Auditorning yordamchisi
- auditor malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan va
auditorlik hisobotida, auditorlik xulosasida auditorning ekspert xulosasida hamda
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa rasmiy hujjatda imzo
chekish huquqiga ega bo‘lmagan tarzda auditorning topshirig‘iga binoan auditorlik
tekshiruvida ishtirok etayotgan jismoniy shaxsdir.
Auditorlik tekshiruvi
- moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot
to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga mosligini aniqlash
133
maqsadida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan
bog‘liq moliyaviy axborotini auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir.
Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi
- auditorlik tekshiruvi
o‘tkazilishini qo‘zg‘atuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt, uning mulkdori,
shuningdek ustav kapitalida qonun hujjatlarida belgilanganidan kam bo‘lmagan
miqdordagi ulushga ega qatnashchilar va aksiyadorlar, nazorat qiluvchi yoki
huquqni muhofaza qiluvchi organlardir.
Auditorlik hisoboti
— auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya
hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar,
moliyaviy hisobotdagi qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi mufassal ma’lumotlardan,
shuningdek auditorlik tekshiruvi o‘tkazish natijasida olingan boshqa axborotdan
iborat bo‘lgan va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbariga, mulkdoriga, qatnashchilari
(aksiyadorlari)ning umumiy yig‘ilishiga yo‘llangan hujjat. Auditor hisobotida
aniqlangan chetga chiqishlar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha
tavsiyalar, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliya-xo‘jalik faoliyati
samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar mavjud bo‘lishi kerak.
Auditorlik xulosasi
— moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi va buxgalteriya
hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi
to‘g‘risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo‘jalik
yurituvchi cyb’ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan
hujjat.
Bank
- tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi
faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir:
-
yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul
qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun
foydalanish;
-
to‘lovlarni amalga oshirish.
Bank filiali
- uni tashkil etgan bank nomidan bank faoliyatini amalga
oshiruvchi alohida bo‘linmadir.
134
Do'stlaringiz bilan baham: |