1. Nizo, ularning kelib chiqish sabablari va turlari. Nizo jarayonidagi bosqichlar va oqibatlar



Download 376,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/26
Sana13.06.2022
Hajmi376,09 Kb.
#663094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
18-мавзу

Formal guruh xodimlarning 
ishlab 
chiqarish va ijtimoiy faoliyatidagi ma’muriy jihatdan mustahkamlangan rasmiy aloqalarini ko’rsatib 
beradi. Formal guruh kishilarning lavozim burchlaridan kelib chiquvchi o’zaro munosabatlariga 
ko’ra belgilanadi. 
Noformal guruh 
shaxsiy simpatiya va antipatiyalar asosidaga norasmiy munosabatlarni, 
manfaatlarning umumiyligani, xarakterlarnyng o’xshashligini, o’zaro bir-birini tushunishni 
ifodalaydi. 
Har ikkala guruh doimo bir-biriga ta’sir qilib turadi va shu jarayonda nizoli holatlar ham 
vujudga kelib turadi (66-chizma). 
66-chizma. Guruhlararo nizolar.
Guruhlararo nizolarga: 
• bo’limlar bilan bo’limlar o’rtasidagi; 
• ma’muriyat bilan kasaba uyushmasi o’rtasidagi; 
• bo’limlar bilan ma’muriyat o’rtasidagi; 
• bo’limlar bilan kasaba uyushmasi o’rtasidagi nizolar misol bo’la oladi. 
Bu turdagi nizolar ayniqsa bir yo’nalishdagi boshqaruv guruhlari bilan shtabli boshqaruv 
guruhlari o’rtasida sodir bo’ladigan nizoli vaziyatlarda yaqqolroq ko’rinadi. 
Shtabli boshqaruv guruhlarida band bo’lganlar, odatda bir yo’nalishdagi boshqaruv 
guruhlarida band bo’lganlarga qaraganda yosh va iqgidorli kishilar bo’ladilar. Ular ko’pincha 
“ko’cha” so’zlari bilan muomala qilishni xo’sh ko’radilar. Bu esa guruhlar o’rtasidagi muomalani 
jiddiylashtiradi. Bir yo’nalishdagi rahbarlar axborotlarni olish nuqtai nazardan shtabli rahbarlarga 
tobe ekanliklarini pesh qilib, ular bergan tavsiyalarini rad etishlari mumkin. 
Ekstremal sharoitda bir yo’nalishdagi rahbarlar shtabli rahbarlar tomonidan qilinadigan 
tavsiyalarning shunday variantini ataylab tanlaydilarki, bu variant pirovard natijada mazkur ishning 
barbod bo’lishiga sabab bo’ladi. Bu harakat mutaxassislarni “o’z o’rniga qo’yish” yoki o’ch olish 
maqsadida qilingan harakat bo’ladi. Bundan g’azablangan shtabli rahbarlar bir yo’nalishdagi 
rahbarlarni axborotga kirib borishini yanada qiyinlashtirib, ularni o’zlariga tobeligini kuchaytiradi. 
Bunday hollarda nizoli vaziyat yuzaga keladi va bora-bora u pishib o’zaro to’qnashish sodir 
bo’ladi. 
Bir korxona doirasidagi bo’limlarning maqsaddari bir-biriga mos tushmasligi sababli ham tez-
tez nizolar chiqib turadi. Masalan: 
• korxonaning muayyan bo’limi o’zining mahsulotlarini chetga sotib yuqori foyda olishni, 
shu korxona doirasidagi bo’lisharga past narxda sotib foyda olishdan afzal ko’radi; 
• kunduzgi smenada band bo’lgan tibbiy xodimlar ishchilarga xizmat ko’rsatish darajasi past 
bo’lganligidan kechki smenadagi band bo’lgan tibbiy xodimlar ustidan shikoyat qilishlari mumkin 
va aksincha; 
• tovarlarni sotish bo’limi iste’molchilarning talabini qondirish uchun har doim omborda 
ko’proq tovar g’amlamasining yetarli bo’lishini xohlasa, ishlab chiqarish bo’limi esa bundan 
Prezident
Ishlab chiqarish 
bo’limi
Marketing bo’limi 
Nizo 


manfaatdor emas, chunki bunday ish tutshi ishlab chiqarish xarajatlarining oshishiga, bu esa o’z 
navbatida mahsulot baxosining oshishiga olib keladi. 
Guruhpararo nizolar o’z tabiatiga ko’ra aralash nizolardir, chunki ularning vujudga kelishi 
barcha yuqoridagi nizo turlarining ta’siri ostida bo’ladi. 
Mavhumligiga qarab, nizolar ochiq yoki yopik, ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. 
Ochiq nizolar 
odatda qarama-qarshi tomonlarning ko’z oldida, to’g’ridan-to’g’ri vujudga 
keladi. Ular to’qnashish sodir bo’lgunga qadar to’liq yetilgan bo’ladi. Bunday nizolar rahbariyat 
nazorati ostida turganligi sababli korxona uchun unchalik xavf tug’dirmaydi va ularni boshqarish 
oson kechadi. 

Download 376,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish