Falsafaning asosiy funksiyalari.
Falsafa u yoki bu muammolarni hal qilar, qonunlar,
muayyan tamoyillarni ta‘riflar yoki gipotezalar, g‗oyalar va nazariyalarni ilgari surar ekan, ayni
vaqtda (ba‘zan shu tariqa) har xil funksiyalarni bajaradi. Falsafaning muhim funksiyalaridan
dunyoqarashni shakllantirish, bilish, metodologik, integrativ, madaniy, aksiologik, axloqiy va
tarbiyaviy funksiyalarni qayd etish mumkin. Ularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog‗liqdir. Bu
funksiyalarning roli va ahamiyati falsafaning amal qilish sohasi, u hal qilayotgan vazifalar
darajasi va xususiyati bilan belgilanadi.
Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi
insonning dunyoga munosabati, uning o‗z-
o‗zini va o‗zini qurshagan borliqni tushunishi, shuningdek turli voqealar, hodisalarni va o‗z
burchini qanday talqin qilishi avvalo va bevosita uning dunyoqarashiga bog‗liq bo‗ladi.
YUqorida ko‗rsatib o‗tilganidek, inson dunyoqarashida e‘tiqodlar va bilimlar, tuyg‗ular va
emotsiyalar, oqilonalik va irratsionallik, tajriba, intuitsiya va hokazolar chambarchas bog‗lanadi.
Ayni shu sababli falsafasiz dunyoning yaxlit manzarasini yaratish mumkin emas, chunki,
«hamma narsaga aralashadigan» falsafagina dunyoqarashning o‗zaro bog‗lanmagan turli
«parchalari»ni birlashtirib, shu tariqa odamlarning butun borliqqa nisbatan umumiy, izchil va
mantiqan to‗g‗ri munosabatini yaratish imkonini beradi. Bunda falsafa ayrim ikir-chikirlar,
ahamiyatsiz tafsilotlarni mavhumlashtiradi va umumiy aloqalarga, turli narsalar va hodisalar
xossalarining birligiga e‘tiborni qaratadi va shu tariqa o‗zining bosh funksiyasi – dunyoqarashni
shakllantirish funksiyasini bajaradi.
Falsafaning gnoseologik funksiyasi
tajribada sinash, tavsiflash yoki shak-shubhasiz
inkor etish mumkin bo‗lmagan, ya‘ni fan ochib berish, tadqiq etish va tahlil qilishga qodir
bo‗lmagan narsalar va hodisalarni oqilona yo‗l bilan tushuntirishga harakat qilishdir. Falsafa u
yoki bu mohiyati aniqlanmagan yoki kam o‗rganilgan hodisalarni tushuntirishga nisbatan o‗z
yondashuvlari, nazariyalari va gipotezalarini taklif qilar ekan, ularni bilishga bo‗lgan
qondirilmagan qiziqish o‗rnini muayyan darajada to‗ldiradi, shu tariqa mifologik va diniy
fantaziyalarga kamroq o‗rin qoldiradi. Falsafa gnoseologiyada hal qiladigan boshqa bir muhim
vazifa «Haqiqat nima?», «Uning mezonlari qanday?», degan masalalar bilan bog‗liq, zero har
qanday bilish jarayoni oxir-oqibatda, u yoki bu tarzda haqiqatning tagiga etishga qarab mo‗ljal
oladi, bu esa eng muhim masaladir.
Do'stlaringiz bilan baham: |