaydi. 
Gidrostatik bosim yuqorida yotuvchi jins qatlamlarning ostki qism 
qatlamlariga ko‘rsatgan ta’sir kuchi bilan aniqlanadi va u kontinentlar 
ostida 270 at/km gacha ko‘tarilib, 10 km. chuqurlikda 2700 atmosferaga 
yetadi. 
Gidrostatik bosimning kuchi ma’lum chuqurlikdagi suv bug‘larining 
partsial bosimi PH2O qiymati va karbonat kislota partsial’ bosimi 
qiymatiga bilan bog‘liq. Bu komponentlar suvli birikmalarning va 
karbonat minerallarning kimyoviy parchalanishi natijasida ajraladi. 
O‘zgarmas haroratda gidrostatik bosimning orta borishi solishtirma 
og‘irligi katta, erish harorati yuqori bo‘lgan minerallarning hosil
 
bo‘lishiga sabab bo‘ladi va massiv strukturali tog‘jinslarining 
shakllanishiga sharoit yaratiladi.
Bir tomonlama bosim stress-tektonik sabablarga ko‘ra yuzaga 
keladi. Birmuncha aniq bilinadigan stress harakatchan zonalarning yuqori 
struktur qavatlarida namoyon bo‘ladi va 10 km dan ortiq bo‘lgan 
chuqurliklarda u gidrostatik bosimga aylanib sezilmay qoladi. Stress 
tog‘jinslarini 
sindirib-maydalab 
metamorfiklovchi 
eritmalar 
sirkulyatsiyasini osonlashtiradi, minerallarning eruvchanligini ortib o‘sha 
jinslarning qayta kristallanishiga yordam beradi. Stress ta’siridagi 
muhitda metamorfik jinslarning o‘ziga xos struktur-tekstur xususiyatlari 
shakllanadi. Amfibollar, disten, glaukofan, sillimonit kabi minerallar 
yuzaga keladi. Yoki slyudalar, xloritlar kabi minerallarda ta’sir etuvchi 
bosim yo‘nalishiga perpendikulyar ravishda ulanish tekisligi (slanessimon 
tekstura) namoyon bo‘ladi. 
Tog‘jinslarining g‘ovak-bo‘shliqlaridagi eritma va gazlar tarkibidagi 
faol kimyoviy moddalar qatoriga avvalo hamma suv va karbonat 
kislotalar kiritiladi. Shuniningdek, vodorod, azot, xlor, ftor, oltingugurt, 
bor, fosfor, kaliy, natriy va boshqa elementlarning birikmalari ham 
birmuncha muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Mantiya moddalarining 
gazsimonlanish jarayoni gidrooqsilli minerallarning degidrotatsiyasi 
(suvsizlanishi) magmatik qotishmalar haroratini pasaytiruvchi suv manbai 
bo‘lib hizmat qiladi. Birlamchi cho‘kindi jinslar tarkibida saqlanib qolgan 
qoldiq namlik ham bu jarayonda katta rol o‘ynaydi. 
Karbonat kislotaning asosiy manbai karbonatlarining kimyoviy 
parchalanish jarayonidir. Karbonat eritmalarning magmatik manbalari 
ham ancha muhim ahamiyatga ega. Boshqa kimyoviy faol moddalar 


127 
litosfera jinslaridan ajralib chiqadi va magmatik qotishmalarning gaz yoki 
suvli emanatsiyalari bilan birga shu jarayonda ishtirok yetadi.
Metamorfogen eritmalar yuqori bosimli oblastlardan past bosimli 
zonalariga siljib, o‘zi bilan birga issiqlik va kimyoviy elementlarni ham 
olib boradi. Shu bilan birga gaz-larning bug‘bosimlarining ortishiga va 
minerallar eruvchanligining pasayishiga sabab bo‘ladi. Shularning 
hammasi metamorfilanuvchi jinslarning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. 
Metamorfizmning umuman hammasi shu jarayonda ishtirok 
yetadigan faktorlarning turiga, kuchiga va metamorfizm natijasida yuzaga 
keladigan tog‘jinsining umumiy tipiga qarab bir necha turlarga bo‘linishi 
mumkin. 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish