Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari
Biz oldingi mavzuda aytganimizdek, inson yashamog’i uchun ovqatlanishi,
kiyinishi, shuningdek, uy-joy, ro’zg’or buyumlari, turli jihozlarga ega bo’lmog’i
zarurdir. Bu zarur hayotiy vositalarning barchasi inson mehnati bilan yaratiladi.
Kimdir g’alla etishtiradi, kimdir un tayyorlaydi, kimdir bu undan non ishlab
chiqaradi, kimdir ‘axta xom ashyosi etishtiradi, kimdir ‘axtadan tola ishlab
chiqaradi, yana kimdir toladan i’ qilib to’qiydi, kimdir kiyim-kechak tikadi va
hokazo..Ayrim adabiyotlarda daromadlar yaratiladi va ishlab chiqariladi degan
fikrlarning uchrab qolishining sababi ham ishlab chiqarish jarayonidagi
munosabatlarni bilmaslikdan deb o’ylaymiz. Ma’lumki, ishlab chiqarishda faqat
mahsulot ishlab chiqariladi, ular sotilib taqsimlangandan keyingina turli
ko’rinishdagi daromadlar shakllanadi. Shuning uchun biz ishlab chiqarish
jarayonida sodir bo’ladigan munosabatlarni o’rganish ilmiy va uslubiy ahamiyatga
ega deb o’ylaymiz va, shunga ko’ra, bu jarayonni batafsil ko’rib chiqish zarur deb
hisoblaymiz.Tahlilda «ishlab chiqarish imkoniyati» tushunchasiga ham o’rin
ajratiladi. Lekin ishchi kuchi insonning o’zi emas yoki uning mehnati ham emas,
uning qobiliyatidan iboratdir.Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida
tabiatga, mehnat ‘redmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi (mashinalar,
stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar). Mehnat ‘redmetlari esa
bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir (er-
suv, xom ashyo va boshqa turli materiallar). Ularning yordamida ishchi tabiat
ashyolari va kuchlariga bevosita ta’sir qiladi va bu ashyolarni o’zining iste’moli
uchun zarur bo’lgan shaklga keltiradi.Ikkinchi guruhga materiallarni saqlash uchun
mo’ljallangan mehnat vositalari (stisternalar, turli xil bochkalar, quvurlar, omborlar
va boshqalar) kiritiladi.Uchinchi guruhga ishlab chiqarish jarayonida bevosita
qatnashmaydigan, lekin unga shart-sharoit yaratib beradigan mehnat vositalari
kiradi. Lekin bu vositalarsiz ishlab chiqarish jarayonining amalga oshishi mumkin
emas yoki to’la va samarali amalga oshmasligi mumkin. Bularga binolar, yo’llar va
boshqalar misol bo’la oladi . Ko’’chilik ka’ital tushunchasini tarixiy tushuncha deb
qarab, uning ka’italizmga xosligini isbotlaydi va ka’italni o’z egasiga qo’shimcha
qiymat keltiruvchi qiymat, o’z-o’zidan ko’’ayuvchi, o’suvchi qiymat deb
hisoblaydi. Ayrim g’arb iqtisodchilari ham, masalan, J.Klark, L.Valras, I.Fisherlar
ka’italga daromad keltiruvchi, foyda keltiruvchi, foiz keltiruvchi qiymat deb
qaraydilar. Ishlab chiqarish jarayoni - bu kishilarni o’zlarining iste’moli uchun
zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga
muvofiq faoliyatidir. Demak, mehnat iste’mol qiymatlarini yaratuvchi sifatida,
foydali mehnat sifatida kishilarning yashashi uchun hech qanday ijtimoiy
shakllarga bog’liq bo’lmagan holda abadiy tabiiy zaruriyatdir, mehnat
bo’lmaganda kishi bilan tabiat o’rtasida modda almashinuvi ham mumkin bo’lmas
edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |