Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


  4. Davlat qarzlarining mohiyati va ahamiyati



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

 


147 
4. Davlat qarzlarining mohiyati va ahamiyati 
Umumdavlat ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan 
pul resurslarining asosiy qismi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar 
shaklida jalb qilinadi. Iqtisodiyotning moliyaviy holati barqaror 
bo‘lmaganda, davlat daromadlarining kamayib ketgan sharoitda 
davlat o‘zining xarajatlarini qoplashga boshqa manbalardan ham 
mablag‘ jalb qilishga majbur bo‘lib qoladi. Davlat tomonidan jalb 
qilishning asosiy shakli bo‘lib davlat krediti hisoblanadi. Davlat 
krediti – bu davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi 
kredit munosabatlaridir. Bu yerda davlat, asosan, qarz oluvchi bo‘lib 
ishtirok etadi. Davlat krediti hukumat organlari va xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar tomonidan olingan kreditlarni davlatning kafolat 
majburiyatlari shaklida chiqishi ham mumkin.
Kafolat majburiyati – bu kreditorga berilishi lozim bo‘lgan 
so‘mmani o‘z vaqtida to‘lanilishini ta’minlash kafilligini olgan organ 
tomonidan berilgan hujjatdir. Kafolat majburiyatining ta’sir kuchi 
kafolat xatida ko‘rsatilgan hamma so‘mma to‘laligicha to‘langanidan 
so‘ng tugaydi.
Davlat zayomlari – davlatning qimmatli qog‘ozlarini sotish 
yo‘li bilan amalga oshiriladi. Shu asosda davlat qarzi shakllanadi. 
Davlat kreditlari umumdavlat moliyasining muhim elementi 
bo‘lib, bunda kreditor sifatida yuridik va jismoniy shaxslar, davlat 
nomidan qarz oluvchi bo‘lib esa davlat organlari o‘tadi. Xalqaro 
munosabatlar doirasida davlat bir vaqtda ham kreditor, ham qarz 
oluvchi bo‘lishi mumkin. 
Davlat krediti qaytarilishi va to‘lanishi asosida beriladi. Davlat 
krediti bank kreditidan farq qiladi. Davlat krediti orqali yig‘iladigan 
qo‘shimcha moliyaviy resurslar ishlab chiqarish kapitali aylanishida 
ishtirok etmaydi, balki byudjet taqchilligini qoplash uchun 
yo‘naltiriladi.
Byudjet taqchilligi – bu muayyan davrda byudjet xarajatlarining 
byudjet daromadlaridan ortiq bo‘lgan so‘mmasidir. Davlat 
tomonidan mablag‘lar jalb qilinganda kreditning ta’minoti bo‘lib 
davlatning barcha mol-mulki hisoblanadi. 


148 
Davlat krediti kelgusida davlat qarzining shakllanishiga olib 
keladi. Davlat qarzi – bu davlat tomonidan ichki mablag‘ni va 
xorijdan mablag‘ jalb qilish natijasida vujudga kelgan muayyan 
mamlakatning majburiyatlari yig‘indisidir. Bu so‘mma davlatning 
qarz oldi-berdi bilan bog‘liq chiqarilgan va qaytarilmagan, ular 
bo‘yicha hisoblangan foizlarni hisobga olgan holda, davlatning 
majburiyatlari sifatida namoyon bo‘ladi. 
Davlat krediti o‘zining iqtisodiy mohiyati bo‘yicha YaIMning 
qayta taqsimlash shakli hisoblanadi. Uning manbasi aholi va xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning bo‘sh turgan mablag‘lari hisoblanadi. 
Davlat kreditidan foydalanish davlat ixtiyoriga mablag‘larni jalb 
etishning asosiy shaklidir. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi kelgusi moliya yili 
uchun Davlat byudjetini qabul qilish jarayonida davlatning ichki va 
tashqi qarzining eng yuqori me’yorlarini tasdiqlaydi. 

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish