Foydali qazilmalarni boyitish jarayonlari



Download 8,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/205
Sana13.06.2022
Hajmi8,05 Mb.
#665608
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   205
Bog'liq
2 5420317644597238374

 
33-rasm. 
Ko‘pikli separatsiya uchun elektr flotatsiya mashinasi
 
1 – tok kuchini to‘g‘rilagich; 2 – dastlabki bo‘tanani yuklash uchun quvur;
3 - ko‘pik yig‘uvchi moslama; 4 - ko‘pik uchun nov; 5 – elektrodlar; 6 – 
kamera mahsulotini chiqarish uchun quvur. 
Amaliyotda shunday hollar ham uchraydiki, (masalan, Kirovsk 
apatit nefelin boyitish fabrikasi) impellerning aylanish tezligini 
kamaytirish fabrika ishlashining texnologik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini 
oshishiga olib keladi. 
Bo‘tana hajmida pufakchalarning teng taqsimlanishi flotatsiya 
kamerasining foydali ishlatilish koeffitsiyentini tavsiflab, u flotatsiya 
mashinasi turiga va bo‘tanani aralashtirishning jadalligiga bog‘liq. 
Amaliyotda bo‘tananing birlik hajmidagi qattiq mahsulot miqdori 
yoki bo‘tanadagi qattiq fazani suyuq faza massasiga nisbati (Q:S) bilan 
tavsiflanuvchi bo‘tana zichligi flotatsiyaning qator parametrlari va 
ko‘rsatkichlariga katta ta`sir ko‘rsatadi. 
Bo‘tana zichligining oshishi (fabrikaning unumdorligi o‘zgarmas 
bo‘lganda) bo‘tananing flotatsiya mashinasi kamerasida bo‘lish vaqtini va 
bo‘tanadagi reagentlar konsentratsiyasining ortishiga (bo‘tanadagi qattiq 
mahsulot birligiga uning sarfi o‘zgarmas bo‘lgan hol uchun) olib keladi. 


115 
34-rasm. 
Turli xil flotatsiya kameralaridagi aeratsiyalanuvchi hajm: 
a - oddiy tubli pnevmatik; b - chuqur aeroliftli; c - pnevmomexanik; 
d - pnevmomexanik aylanuvchi rotorli; e - sterjen turidagi impellerli 
mexanik; f - radial turdagi impellerli mexanik 
Bo‘tananing zichligi oshishi bilan ko‘pikli qatlamdagi qimmatbaho 
komponentning miqdori kamayib boradi. Buning asosiy sababi: puch tog‘ 
jinsi minerallari mexanik tarzda o‘zi bilan olib ketishi, yirik zarralarning 
flotatsiyalanishini kamayishi, mayin zarralarning flotatsiyalanishining 
oshishi (nafaqat flotatsiyalanuvchi minerallar, balki puch tog‘ jinslarining 
mayin zarralari ham pufakchalar bilan to‘qnashish tasodifi katta 
bo‘lganligi uchun). 
Bo‘tana zichligining oshishi natijasida mo‘rt zarrachalarning 
ishqalanish evaziga shlamlanish ehtimoli ko‘payishi kuzatilishi mumkin. 
Qattiq mahsulot bo‘yicha solishtirma ish unumdorligining maksimal 
qiymati va solishtirma energiya sarfining minimal qiymati bo‘tana 
zichligining optimal qiymatida kuzatiladi. 
Qimmatbaho komponentning boyitmaga ajralishi va aeratsiyalanish 
ham bo‘tana tarkibidagi qattiq zarralar miqdoriga bog‘liq. O‘ta yuqori 
ajralish va aeratsiyalanish (yaxshi dispergatsiyalanish va pufakchalarning 
bo‘tana hajmi bo‘ylab teng tarqalishi) bo‘tana tarkibidagi qattiq 
mahsulotning miqdori 20—30% bo‘lganda kuzatiladi. 


116 
Amaliyotda 
bo‘tana 
zichligining 
qiymatini 
tanlash 
flotatsiyalanuvchi mineralning 
o‘lchami va zichligiga, flotatsiya 
jarayonining maqsadiga va flotatsiyalash mahsulotlarining sifatiga 
qo‘yilgan talabga bog‘liq. Flotatsiyalanuvchi mineralning o‘lchami va 
zichligi oshishi bilan bo‘tana tarkibidagi qattiq mahsulotning miqdori 35—
40% gacha ko‘tariladi va shlamning miqdori ko‘p bo‘lganda hamda qayta 
ishlanayotgan mahsulotning zichligi pasayishi bilan uning miqdori 10—
15% gacha pasayadi. Asosiy va nazorat flotatsiyasida chiqindi tarkibiga 
yo‘qotilishni oldini olish uchun bo‘tana zichligi balandroq (bo‘tana 
tarkibidagi qattiq mahsulotning miqdori 25—40%) bo‘lishi talab etiladi. 
Murakkab sxemada rudalarni flotatsiya usulida boyitishda bo‘tana 
zichligini optimal qiymatini ushlab turish uchun har bir jarayonda alohida 
choralar ko‘rishga to‘g‘ri keladi (masalan, tozalash flotatsiyasidan avval 
boyitmani suyultirish yoki oraliq mahsulot yoki kollektiv boyitmani 
navbatdagi flotatsiyalashdan avval quyiltirish).
Boshqa teng holatlarda flotatsiyalanuvchi mahsulotning o‘lchami 
flotatsiya mashinasining ish samaradorligini belgilaydi. 
Mayin va yirik zarralarni samarali flotatsiyalanishini amalga 
oshirish uchun maxsus tuzilishga ega flotatsiya mashinalarini qo‘llash 
maqsadga muvofiq. Shu sababli yirikligi bo‘yicha katta diapazondagi 
mahsulotlarni bitta turdagi flotatsiya mashinasida boyitish katta yoki 
mayda zarralarni yomon flotatsiyalanishiga olib keladi. 
Shuning uchun rudalarni murakkab sxemalarda (yirik va mayin 
zarralarni alohida sikllarda flotatsiyalash va turli turdagi flotatsiya 
mashinalarini qo‘llash) flotatsiyalash ko‘zda tutiladi. Natijada har bir 
siklda yuqori tezlik va past xarajatni ta`minlaydigan yuqori texnologik 
ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish mumkin. 

Download 8,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish