1. Nizo, ularning kelib chiqish sabablari va turlari. Nizo jarayonidagi bosqichlar va oqibatlar



Download 376,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/26
Sana13.06.2022
Hajmi376,09 Kb.
#663094
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
18-мавзу

Maqsadga yo’naltirilgan shaxs. 
Bular: 
• nizoni o’zlarining shaxsiy manfaatlarini amalga oshirshida qurol sifatida ko’radilar; 
• o’z manfaati yo’lida atrofdagilarga qalloblik qiladilar, nayrang shilatadilar. 

Nizosiz shaxslar. 
Bular o’zlarining harakatlari bilan ko’nglini topishi bilanoq yangi 
nizolarni ijod etpadshar. 
2. Nizo jarayonidagi bosqichlar va oqibatlar. 
 
Nizoning kelib chiqishi va to’qnashishning sodir bo’lishi bir butun jarayon bo’lib, bu jarayon 
quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi (67-chizma). 
Bu jarayonning birinchi bosqichida nizo chiqishi uchun vaziyat tug’iladi, ya’ni tomonlar 
manfaatlarining qarama-qarshiligi ob’ektiv ravishda namoyon bo’ladi. Ammo ochiqdan-ochiq 
to’qnashuv sodir bo’lmaydi. Bunday holat har ikkala tomon tashabbusi bilan yoki “merosdan” 
qolgan nizoning ta’siri ostida vujudga kelishi mumkin. 
Nizoli vaziyatning ob’ektiv ravishda vujudga kelishiga bevosita qarama-qarshi turuvchi 
tomonlarning o’zlari yoki ularning muxoliflari sababchi bo’lishi mumkin. Ular turlicha daraja 
(rang)ga ega bo’lgan tomonlardir. Masalan: 
• darajali muxoliflar - bu shaxslar; 
• darajali muxoliflar - bu guruhlar; 
• darajali muxoliflar - bu tashkilotlar; 
• darajali muxoliflar - bu dialog chog’ida o’z-o’zidan qaror qabul qiluvchi shaxslardir. 
67-chizma. Nizoning kelib chiqish va to’qnashish jarayoni modeli.
Nizoli vaziyat 
Nizo sabablari 
Nizo kelib chiqmaydi 
Nizoning kengayib ketshi 
mumkinligi 
Vaziyatni sezish 
Nizo kelib chiqadi 
Nizoni boshqarish 
Funktsional va 
disfunktsional 
oqibatlar 


Nizoning rivojlanishida va sodir bo’lishida ularning ta’siri deyarli bo’lmaydi. 
Nizoli vaziyatning boshqa bir unsuri - bu ayni shu vaziyatni keltirib chiqaruvchi ob’ektdir. 
Ko’pincha shu ob’ektni “bo’lisha olmaslik” yoki uni “bo’lshidagi” adolatsizlik sababli nizoli 
vaziyat vujudga keladi. Natijada ziddiyatga boruvchi tomonlar o’zlarining manfaatlari yo’lida hal 
qiluvchi mavqeni egallashga o’rinadilar. 
Nizoli vaziyatning tashqi unsurlari ham mavjud. Bular quyidagilardir: 
• haddan tashqari hissiyotga berilish; 
• fikrini aniq izhor eta olmaslik; 
• bir-birini tushunishni xohlamaslik; 
• asosga ega bo’lmagan noshukurlik va hokazo. 
Nizo sabablari (2-bosqich) va uning kengayish ehtimoli (3-bosqich)ni o’z vaqtida sezish, (4-
bosqich) nizoning yuzaga chiqmaslikka olib keladi. Agar jarayonga e’tiborsizlik bilan qaraladigan 
bo’lsa, u holda nizoning kelib chiqishi tabiiy (5-bosqich). Endi uni boshqarish (6-bosqich) 
zaruriyati tug’iladi. Boshqarishning samaradorligiga qarab, nizoning oqibatlari funktsional va 
disfunktsional ko’rinishlarida bo’lishi mumkin (7-bosqich). 
Nizoning yettita funktsional oqibati ma’lum. Bu oqibatlar nizoni boshqarishning ijobiy 
samara berganligini ifodalaydi. Masalan, birinchi oqibat: 
• nizoni hal qilshida har ikkala tomon uchun ma’qul qaror qabul qilinishida namoyon bo’ladi. 
Qarama-qarshi tomonlar nizo yechimiga teng manfaat nuqtai nazaridan yondoshilganidan mamnun 
qoladilar. Bunday oqibat o’z navbatida nizo yechimi bo’yicha qabul qilinadigan qaror to’siqlarini, 
ya’ni qarama-qarshi tomonlarning bir-biriga bo’lgan: 
• adovatni; 
• xusumatni; 
• dushmanlikni; 
• adolatsizlik kabi g’arazli to’siqlarni yumshatishga yoki butunlay yo’qotishga imkon beradi. 
Funktsional oqibatning boshqa ko’rinishida qarama-qarshi tomonlarning ko’proq hamkorlik 
qilishga, hattoki kelgusida ham o’rtada nizo chiqarmaslikka bo’lgan moyilliklari namoyon bo’ladi. 
Funktsional oqibat qarama-qarshi tomonlarning o’zaro sir saqlashlari, go’yo “aytiladigan fikr 
ular manfaatlariga zid keladi”, degan gumon bilan atayin aytilmay qolgan fikrlarda ham o’z aksini 
topishi mumkin. Aslini olganda, bunday oqibat ham qaror qabul qilish sifatini oshirishga undaydi, 
chunki bunday holat qarshi tomonning yuzaga kelishi mumkin bo’lgan nizo sabablari va 
ob’ektlarini yanada chuqurroq tahlil qilishga, unga “tashxis” qo’yishga undaydi. 
Funktsional oqibat ochiqdan-ochiq ko’rinishdagi noroziliklarda namoyon bo’lishi mumkin. 
Ular turli nuqtai nazarlar mohiyatini ochishda, qo’shimcha axborotlarni olishda, muqobil 
yechimlarni topishda tomonlar uchun imkon beradi. 
Agar nizolarni boshqarishning samarali yo’llari topilmasa, u holda maqsadga erishishga 
xalaqit beruvchi quyidagi qo’rinishdaga disfunktsional oqibatlar yuzaga kelishi mumkin, ya’ni: 
• qoniqmaganlik, mamnun bo’lmaslik, norozilik; 
• yomon ruhiy holat; 
• qo’nimsizlikning oshishi; 
• mehnat unumdorligining pasayishi; 
• kelajakda hamkorlikning susayishi; 
• o’zining guruhiga ko’proq sadoqat va boshqa guruhlar bilan raqobatni susaytirish; 
• qarshi tomonni faqat “dushman” deb gumonsirash, o’zining maqsadini ijobiy, qarshi 
tomonning maqsadshsh esa faqat “salbiy” deb o’ylash; 
• hamkorlikka chek qo’yish va qarama-qarshi tomonlar bilan nizoga chiqish; 
• o’zaro munosabat va hamkorlikni susaytirib, adovatni, xusumatni kuchaytirish; 
• urug’ni o’zgartirish: diqqat-z’tiborni ko’proq real muammoni yechishga emas, balki nizo 
jarayonida “yulib” chiqishga qaratish. 
Bu oqibatlar faqat salbiy tomonga ishlaydi va nizo yetilmagan bo’lsa yetiltirishga, to’xtab 
turgan bo’lsa qo’zg’atishga, jiddiy bo’lmasa jiddiylashtirishga, to’qnashish ehtimol bo’lib turgan 
bo’lsa uni amalga oshishiga xizmat qiladi. qisqasi, adovat tegarmoniga suv qo’yadi. 



Download 376,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish