3
I.
O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
“Umumiy fizika” fani
Mexanika, Molekulyar fizika, Elektromagnitizm, Optika,
Atom, yadro va elementar zarralar fizikasi bo‘limlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu fan
5110200 - fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi
bakalavriat ta’lim Yo‘nalishida
tahsil olayotgan talabalariga “Umumiy Fizika” kursi sifatida o‘qitiladi.
Umumiy fizika fani fizikaning uning barcha bo‘limlari:
nazariy fizika,
astoronomiya, astrofizika bilan o‘zaro bog‘liq, hamda oliy matematika, informatika va
axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, geografiya kabi tabiiy-ilmiy fanlar bilan uzviy
bog‘langan, shuningdek talabaning ushbu fanlardan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega
bo‘lishligi talab etiladi.
Umumiy fizikani o‘zlashtirgan talaba makro va mikro dunyoda sodir bo‘ladigan
harakat va uning turlari
xaqida fenomenologik bilim, ko‘nikma va malaka larga ega
bo‘ladi, yangi axborot texnologiyalarini qo‘llab, olgan bilimlari pedagogik va ilmiy
faoliyatida qo‘llaydi.
Umumiy fizika fanini o‘qitishda ta’lim texnologiyalari, elektron plakatlar, tarqatma
materiallar, elektron darsliklar va qo‘llanmalar, virtual laboratoriyalar,
internet
ma’lumotlari, lokal tarmoqdagi turli o‘quv, ilmiy bilimni nazorat qilish bo‘yicha
ma’lumotlar jamlamasidan foydalaniladi. Mustaqil ta’lim, aqliy hujum, vaziyatli
masalalarni yechish, disskusiya, rolli o‘yinlar, referatlar Yozish
kabi pedagogik usullar
bilan fanning o‘qitilishi amalga oshiriladi.
I.
O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
“Umumiy fizika” fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarda, bo‘lajak fizika
o‘qituvchisiga zarur bo‘lgan darajada makro va mikro dunyoda sodir bo‘ladigan harakat
va
uning turlari haqida, moddaning xussusiyatlari hamda makroskopik sistemalarning
turli agregat holatlardagi fizik xossalari (alohida jism va maydonlar uchun) xaqida
tushuncha berish, elektromagnit nurlanishga oid masalalar va boshqa hodisalarni
o‘rganish,
elektromagnit maydon, uning xususiyatlari, zaryadlangan zarralar bilan o‘zaro
ta’siri, materiyaning yangi bir turi bo‘lgan elektromagnit maydonlarning asosiy xossalari,
maydonning moddiy muxitlar bilan o‘zaro ta’sirlashuvi haqida bilimlar berish, optik
hodisalar va qonunlar, atom, yadro va elementar zarralar fizikasi
haqida fenomenologik
bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - talabalarga umumiy fizikaga doir amaliy va laboratoriya
mashg‘ulotlarida o‘zlashtirilgan barcha mavzular bo‘yicha masalalar yechish,
laboratoriya ishlarini tashkil qilish, o‘tqazish va hisob kitob ishlarini bajarib, ularga doir
xulosalar chiqara olish, fizikaviy qonuniyatlarini munosabatlari to‘g‘ri
aniqlash kabi
vazifalarni o‘rgatishdan iborat.