1. Nizo, ularning kelib chiqish sabablari va turlari. Nizo jarayonidagi bosqichlar va oqibatlar



Download 376,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/26
Sana13.06.2022
Hajmi376,09 Kb.
#663094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
18-мавзу

 
 
 
 
 
 


39-jadval 
Nizo sabablari 
№ 
Nizo sabablari 
Izoh 
1. Resurslarni 
taqsimlashdagi 
adolatsizlik 
Hattoki eng ulkan korxonalarda ham resurslar 
cheklangan bo’ladi. Rahbariyat materiallar, mehnat va 
moliyaviy resurslarni o’z tasarrufidagi bo’limlarga 
umumkorxona maqsadini amalga oshirish nuqtai nazardan 
taqsimlashi kerak. Biriga asossiz ko’p, bi-riga oz 
taqsimlash so’zsiz nizoning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. 
Hamma ham ko’proq undirib olish payida bo’ladi. 
2. Vazifalarning 
– 
o’zaro 
bog’liqligi 
Mehnat taqsimoti barcha bo’ishlarni bir-biri bilan 
bog’lab qo’yadi. Bunday sharoitda bir kishi yoki bir guruh 
kishilarning bajaradigan ishi boshqa bir kishi yoki boshqa 
bir guruh ishiga bog’liq bo’lib qoladi. Masalan, ishlab 
chiqarish bo’limi xodimlardagi mehnat unumdorligining 
past darajada ekanligini ulardagi uskunalarning yomon 
sifatli ta’mirlanganligi bilan bog’lab, ta’mirlash bo’limiga 
ayb qo’yadi. Ta’mirlash bo’limi esa o’z navbatida bo’lim 
uchun zarur bo’lgan mutaxassislarni o’z vaqtida ishga 
qabul qilmagan kadrlar bo’limiga shunday e’tirozni 
bildiradi va hokazo. Ko’rib turibsizki, norozidiklar hamma 
bo’g’inlarda bor. Aynan shular nizoni kelib chiqishiga 
sabab bo’ladi. 
3. Maqsadlardagi har xillik 
Ixtisoslashtirish qanchalik chuqurlashsa shunchalik 
bo’limlar ko’proq o’z e’tiborlarini korxonaning umumiy 
maqsadini bajarishga emas, balki xususiy o’z bo’limi 
maqsadini amalga oshirishga qaratadi, Masalan, sotish 
bo’limi 
o’zining 
ish 
ko’lamini 
oshirish 
va 
raqobatbardoshligani mustahkamlash maqsadida ishlab 
chiqarish bo’limidan imkoniyat boricha mahsulot 
assortimentini ko’paytirishni talab qiladi. Ammo, ishlab 
chiqarish bo’limi uchun mahsulot assortimentini xilma-xil 
qilib ishlab chiqarish emas, balki xarajat va samaradorlik 
nuqtai nazardan assortimenti turli-tuman bo’lmagan 
mahsulotni ishlab chiqarish ma’qulrokdir. Ko’rib 
turibsizki, bu yerda ham manfaatlar turlicha. 
4. Erkinlik, mustaqillik va o’z 
qadrini bilishdagi har xillik 
Bu sabab eng ko’p hollarda uchraydigan sabablardan 
hisoblanadi. Masalan, bo’ysunuvchi o’z fikrini aytishga 
har doim xaqliman deb aytsa, rahbar bunga javoban 
fikringizni faqat biz “so’ragan paytda aytishingiz mumkin” 
desa, o’z-o’zidan nizo uchun vaziyat tugaladi. Yoki,
tadqiqot bo’li-midagi yuqori malakali xodim qam nima 
uchun o’z qadrini bilmasligi kerak? U ham maslahat berish 
hukuqiga ega-ku. 
5. Manmanlik, qaysarlik 
Shunday xodimlar borki, faqat o’zining fikrini 


ma’qullaydi, murosaga hech ham bormaydi. Bunday 
odamlar g’alvaning ishi. Ular bilan nihoyatda extiyotkorlik 
bilan munosabatda bo’lish kerak. 
6. Kommunikatsiya 
– o’zaro 
aloqaning qoniqarsizligi 
Axborotning xodimlarga yetib bormasligi yoki uning 
juda ham sust bo’lishi nizo chiqish uchun ham sabab, ham 
oqibat bo’lishi mumkin. Agar rahbariyat xodimlariga o’z 
vaqtida yangi joriy qilinayotgan ish haqi tizimi 
to’g’risidagi axborotni yetkazmasa, demakki xodimlarning 
mehnat 
unumdorligini 
oshirishdagi 
manfaatdorligi 
o’zgarmay qoladi. 
Nizolarning asosan to’rt xili ko’p uchrab turadi (63-chizma). 

Download 376,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish