Reklama va uning turlari Reja: 1


Reklama turlari va qo’llanilish usullari



Download 158,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana16.06.2022
Hajmi158,84 Kb.
#677175
1   2   3   4   5
Bog'liq
tajriba ish 1

Reklama turlari va qo’llanilish usullari. 
Reklama turlari, ularning 
umumiy tavsifi va qo‘llanilish usullariga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: 
– ko‘rgazma reklamalari; 
– matbuotdagi reklama; 
– bosma reklamalar; 
– plakat-grafika reklamalari; 


– kino reklamalari; 
– radio-reklamalari; 
– yoritish reklamalari. 
Ko‘rgazma reklamalari – reklama turlari ichida eng keng tarqalgan 
hisoblanadi. Ko‘rgazma reklamasining asosiy vazifasi, savdoda mavjud 
bo‘lgan, 
sotish 
uchun 
mo‘ljallangan 
tovarlar 
assortimentini 
iste’molchilarga tanishtirish, iste’molchilarga hali yaxshi tanish 
bo‘lmagan yoki ma’lum bo‘lmagan tovarlarni keng targ‘ibot qilish, 
iste’molchilarga yaqinlashib kelayotgan ma’lum bir mavsumga mos 
tovarlarni o‘z vaqtida sotib olish zarurligini eslatib turishdan iboratdir. 
Tijorat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga ko‘rgazma 
reklamalarini quyidagi talablar asosida joylashtirishlarini talab qiladi: 
1. Ko‘rgazmalar ko‘cha yuzida yaxshi ko‘zga tashlanadigan, 
tushunarli ravishda joylashtirilgan bo‘lishi kerak. 
2. Ko‘rgazmada faqat sotuvda mavjud va sotish uchun 
mo‘ljallangan tovarlar bo‘lishi, vaqtincha bo‘lmagan yoki sotib bo‘lingan 
tovarlar bo‘lmasligi kerak. 
3. Ko‘rgazmada namoyish qilinayotgan tovarlar namunasi aniq va 
to‘liq qilib yozilgan narx yorliqlari bo‘lishi zarur. 
4. Ko‘rgazmalarni hech bo‘lmaganda oyida ikki marta almashtirib 
turish kerak. 
Ko‘rgazma maydonlarining hajmi, ko‘rgazma uchun tavsiya 
etilayotgan tovarlarning xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi: – 
nooziq-ovqat tovarlari joylashtiriladigan ko‘rgazma maydonlarining 
hajmi 1 metrdan 2 metrgacha tavsiya etiladi; 
yirik savdo tarmoqlari, supermarket, univermag va savdo 
markazlarida 3 metr va undan ortiq; 
– kichik hajmdagi tovarlar, suvenirlar, atir-upa, zargarlik buyumlari 
bilan savdo qiluvchilarga 0.80 metrdan 1 metrgacha
– oyna ko‘rgazma maydonlarining balandligi binoning asosiy 
bo‘yiga hisoblaganda 0.80 metrdan 1 metrgacha bo‘lishi tavsiya etiladi. 
Tovarlarni namoyish qilish uchun qo‘llaniladigan texnik 
vositalarning turlariga quyidagilar bog‘liq bo‘ladi: 


• harakatlanuvchi ko‘rgazmalar, qo‘yilgan jihozlarda o‘rnatilgan 
tovarlarning asosiy qismi doimiy ravishda aylanib, harakatlanib turadi; 
• qo‘zg‘almaydigan ko‘rgazmalar, bunda tovarlarni ko‘rsatish, 
namoyish qilish uchun qo‘llaniladigan maxsus moslama va jihozlar 
ishlatiladi; 
• ovoz tarqatuvchi ko‘rgazmalarga turli qurilma va moslamalar 
tanlab olinadi, ular mavzular orqali ifodalab berishga qaratiladi. 
Tovarlarni ko‘rgazma reklama qilishda qo‘llanilish joyiga, bezatish 
xususiyatlariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
1. Tor ixtisoslashgan ko‘rgazmalar. 
2. Ixtisoslashgan ko‘rgazmalar. 
3. Umumlashtirilgan ko‘rgazmalar. 
4. Aralash ko‘rgazmalar. 
Matbuotdagi reklama. Matbuotdagi reklama mamlakatimiz 
hududida nashrda chop etilgan turli xil reklama materiallarini o‘z ichiga 
oladi. Ularni asosan ikki guruhga ajratish mumkin: 
Reklama e’lonlari – bu mavjud nashrga joylashtirilgan pullik 
reklama bildirishidir. Reklama e’lonlari reklama beruvchining tijorat 
taklifining maqsadini va afzalligini qisqa shaklda ifoda etadi. Reklama 
e’lonining asosiy mavzusi kichik harflarda yozilib, reklama murojaati 
maqsadini to‘liq ifodalaydi, xaridor uchun mahsulotning foydali 
tomonlarini va afzalliklarini ta’kidlaydi. E’lonning oxirida xaridorlar 
murojaat qilishi uchun manzili, telefon, faks yoki boshqa reklama vizitlari 
keltiriladi. 
Reklama e’lonini tasviriy bezash iloji boricha uning mazmuniga 
mos kelishi kerak. Tadbirkorlik faoliyatining timsollari asosiy elementlari 
(mahsulot belgisi) ajratib ko‘rsatilishi lozim. 
Sharh – reklama ko‘rinishidagi maqola va boshqa nashrlar material 
shakliga ega bo‘lib, tadbirkorlik faoliyati haqida sharh beruvchi shaklda 
yoki uning rahbarlari, ish bo‘yicha hamkorlari va xaridorlari bilan bo‘lgan 
suhbat (muloqot) shaklida yoziladi. Bu kabi materiallar yaxshi 
illustratsiyalangan bo‘lishi kerak, chunki illustratsiyasiz katta samara 
bermaydi. 


Reklama e’lonlari va sharh – reklamalarini chop etishda gazeta, jur 
nal, bulleten, turli ma’lumotnomalar, yo‘riqnomalar kabi nashr turlaridan 
foydalaniladi. Mavzusiga ko‘ra barcha matbuotdagi reklama nashrlarini 
ommaviy-siyosiy va ixtisoslashganligiga ko‘ra turlarga ajratish mumkin. 
Ommaviy-siyosiy nashrlarda iste’molchilarning keng qatlamiga 
mo‘ljallangan mahsulotlar va xizmatlar haqidagi reklama e’lonlari asosan 
chop etiladi. 
Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mahsulotlar haqidagi reklama 
e’lonlari fan va texnika, ishlab chiqarish tarmoqlari mutaxassisliklari 
o‘qishiga mo‘ljallangan bo‘lsa, maxsus nashrlarda chop etilishi maqsadga 
muvofiqdir. 
Tezkorligi va keng tarqatilishiga ko‘ra matbuotdagi reklama boshqa 
reklama vositalari ichida eng samarali hisoblanadi. 
Iqtisodi rivojlangan davlatlarda matbuot reklamalariga ketgan sarf-
xarajatlar reklamaga sarflangan xarajatalarning katta qismini tashkil etadi. 
Mamlakatimizda ham reklamaning bu turi ancha rivojlanayapti. Reklama 
e’lonlarini chop etish uchun buyurtma oluvchi ommaviy-siyosiy va 
ixtisoslashgan nashrlar soni yildan yilga ortib bormoqda. 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 

Download 158,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish