oilasiga mansub o‘simliklar; xomashyosi efedrin olish uchun ishlatiladigan
efedr oilasiga mansub o‘simliklar, shuningdek, tarkibida psilotsibin va
(yoki) psilotsin mavjud bo‘lgan har qanday turdagi zamburug’lar kiradi.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, narkogen faollik bilan
tavsiflanuvchi o‘simliklarning jami ikki yuzdan ortiq turi bor
1
.
Har bir konkret holatda sudlar tarkibida giyohvandlik vositalari yoki
psixotrop moddalar mavjud o‘simliklar ro‘yxatiga
kirishini aniqlash uchun
narkotiklar ustidan nazorat qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan
tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar ro‘yxati va
ekspertiza xulosalariga tayanishi kerak.
«...giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga
xilof ravishda muomala qilishni nazarda tutgan jinoyatlar to‘g’risidagi
ishlar bo‘yicha sud-kimyoviy ekspertizalarni o‘tkazish aybdorlikni
isbotlovchi muhim mezonlardan biri hisoblanadi.
Jinoyat-protsessual kodeksining 173-moddasiga muvofiq bunday
vosita yoki moddani narkotik yoxud psixotrop deb e’tirof etish uchun
bunday ekspertizalar qayd etilgan turkumdagi barcha ishlar bo‘yicha
o‘tkazilishi zarur.
Bu turdagi ekspertizalarni hal etish uchun quyidagi savollar
qo‘yilishi mumkin:
olingan modda narkotik hisoblanadimi va qaysi turga kiradi, zarur
hollarda esa uning ushbu moddadagi tarkibi necha foizni tashkil qiladi va
vazni qancha;
narsada (qanday narsa ekanligi ko‘rsatiladi) giyohvandlik vosita-
larining izlari (mikroskop orqali ko‘rinadigan nishonalari) bormi;
yer maydonida (olingan joy ko‘rsatiladi) o‘sayotgan o‘simliklar qaysi
turga mansub va u tarkibida narkotik bo‘lgan o‘simlik
hisoblanadimi;
olingan moddalar bir butunni (bir massani) tashkil etganmi;
olingan moddalar tayyorlash usuli (texnologiyasi), saqlash sharoiti,
foydalanilgan boshlang’ich xomashyosi, o‘simlik xomashyosining
ko‘karib turgan joyi bo‘yicha kelib chiqishi jihatidan umumiy manbaga
egami».
1
Ўша манба. – 20-24-б.
166
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalari bilan muomala
qilishning maxsus huquqiy rejimi belgilangan. Bunday rejim uch mezon:
tibbiy, ijtimoiy va normativ mezonlar yig’indisi bilan tavsiflanuvchi
vositalar va moddalarga nisbatan amal qilishi lozim.
Tibbiy mezon nuqtai nazaridan giyohvandlik vositalari
qatoriga kelib
chiqishi sintetik yoki tabiiy bo‘lgan, markaziy nerv sistemasi (MNS)ga
ta’sirlantiruvchi yoki gallyutsinogen ta’sir ko‘rsatuvchi, shu tufayli
notibbiy maqsadlarda iste’mol qilinuvchi va ruhiy va (yoki) jismoniy
qaramlik vujudga kelishiga sabab bo‘luvchi vositalar kiritiladi.
Muayyan vositani giyohvandlik vositalari qatoriga kiritishda ijtimoiy
mezonni ham hisobga olish lozim. Bu mazkur vositalar qatoriga notibbiy
maqsadda iste’mol qilish hajmlari ko‘payib va yanada keng tus olib
borayotgan va uning sog’liq uchun xavfliligi tufayli u bilan muomala
qilishning alohida huquqiy rejimini belgilashni taqozo etadigan vosita
kiritilishi lozimligini anglatadi. Tibbiy va ijtimoiy mezonlar birgalikda
muayyan moddani giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar
qatoriga kiritish va buni maxsus normativ hujjatda mustahkamlash uchun
asos bo‘lishi normativ mezonni tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Giyohvandlik vositalari va psixotrop
moddalar to‘g’risida»gi Qonuni ana shunday hujjat hisoblanadi. Ushbu
Qonunning 3-moddasida «giyohvandlik (narkotik) vositalari», «psixotrop
moddalar», shuningdek, «prekursorlar», «giyohvandlik vositalari va
psixotrop moddalarning analoglari», «preparat» kabi tushunchalarga ta’rif
berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: