ga muvofiq olinadi yoki taxminiy hisoblanadi. Bunda bolt, gayka va
shayba elementlarining o’lchamlari bolt rezbasi diametriga nisbatan olinadi.
Rezba haqida umumiy tushuncha.
Ko’p mashinalarni buyumlari (detallar) rezba yordamida biriktiriladi.
Rezba
– bu
slindrik yoki konus sirti bo’ylab tekis kontur vintsimon harakatidan hosil
bo’lgan sirt.
Tekis konturni bunday harakatidan vintli va stilindirli yoki konusli sirtlar bilan
chegaralangan va tegishli profili vintl turtib chiqqan joy (bo’rtiq, do’ng) hosil bo’ladi.
Silindr yoki konus turtib chiqqan joy bilan birga vint deyiladi. Rezba kesilgan sirtning
shakliga qarab rezbalar (silindrik, konuslik), rezbani sterjenini sirtida joylashishiga
(tashqi yoki ichki), profilli shakl (uchburchak, to’g’ri burchak, trapestiya, dumaloq va
boshqalar) bajaradigan vazifasi (biriktiruvchi, mustahkamlaydigan, mustahkamlab
zichlaydigan) biriktiriladigan yurgizadigan, maxsus va boshqalar, sirt vintining
yo’nalishiga (o’ng va chap) va krim soniga (bir krim ko’p krim) qarab tasniflanadilar.
Hamma
rezbalar
ikki
guruhga
bo’linadilar:
standartlashtirilgan
va
standartlashtirilmagan. Standartlashtirilgan rezbalarni parametri (profil, qadami va
dimetri) standart bilan aniqlangan. Standartlashtirilmagan rezbalar yoki maxsus
rezbalarni parametrlari standartga to’g’ri kelmaydi.
Rezba turlarini uning profili aniqlaydi ya’ni rezbaning o’qi orqali o’tgan
tekislikda hosil bo’lgan kontur. (15.2, 3, 4, 5, 6-chizmalar).
15.2-chizma 15.3-chizma 15.4-chizma
15.5-chizma 15.6-chizma
O’zDSt:2.708-97 bo’yicha rezbani asosiy o’lchovlari quyidagilar: rezbani tashqi
diametri d-tasavvur qilinayotgan konus yoki silindrning diametri, tashqi rezbaning
uchini atrofiga tashqi chizilgan yoki ichki rezbani botgan joyi, rezbaning ichki diametri
d
1
- tasavvur qilinayotgan silindr yoki konusni diametri, tashqi rezbani botgan joyiga
chizilgan yoki ichki rezbani uchi, silindrik rezbani qadami R -profilni qo’shni o’ramlar
orasidagi yasovchi bo’ylab rezbani o’qiga parallel yo’nalishda o’lchangan masofa,
silindrik rezbaning yo’li t-rezbani o’qi yo’nalishda o’lchangan masofa (15.7-chizma).
Vint (gayka) o’q atrofida bir marta aylanganda rezbani yo’liga teng masofaga
siljiydi. Bir kirimlik rezbada yo’l qadamga teng bo’ladi. Ko’pyo’llik rezbalarda yo’l,
qadamni qirqim soniga ko’paytmasi teng ya’ni
n = R x n.
Konus rezbalar uchun hamma diametrlar asosiy tekislikga o’rnatiladi. Asosiy-bu
mo’ljallangan kesim tekisligi, u rezba o’qiga perpendikulyar va konusning bazasidan l
masofada joylashadi. (15.8-chizma). Konus rezbaning qadami rezbaning profilning
qo’shni uchlarini birlashtiruvchi kesmaning konus o’qidagi tasviri.
15.7-chizma 15.8-chizma
Do'stlaringiz bilan baham: |