Dengiz yotqiziqlari
Dengiz yotqiziqlari
(dengiz choʻkindilari) — Yerdagi xoz. va kad. dengizlar tubida hosil boʻlgan
choʻkindi va vulkanogen-choʻkindi yotqiziqlar. D. yo. termini fizik-kimyoviy va biologik jarayonlar
natijasida choʻkindi hosil boʻladigan zonada tarkib topib togʻ jinsiga aylanishga ulgurmagan
mahsu-lotlar uchun qoʻllanilgan. D.yo. kontinental yotqiziqlarga nisbatan koʻp va materik Yer
poʻstidagi choʻkindi qobiq umumiy hajmining 75% dan koʻprogʻini tashkil etadi. D.yo. arxey yoki
undan ham avval (3,5—4 mlrd. yil muqaddam) dastlabki dengizlar hosil boʻlish davridan boshlab,
Yerning butun geologik rivojlanish tarixi davomida hosil boʻlib kelgan. D. yo. diagenez jarayonida
choʻkindi togʻ jinsiga aylangan. D. yo. ohaktosh, dolomit, mergel, kremniyli jinslar, gil va argillit,
alevrolit, qumtosh, konglomerat va b.dan tashkil topgan. Koʻpchilik metamorfik togʻ jinslari
(gneys, slanets, marmar) dastlab D. yo. boʻlgan. D. yo.ning asosiy turlariga terrigen, biogen,
xemogen va vulkanogen jinslar mansub. Chuqurligi, qirgʻoqdan uzokligi, dengiz tubining relyef
shakli, oqimlar va b. omillarga bogʻliq holda alohida dengiz havzalarida D. yo.ning turli fatsi-yalari
hosil boʻladi. Baʼzi bir auti-ge n minerallar (glaukonit), yotqiziqlarning ichki va tashqi tuzilishi D.
yo.ning belgilari hisoblanadi. Chuqur dengiz soyliklarida toʻplangan D. yo. asosan mayda donali
(gil, alevritlar, ohaktoshli va kremniyli gillar) choʻkindilardan iborat. Yon bagʻirliklarda suv osti
koʻchki yotqiziqlari vujudga keladi. D. yo.ning tarkibi, massasi va Yer yuzasida tarqalishiga
tektonik rejim va iqlim sharoiti katta taʼsir koʻrsatadi. D. yo. hosil boʻlish sharoiti geologik tarix
davomida bir xil bul-magan. Mas, proterozoy va paleozoyda xemogen choʻkindilar mezozoy va
kay-nozoydagiga qaraganda koʻp toʻplangan. Tokembriy va erta paleozoyda esa dengiz
dolomitlari koʻp hosil bulgan. Te-mirli kvarsitlar (jespelitlar) faqat proterozoyda maʼlum. 20-
asrning 60-y.larida olimlar urtasida D. yo.ni ik-kiga — okean yotqizik,pari va D. yo.ga ajratish
gʻoyasi paydo boʻldi. Bular bir-biridan chukindilarning hosil bulish tezligi va ularda terrigen
materiallarning ishtirok etishi va etmasli-giga hamda biogen jarayonlarning koʻpligi bilan farq
qilina boshladi. Chukur suvli D. yo.ning okean oʻrtasi togʻliklari rift zonalarida eksgalyasion-
choʻkindi, kup metalli oksidli rudalanishlar, kontinentlardagi qazilma D. yo.da esa stratiform
Soʻnggi tahrir 5 oy avval
185.163.27.127
tomonidan amalga oshirildi
rudali (temir, marganets, uran vanadiy va boshqalar), noruda (fosforitlar) va yonuvchi (yonuvchi
slanetslar, neft va gaz) foydali qazilmalar topilgan.
Katta Oʻqituvchi juraqulov Elb ee k
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Dengiz
_yotqiziqlari&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Dengiz_yotqiziqlari&oldid=2
438560
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |