3D modellashtirish va raqamli animatsiya



Download 8,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/124
Sana15.06.2022
Hajmi8,75 Mb.
#672144
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   124
Bog'liq
2-1051

Yorqin dog‘ chеgarasi 
(Hostpot/Beam) 
Manbaning tashqi 
chegarasi (Falloff/Field) 
Manba (Sun) 
Compass


271 
5.92-rasm. Chapda: Sunlight (Quyosh yorug‘ligi) manbasi tuzilishi; 
O‘ngda: Ushbu manbadan foydalanish natijasi. 
 
- Kenglik va uzoqlik Latitude (kenglik) va Longitude (uzoqlik) 
parametrlari bilan beriladi. 
- Site (O‘rnashgan joy) qism menyusida ikkita parametr 
beriladi: Orbital Scale (Orbital masshtab) – Sun va North Direction 
(proeksiyalash oynalarida shimol holati) manba balandligini 
tayinlaydi.
Daylight (Kunduzgi yorug‘lik) obyekti o‘xshash tuzilmaga ega 
bo‘lib, unda IES Sun (Quyosh nuri) va IES (Sky) fotometrik 
obyektlari ishlatiladi.
Atmosfera effektlari 
Kunduzgi yorug‘likni yaratishdan tashqari 3D Studio Max 
dasturi olov (Fire Effect), tuman (Fog, Volume Fog) va hajmiy 
yorug‘lik (Volume Light) kabi turli xil atmosfera obyektlarini 
yaratish imkonini ham beradi. 
Muhit effekti Environment and Effect (Atrof muhit va 
effektlar) oynasida joylashgan bo‘lib, bosh menyudagi Rendering 
(Vizuallashtirish) bandida joylashgan Environment ... (atrofdagi 
muhit) buyrug‘i orqali chaqiriladi.
Har qanday effektni yaratish uchun Atmosphere (Atmosfera) 
bo‘lmasidagi Add (Yaratish) tugmasini bosish va kerakli atmosfera 
effektini tanlash lozim bo‘ladi. Tanlangan effektlar Add 
tugmasining ro‘rapasidagi effektlar ro‘yxatida paydo bo‘ladi.
Fire Effect, Volume Fog tipidagi effektlar maxsus gabarit 
konteynerlar yordamida yaratiladi: BoxGismo (quti ko‘rinishidagi 
gabarit konteyner), SphereGismo (sfera ko‘rinishidagi gabarit 
konteyner) va CylGismo (silindr ko‘rinishidagi gabarit konteyner). 
Konteynerlar yaratish tugmasi Create (Yaratish) sahifasining 
Helpers 
(Yordamchilar) 
toifasidagi 
Atmospheric 
Apparatus 
(Atmosfera effektlarini yaratish uchun uskunalar) bandida 
joylashgan. 
Environment and Effect (Atrof muhit va effektlar) oynasidan 
Fire Effect (Olov effekti) (5.93-rasm) uskunasi tanlanganidan so‘ng 
Fire Effect Parameters (Olov effekti parametrlari) bandi paydo 
bo‘ladi va unda quyidagi parametrlarni ko‘rsatish mumkin: 


272 
1. Pick Gismo (Gabarit konteynerni tanlash) qism menyusida 
yaratilgan konteyner ko‘rsatiladi, shundan keyin effekt tanlangan 
konteyner ichida joylashadi.
2. Colors (ranglar) qism menyusida uchta rang beriladi: Inner 
Color (Ichki rang); Outer Color (Tashqi rang); Smoke Color (Tutun 
rangi). 
3. Share (Shakl) qism menyusida olovning ikki ko‘rinishi 
beriladi: Tendrill (Alanga tili) va Fireball (Olovli shar). 
4. Characteristics (Xususiyatlar) qism menyusida quyidagilar 
beriladi: Flame Size (Alanga o‘lchami); Density (Zichlik); Flame 
Detail (Alanga detallari); Samples (Tanlab olish).
5. Motion (Harakat) qism menyusi Phase (Faza) va Drift 
(Siljish) parametrlari yordamida olov effektini animatsiyalash 
imkonini beradi.
6. Explosion qism menyusi yordami bilan portlash 
imitasiyasini yaratish mumkin.
5.93-rasm. Olov effekti (Fire Effect). 


273 
5.94-rasm. Hajmiy tuman effekti (Volume Fog). 
Volume Fog (Hajmiy tuman) parametri (5.94-rasm) gabarit 
konteynerda joylashgan bo‘lib, tuman effektini yaratishga xizmat 
qiladi va quyidagi parametrlarga ega:
1. Volume (Hajm) qism menyusida tuman rangi (Color), 
zichligi (Density), bo‘lak o‘lchami (Step Size)ni ko‘rsatish mumkin.
2. Noise (Shovqin) qism menyusida har xil turdagi tumanlar 
beriladi: Regular (Normal), Fractal (Fraktal) va Turbulence 
(Girdobsimon). 
Hajmiy yorug‘lik (Volume Light) (5.95-rasm) yaratish uchun 
Volume Light Parameters (Hajmiy yorug‘lik parametrlari) 
bo‘lmasida Pick Light (Manbani ko‘rsatish) tugmasini bosib 
yorug‘lik manbasini tanlash zarur.
Hajmiy yorug‘lik parametri Fog Color (Tuman rangi), 
Attenuation Color (So‘nish rangi), Density (Zichlik) va boshqalar 
hisoblanadi.
Fog (Tuman) effekti (5.96-rasm) biror-bir konteynerni talab 
etmaydi va yaratilgandan so‘ng sahnada birdaniga paydo bo‘ladi. 
Ushbu effektning parametrlari quyidagilar hisoblanadi: 
1. Fog (Tuman) qism menyusida quyidagi parametrlarni berish 
mumkin: Environment Color Map (Tumanga bo‘yoq berish 
xaritasini tanlash), Environment Opacity Map (Tuman shaffofligi 
xaritasini tanlash), shuningdek, tuman turini tanlash: Standard 
(Standart), Layered (Qatlamli). 
2. Standard (Standart) qism menyusida tuman chegaralari 
ko‘rsatiladi: Near (Yaqin chegara), Far (Uzoq chegara).


274 
5.95-rasm. Hajmiy yorug‘lik effekti. 
(Volume Light). 
5.96-rasm. Tuman effekti (Fog) 

Download 8,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish