Maxsus qism jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni o


transport vositalari texnik holati



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/324
Sana13.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#664436
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   324
Bog'liq
2 5256055112828192259

transport vositalari texnik holati 
jihatdan buzuq
, deb e’tirof etiladi. 
Badanga o‘rtacha og’ir yoki og’ir shikast yetkazilishi tarzidagi oqi-
batlarning kelib chiqishi ushbu jinoyat obyektiv tomonining zaruriy belgisi 
hisoblanadi. Yuqoridagi belgilar bo‘lmaganida aybdor intizomiy yoxud 
ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Sifatsiz ta’mirlanganligi yoki texnik jihatdan buzuqligi oldindan 
ma’lum bo‘lgan transport vositasining foydalanishga chiqarilishi va ro‘y 
bergan badanga o‘rtacha og’ir yoki og’ir shikast yetkazilishi tarzidagi 
oqibat o‘rtasidagi sababiy bog’lanishning mavjudligi jinoyat obyektiv 
tomonining zaruriy belgisi hisoblanadi.
Qonunda ko‘rsatilgan og’ir yoki o‘rtacha og’ir tan jarohati yetkazi-
lishi tarzidagi oqibatlar ro‘y bergan vaqtdan 
JK 262-moddasida 
ko‘rsatilgan jinoyat 
tugallangan
hisoblanadi (1-qismi). 
129 


Subyektiv tomondan
temir yo‘l, dengiz, daryo, havo, avtomobil 
yoki boshqa transport vositasi, aloqa yo‘llari, signalizatsiya, aloqa 
vositalari yoki boshqa transport uskunalarining sifatsiz ta’mirlanishi 
ehtiyotsizlik
orqasida yoki 
murakkab aybli
jinoyat tarzida sodir etilishi 
mumkin. 
Transport vositasining texnik jihatdan buzuqligini bila turib uni 
foydalanishga chiqarish to‘g’ri qasd bilan sodir etiladi. 
Sifatsiz ta’mirlashning yoki texnika holati jihatidan buzuq bo‘lgan 
transport vositasini foydalanishga chiqarishning 
motivlari
turli bo‘lishi 
mumkin, ular qilmishning kvalifikatsiyasiga ta’sir qilmaydi, lekin sud 
tomonidan jazo tayinlashda inobatga olinadi. 
Jinoyatning 
subyekti
16 yoshga to‘lgan, ta’mirlash ishlarini 
bajaruvchi yoxud transport vositalarining texnik holati va ulardan 
foydalanish uchun javobgar shaxslargina bo‘ladi. 
«Sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, ta’mirlash ishlarini 
bajarayotgan transport vositalarini texnik jihatdan va ulardan 
foydalanishga mas’ul shaxslarning temir yo‘l, dengiz, daryo, havo, 
avtomobil yoki boshqa transport vositasini, aloqa yo‘llari, signalizatsiya, 
aloqa vositalari yoki boshqa transport uskunalarini sifatsiz ta’mirlash, 
shuningdek, transport vositasining texnik holati jihatidan buzuqligini bila 
turib, uni foydalanishga chiqarishi natijasida JKning 260-, 266-
moddalarida nazarda tutilgan oqibatlar yuz bergan taqdirda, mulkchilik 
shaklidan qat’i nazar, ta’mirlash ishlarini bajarayotgan yoki transport 
vositalarini ta’mirlash yoxud undan foydalanishga mas’ul shaxsni JKning 
262-moddasi bilan javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. Bunda texnika 
vositalari, aloqa yo‘llari, signalizatsiya, aloqa vositalari yoki boshqa 
transport uskunalari uchun mas’ul shaxs, ushbu texnik nosozlikni aniq 
bilgan bo‘lishi shart»
1

Shaxsni sifatsiz ta’mirlash yoki texnika holati jihatidan buzuq 
bo‘lgan transport vositasini foydalanishga chiqarganlik uchun jinoiy 
javobgarlikka tortish ko‘rsatilgan transport vositasini boshqaradigan yoki 
1
Қаранг:
Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2015 йил 26 июндаги «Транспорт 
ҳаракати ва ундан фойдаланиш хавфсизлигига қарши жиноятлар билан боғлиқ ишлар юзасидан суд 
амалиётининг айрим масалалари тўғрисида»ги 10-сонли қарори, 23-банд. 
130 


sifatsiz ta’mirlangan transportning texnik tizimidan foydalangan shaxsni 
javobgarlikka tortish masalasining hal qilinishiga bog’liq emas. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish