Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


Soliq organlarining huquqlari quyidagilardan iborat



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

Soliq organlarining huquqlari quyidagilardan iborat:
Soliq organlari quyidagilarga haqli: 
soliq to‘lovchilardan va uchinchi shaxslardan soliqlarni va 
yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash uchun zarur bo‘lgan 
hujjatlar va ma’lumotlarni (axborotni), shu jumladan, elektron tarzda 
taqdim etishini talab qilish;
soliq kodeksda belgilangan tartibda soliq tekshiruvlari va 
boshqa soliq nazorati tadbirlarini o‘tkazish; 
hududni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va 
boshqa binolarni, shu jumladan, soliq to‘lovchi daromad olish uchun 
foydalanadigan yoki soliq solish obyektlarini saqlash bilan bog‘liq 
joylarni ko‘zdan kechirish; 
mol-mulkni inventarizatsiya qilish va bajarilgan ishlar, 
ko‘rsatilgan xizmatlarning nazorat o‘lchovlarini o‘tkazish; 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda kassani va 
tovar-moddiy boyliklar hamda hujjatlar saqlanadigan joylarni ikki 
kundan ortiq bo‘lmagan muddatga, ikki kundan ortiq muddatga esa, 
sud qarori bo‘yicha muhrlash; 
soliqlarni va yig‘imlarni hisoblab chiqarish bilan bog‘liq 
hujjatlarni va elektron axborot jismlarini olib qo‘yish; 


245 
foto- va videotasvirga tushirish, tushuntirishlar hamda boshqa 
ma’lumotlarni olish; 
tarjimonni, ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlash; 
soliq to‘lovchi hisob hujjatlarini yo‘qotgan yoki yo‘q qilgan 
hollarda soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi o‘zida mavjud axborot, 
shuningdek, boshqa shu kabi soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar asosida soliqlar summasini hisob-kitob orqali mustaqil 
ravishda aniqlash;
o‘zaro kelishuv asosida soliq monitoringida ishtirok etayotgan 
soliq to‘lovchi tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya 
etilishi, soliqlarni hisoblab chiqarishning to‘g‘riligi, to‘liqligi va o‘z 
vaqtida to‘lanishi yuzasidan soliq monitoringini o‘tkazish; 
soliq qarzini majburiy undirish choralarini ko‘rish; 
soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib 
chiqish va moliyaviy sanksiyalar qo‘llash;
soliq huquqbuzarliklarining aniqlangan holatlari bo‘yicha 
tovar-moddiy boyliklarni belgilangan tartibda davlat daromadiga 
o‘tkazish. Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchilar va yakka 
tartibdagi 
tadbirkorlarning 
tovar-moddiy 
boyliklarini 
davlat 
daromadiga o‘tkazish sud tartibida amalga oshiriladi;
soliq to‘lovchilarga nisbatan ular tomonidan noqonuniy 
olingan mablag‘larni davlat daromadiga undirish to‘g‘risida sudlarga 
da’volar kiritish; 
hujjatlarning davlat tiliga tarjima qilinishini talab qilish; 
soliq to‘lovchilarni va soliq agentlarini yozma bildirish asosida 
soliq organlariga ular tomonidan soliqlarni to‘lash (ushlab qolish va 
o‘tkazish) yuzasidan yoki soliq tekshiruvi bilan bog‘liq ravishda, shu-
ningdek, ular tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining baja-
rilishi bilan bog‘liq boshqa hollarda tushuntirishlar berishga chaqirish;
soliq kodeksda nazarda tutilgan tartibda soliq to‘lovchining 
yoki soliq agentining bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operat-
siyalarni to‘xtatib turish va ularning mol-mulkini xatlab qo‘yish; 
soliq to‘lovchilar va ularning vakillaridan, soliq agentlaridan 
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini 
bartaraf etishni talab qilish hamda ushbu talablarning bajarilishini 
nazorat qilish; 


246 
soliq kodeksda belgilangan majburiyatlarning banklar 
tomonidan bajarilishini nazorat qilish. 
Soliq organlari qonunga muvofiq boshqa huquqlarni ham 
amalga oshirishi mumkin. 

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish