Uslubiy majmua


substansiyaning asosiy xususiyatlari



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/259
Sana13.06.2022
Hajmi2,82 Mb.
#662873
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   259
Bog'liq
Uslubiy majmua

substansiyaning asosiy xususiyatlari
qatoriga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
- o‗z-o‗zini belgilash (o‗z-o‗zining sababchisi hisoblanadi, uni yaratib va yo‗q qilib 
bo‗lmaydi); 
- universallik (hech narsaga bog‗liq bo‗lmagan, barqaror, o‗zgarmas va mutlaq birinchi 
negizni ifodalaydi); 
- kauzallik (barcha hodisalarning umumiy sababiy bog‗liqligini o‗z ichiga oladi); 
- yagonalik (birinchi negizning yagonaligini nazarda tutadi); 
- yaxlitlik (mohiyat va mavjudlikning birligini ko‗rsatadi).
Xo‗sh, ana shu xususiyatlar nuqtai nazaridan hozirgi zamon falsafasida substansiya 
kategoriyasi o‗z o‗rniga egami? 
Avvalo, ta‘kidlash lozimki, substansiya kategoriyasi hozir ham ko‗p jihatdan diqqatga 
sazovor. Birinchidan, bu barcha hodisa va jarayonlarning sababiy belgilanganligi g‗oyasini 
namoyon qiladi. Substansiya bunda barcha mavjud narsalarning birinchi sababi sifatida amal 
qiladi. Ikkinchidan, u universiumning ontologik mazmunini muayyanlashtirish talabidir. U 
barcha o‗zgarishlarni belgilovchi o‗zaro ta‘sirning yangi turlarini izlash va maydonning yagona 
fizik nazariyasini tuzishga yo‗naltiradi. Uchinchidan, substansiya o‗zining rang-barang 
ko‗rinishlari darajasida uning rivojlanishi nuqtai nazaridan olingan hamda o‗ziga xos bo‗lgan 


40 
butun evolyusion imkoniyatlarni ishga solib, harakatlanayotgan materiya sifatida tushunilishi 
lozim. To‗rtinchidan, substansiya kategoriyasiga murojaat etish materiya va ongning mutlaqo 
qarama-qarshiligi to‗g‗risidagi masalani kun tartibidan chiqarish imkonini beradi.
Substansiya masalasi biron-bir faylasuf e‘tiboridan chetda qolishi mumkin emas, chunki 
uning har qanday mulohazalari, ular qaysi mavzuga tegishli bo‗lmasin, go‗yoki «havoda muallaq 
osilib qoladi», zero har doim mulohaza qilinayotgan narsaning eng katta asoslari haqidagi masala 
yuzaga keladi. Masalan, bir qarashda dunyoning zamirida nima yotishini aniqlashdan uzoq bo‗lib 
tuyuladigan axloq mavzusini olaylik. Axloq individual ong bilan ham, ijtimoiy ong bilan ham 
bevosita bog‗liq bo‗lib, faqat ularga bog‗lab o‗rganilishi mumkin. Ammo ongning kelib chiqishi 
haqidagi masala falsafa tarixida har xil hal qilinadi. Xususan, diniy falsafa vakili uchun 
axloqning ham, ongning ham manbai va birinchi asosi Xudo hisoblanadi, ayni vaqtda ateist 
uchun bu masala butunlay boshqacha echimga ega bo‗ladi.
Falsafa tarixida ob‘ektiv dunyoning butun rang-barangligi qandaydir pirovard, eng katta 
asosga umuman olganda qanday bog‗langaniga nazar tashlaydigan bo‗lsak, tabiatan har xil 
bo‗lgan va bir-biriga mutlaqo bog‗lanmaydigan ikki shunday asos: materiya va ongga duch 
kelamiz.
Ko‗rsatilgan asoslar ham, ularning o‗zaro aloqasi masalasi ham doimo qizg‗in bahslarga 
sabab bo‗lgan, moddiy (tabiiy) va ideal (ma‘naviy) narsalar va hodisalarning o‗zaro nisbati 
muammosi esa deyarli har bir ta‘limotda bevosita yoki bilvosita ilgari suriladi.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish