Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


 Uy xo‘jaliklari moliyasining davlat moliya tizimida tutgan



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

 
2. Uy xo‘jaliklari moliyasining davlat moliya tizimida tutgan 
o‘rni va uning moliyaviy ahamiyati 
 
Zamonaviy adabiyotlarda oilaga turlicha ta’rif beriladi. Oila – 
bu uy joy sharoiti umumiy va bir qator tovarlar xizmatlarni birgalikda 
iste’mol etish pul daromadlari va moddiy mablag‘larni birlashtirgan 
kishilar guruhi tushuniladi. Oila evolyutsion tarzda rivojlanadi, uning 
tarkibi o‘zgaradi, undagi qadriyatlar yangilanadi, urf odatlar, uning 
funksiyalarida ham siljishlar yuz berishi namoyon bo‘ladi. Baribir, 
oila iste’molni yakunlovchi vazifasini bajaraveradi. Binobarin, oila 
o‘tkinchi emas, u doimiy, biroq evolyutsion shaklda rivojlanish 
salohiyatiga ega. Oila xo‘jaligining iqtisodiyot sektorida muhim o‘rin 
tutishi, uning davlat bilan aralashivi, bu esa hozirgi kunda davlatning 
qay darajada rivojlangan yoki rivojlanmaganligini oilalarning 


203 
iqtisodiy ahvolidan bilib olish qiyin emas. Shuning uchun oilani 
o‘rganish, oilani boshqarish, oila xo‘jaligi rejalarini tuzish, oilani 
iqtisodiy ahvolining yaxshilanishi davlatga katta ta’sir ko‘rsatadi.
 
Oila moliyasi – bu bizga maosh yoki daromadning boshqa 
manbalari (meros, renta daromadi, lotoreya yutug‘i investitsiya 
daromadi) va biz xarajat qiladigan va xarajat qilmaydigan, 
investitsiya qiladigan ko‘rinishda keladigan puldir. 
Iqtisodiyotning ijtimoiyligi birinchi navbatda oilada ifoda 
etilganligi sababli, oilaning moliyaviy resursi qanchalik ko‘p bo‘lsa 
shunchalik u to‘q va faravon yashaydi. Xalqi faravon yashaydigan 
mamlakatgina gullab – yashnashi, xalqi nochor mamlakat esa xarob 
bo‘lishi tarixiy ma’lumotlarda aniq ko‘rinib turadi. Barcha ijtimoiy 
muammolar oilalarda jamlanadi, yig‘iladi va ularni hal etishda oila 
moliyasi faol qatnashadi, chunki oilaning moliyaviy salohiyatining 
qanchalik kuchli yoki kuchsizligi aytilgan muammolarning shu yerning 
o‘zida qanchalik tez yoki sekin bajarilishida o‘z aksini topadi. 
Oila moliyasini o‘rganish, uni tatqiq etish birinchi bo‘lib g‘arb 
mamlakatlarida boshlangan. Oila iqtisodiyotiuning moliyasini 
fundamental tatqiq etishga bir necha g‘arb olimlari o‘z hissalarini 
qo‘shgan bo‘lib, ular N.Pigu, L.Atkinson va D.Stiglislar o‘z 
asarlarida oila hatti-harakatlari, motivatsiyasi, moliya-kredit 
tizimidagi o‘rni oila moliyasi tahlilining metodologiyasi ilk bor g‘arb 
olimlari asarlarida ishlab chiqilgan. 
Davlat va uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar 
ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) va qaytarma (yana orqaga 
qaytariluvchi) aloqalar asosida quriladi (vujudga keladi) va ular 
byudjet hamda nobyudjet fondlarni shakllantirish va ulardan 
foydalanishdagi munosabatlarni ifodalaydi. Uy xo‘jaliklarining 
daromadlari va mol-mulklari soliqqa tortilish obyekti sifatida 
maydonga chiqadi. Demak, byudjet tizimi daromadlar bazasining 
tuzilmaviy elementi hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida soliqlar, 
pensiya tizimi transfertlar orqali davlat moliyaviy oqimlarni uy 
xo‘jaliklarining turli guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlaydi. Uy 
xo‘jaliklari va davlat o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni amalga 
oshirish jarayonida milliy daromadning ikkilamchi qayta taqsim-
lanishi sodir bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat uy 


204 
xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan daromadning taqsimlanish jarayoniga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilish instrumentlariga ega emas. Moliyaviy 
munosabatlarning bu sohasi davlat tomonidan eng kam darajada 
reglamentatsiya qilinadi. Buning sababi shundaki, uy xo‘jaliklari pul 
fondlarini shakllantirishning zarurligi, usuli va maqsadi to‘g‘risida,
ularni sarflashning o‘lchami va vaqti xususida qarorlar qabul qilishda 
mustaqildir. Shu bilan birgalikda davlat uy xo‘jaliklariga tegishli 
bo‘lgan daromad va yakuniy (oxirgi) iste’molning o‘lchamiga 
(ko‘lamiga) ta’sir qilishga qodir. Bu narsa, jumladan, quyidagilar 
orqali amalga oshirilishi mumkin: 

soliqli tartibga solish (tartiblash); 

mehnat haqini to‘lash stavkalarini o‘rnatish (belgilash); 

birinchi darajali zaruriy mahsulotlar baholarini tartibga solish 
(tartiblash); 

imtiyozlar tizimi; 

sog‘liqni saqlash va maorifni byudjetdan moliyalashtirish 
orqali ta’minotni rivojlantirish; 

va boshqalar. 
Uy xo‘jaliklarining o‘zlari o‘rtasidagi (uy xo‘jaliklararo) 
moliyaviy munosabatlar uy xo‘jaliklari sektorining ichida moliyaviy 
resurslarning 
harakatlanishi 
jarayonida 
vujudga 
keladigan 
munosabatlar sifatida qaraladi. Bu yerda ushbu jarayon hamma vaqt 
ham oydinlashmagan va kuchsiz tartibga solinuvchi hisoblanadi. 
Moliyaning bu sohasiga, jumladan, quyidagilarni kiritish mumkin: 

fermer xo‘jaliklarining hamkorlikdagi maqsadli fondlari; 

iste’mol kooperatsiyasiga xizmat ko‘rsatuvchi fondlar; 

uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi norasmiy kredit munosabatlari; 

uy xo‘jaliklari sektori doirasida (chegarasida) hamkorlikdagi 
pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish xususidagi 
boshqa munosabatlar. 
Uy xo‘jaliklarining moliyaviy institutlar bilan o‘zaro aloqalari 
moliyaviy munosabatlarning alohida guruhini ifodalaydi. Ularning 
kredit muassasalari bilan munosabatlari uy xo‘jaligi byudjeti 
defitsitini to‘ldirish (iste’mol krediti vositasida, yordamida), bo‘sh 
turgan pul mablag‘larini bank hisob varaqalarida joylashtirish yoki 
ularni saqlash va jamg‘arish maqsadida boshqa moliyaviy aktivlarga 


205 
qo‘yish orqali namoyon bo‘ladi. Uy xo‘jaliklarining sug‘urta 
kompaniyalari bilan bo‘ladigan munosabatlari esa turli ko‘rinishdagi 
sug‘urta fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida 
gavdalanadi. 
Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon 
bo‘lganligi uchun uy xo‘jaliklari moliyasining mohiyati ham uning 
funksiyalari yordamida ifodalanadi. Uy xo‘jaliklari moliyasining 
funksiyalari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: 

taqsimlash; 

takror ishlab chiqarish; 

nazorat; 

tartibga solish (tartiblash); 

rag‘batlantirish; 
Uy xo‘jaliklari moliyasining bu funksiyalari o‘zaro bog‘langan 
va bir-birini doimiy ravishda to‘ldirib turadi. Bir vaqtning o‘zida, 
ma’lum ma’noda va darajada ular o‘zlarining namoyon bo‘lishiga 
qarab moliyaning umumiy funksiyalaridan biroz farqlanishi ham 
mumkin. 
Uy xo‘jaliklari darajasida daromadlarni shakllantirish bo‘yicha 
moliyaviy qarorlar quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi: 

mol-mulk va undan foydalanish (buyumlashgan yoki pul 
shaklida) imkoniyatining mavjudligiga; 

uy xo‘jaligi ishtirokchilari ish vaqti fondining taqsimlanishiga 
– uy xo‘jaligi a’zolari ishlovchilarining soni, ularning ish joylari, ish 
vaqti rejimi va h.k.; 

uy xo‘jaligi a’zolarining tashabbuskorligiga, faolligiga va 
inson kapitalidan foydalanishga; 

uy xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatadigan tashqi muhitga. 
Daromadlarni shakllantirish omillari va baholarning darajasi bu 
yerda cheklanmalar (cheklanishlar) sifatida amal qiladi, ya’ni 
iste’mol tanlanmasining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan variantlari 
majmuini belgilab (aniqlab) beradi. Ana shu nuqtai-nazardan uy 
xo‘jaliklarining iste’mol fondi minimal va ratsional iste’mol 
byudjetlari yoki yanada detallashtirilgan tarzda quyidagicha 
klassifikatsiya qilinishi mumkin: 

hayotiy minimum byudjeti; 


206 

minimal iste’mol byudjeti; 

optimal iste’mol byudjeti. 

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish