81
holda ajratiladigan emulsion neytralizasiya; ishqor va moyni reaktor-turbulizatorda
jadal aralashtirish, keyingi jarayonlarni davriy neytralizatorda amalga oshirib
soapstokni ham davriy neytralizatorda ajratishni nazarda tutuvchi kombinasion usul.
Respublikamiz yog’-moy sanoatida odatda kombinasion usul ba’zi korxonalarda esa
emulsion rafinatsiya qo’llaniladi.
Paxta moyini ishqoriy neytrallash bo’yicha olib borilgan tadqiqot natijalari [25]
juda tanqis va qimmat natriy gidroksidni natriy alyuminatning
eritmasi bilan
almashtirish samarali ekanini ko’rsatdi. Natriy gidroksidni bir qismini natriy
alyuminat eritmasi bilan almashtirish va yuqori sifatli mahsulot olish maqsadida
paxta moyini natriy alyuminat va natriy gidroksid eritmalari bilan bosqichma-
bosqich rafinatsiyalash olib borildi. Bunda, ishqoriy
neytrallashning birinchi
bosqichida moyning kislota soni va moydagi hamroh moddalar ma’lum miqdorda
kamayadi, so’ngra, olingan oraliq mahsulot natriy gidroksid bilan tugal rafinatsiya
qilinadi.
Majidov K.X. va boshqalar [26] paxta moyini qayta ishlash davomiyligini
qisqartirish, rafinatsiyalangan moy unumi va sifatini oshishi hisobiga texnologik
jarayonni jadallashtirish bo’yicha tadqiqot o’tkazdilar. Bu masala paxta moyini ikki
bosqichli rafinatsiyalash texnologiyasida foydalaniladigan natriy alyuminat va
natriy gidroksid eritmalarini kuchlanganligi 0,4-2,8 A/m bo’lgan
elektromagnit
maydonida ishlov berish orqali hal qilinadi. Xom paxta moyini elektromagnit
maydonda ishlov berilgan ishqor eritmasi bilan rafinatsiya qilinganda
rafinatsiyalangan moyning sifati, ozuqaviy qiymati oshishi va ishqor
eritmasining
sarfini kamayishi aniqlangan.
Tadqiqot ishi[27]da xom paxta moyini keyinchalik uni gidrogenlash
maqsadida ishqoriy neytrallash texnologiyasi o’rganilgan. Xom ashyo sifatida paxta
chigitini qayta ishlab olingan qora moy ishlatilgan. Tadqiqot ishi turli xil sifat va
fizik-kimyoviy ko’rsatkichlarga ega moylarni bir vaqtda ishqoriy neytrallash
imkonini beruvchi tajriba qurilmasida olib borilgan.
Xar xil kuchlanishli
elektromagnit maydoni(EMM)da kaustik soda eritmasiga dastlabki ishlov berish
yo’li bilan paxta moyini ishqoriy rafinatsiyalash texnologiyasi takomillashtirilgan.
82
Eritmaga EMM ishlov berish uchun elektromagnit apparati qo’llanilgan. Olib
borilgan tadqiqot tajribasida ijobiy o’zgarishlar kuzatilgan. Rafinatsiyalangan
moyning sifat ko’rsatkichlarini ortishi va rafinatsiyalash jarayonining texnologik
xarakteristikasini yaxshilanishi mumkinligi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: