NOTA BENE !
Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish
– itarish, kiyimni yirtish,
urish-do‘pposlash, badanga yengil yoki o‘rtacha og’ir shikast yetkazish,
transport vositalaridan itarib tushirib yuborish, bezorilik harakatlarini
to‘xtatish talabiga javoban urib-do‘pposlash bilan qo‘rqitish va h.k.larda
aks etuvchi faol harakatlar.
Bezorilik harakatlari davomida aybdor jamoat
tartibini saqlash
vazifasini bajarib turgan hokimiyat yoki jamoatchilik vakiliga yoxud
bezorilik harakatlarining oldini olish (to‘xtatish) chorasini ko‘rgan boshqa
fuqarolarga faol qarshilik ko‘rsatsa, shu jumladan ularga nisbatan o‘rtacha
og’ir shikast yetkazish darajasida zo‘rlik ishlatsa, bunday qilmish
JK 277-
moddasi 3-qismi «g» bandi
bilan to‘liq qamrab olinadi
va JK boshqa
moddalari bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi bu xususda shunday
tushuntirish beradi: «Agar bezorilik harakatlarini to‘xtatish chorasini
ko‘rayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish paytida ishlatilgan zo‘rlik
natijasida aybdor tomonidan yana boshqa og’ir jinoyat sodir etilgan bo‘lsa,
bu hol bezorilik jinoyati tarkibi bilan qamrab olinmaydi.
Bezorilik harakatlari tugagandan keyin, shu jumladan aybdor
ushlangandan so‘ng
ko‘rsatilgan qarshilik bezorilik jinoyatining
alomatlariga xos holat deb hisoblanmasligi va bunday holda qilmish
jinoyatlar majmui bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladigan mayda
bezorilik davomida
jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat yoki
jamoatchilik vakiliga yoxud bunday harakatlarni to‘xtatish chorasini
ko‘rgan fuqaroga nisbatan qarshilik ko‘rsatilsa, bunday qilmish JK 277-
moddasi 3-qismi «g» bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas. Bu
holda aybdorning harakatlari, ko‘rsatilgan
qarshilikning xususiyatiga
qarab, JK Maxsus qismining tegishli moddalari bilan kvalifikatsiya
qilinadi».
Agar jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat
vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining
oldini
214
olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatish bilan
bog’liq bezorilikni amalga oshirish jarayonida badanga og’ir shikast
yetkazilgan bo‘lsa, aybdorning harakatlari jinoyatlar majmui bo‘yicha JK
104-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
«Tergov organlari shaxsni ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishida ish-
tirok etishga jalb qilish to‘g’risidagi qarorida, ayblov xulosasida, sud esa
hukmda qaysi alomatlarga ko‘ra aybdorning qilmishi Jinoyat kodeksi 277-
moddasining tegishli qismi va bandlari bilan kvalifikatsiya
qilinganligini
aniq ko‘rsatishi shart.
Agar sud, ayblanuvchi zimmasiga ilgari qo‘yilgan ayblov bilan
bog’liq boshqa ayblovni qo‘yish uchun yoxud ayblovni og’irroq ayblov
bilan yoki haqiqiy holatga ko‘ra ayblov xulosasida nazarda tutilganidan
jiddiy farq qiladigan ayblov bilan almashtirish uchun asoslar mavjud
degan fikrga kelsa, jinoyat ishini qo‘shimcha
tergov yuritish uchun
qaytaradi».
Bu o‘rinda shuni nazarda tutish kerakki, sud aybdorning harakatini
mazkur moddaning muayyan qismidagi bir banddan o‘sha qismdagi
boshqa bandga qayta kvalifikatsiya qilishga haqli emas.
Agar JK Maxsus qismining muayyan moddalarida (JK 277-mod-
dasidan boshqa) bezorilik o‘sha jinoyatni kvalifikatsiya qiluvchi alohida
belgi sifatida nazarda tutilgan bo‘lsa, bu holat
qilmishni
Do'stlaringiz bilan baham: