Uslubiy majmua


Borliq va yo„qlik dialektikasi



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/259
Sana13.06.2022
Hajmi2,82 Mb.
#662873
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   259
Bog'liq
Uslubiy majmua

Borliq va yo„qlik dialektikasi.
Keltirilgan fikr amalda mavjud narsagina borliqqa ega 
bo‗lishi mumkin, degan xulosa chiqarish imkonini beradi. «Yo‗qlik» har qanday tilda amalda 
mavjud bo‗lmagan narsa bilan tenglashtiriladi va boshqacha tushunilishi mumkin ham emas. 
Boshqacha aytganda, yo‗qlik borliqni inkor etadi va narsa, jism, hodisa, ong... (ya‘ni amalda 
mavjud bo‗lishi mumkin bo‗lgan narsalar) o‗zligini yo‗qotgan holda «yo‗qlik» atamasi ayni shu 
ma‘noda ishlatiladi va ular haqida ular «yo‗qlikka chekindi», mavjud emas, deyiladi.
Lekin sof falsafiy ma‘noda bu fikrni to‗g‗ri deb bo‗lmaydi. Borliq va yo‗qlik o‗rtasida 
dialektik o‗zaro aloqa mavjud.
Birinchidan, dunyo haqidagi hozirgi tasavvurlarga ko‗ra, biz yashayotgan Olam 
bo‗shliqdan bino bo‗lgan. Bo‗shliq materiyaning alohida holati. Bo‗shliq fizik borliqning eng 
boy tipi, o‗ziga xos potensial borliq sifatida namoyon bo‗ladi, zero unda mumkin bo‗lgan barcha 
zarralar va holatlar mavjud, biroq ayni vaqtda unda aktual tarzda hech narsa yo‗q
34
.
YAna shuni ham e‘tiborga olish lozimki, fiziklar (D.A.Landau, va boshqalar) nuqtai 
nazaridan biz yashayotgan Olam ham dunyoda yagona emas, chunki u rivojlanishning turli 
sikllarini boshidan kechirayotgan turli Olamlarning cheksiz sonidan tashkil topadi. SHu ma‘noda 
borliq va yo‗qlikning o‗zaro aloqasi ham nisbiy xususiyat kasb etadi.
Ikkinchidan, amalda mavjud bo‗lgan narsaning ob‘ektiv borlig‗i yo‗qlikka chekinadi, 
lekin, shunga qaramay u haqda gapirilayotgan, ya‘ni u muayyan narsa sifatida fikrlanayotgan 
bo‗lsa, bu narsa ongda mavjud bo‗ladi va o‗zining «ikkinchi» borlig‗ini saqlaydi, ayni holda u 
dastlabki ob‘ektning nusxasi, ideal obrazi bo‗lib qoladi.
34
Қаранг: Малюкова О.В. Материя, пространство и время с точки зрения физики ХХ века / Онтология, 
гносеология, логика и аналитическая философия. – СПб.: 1997. – С.93. 


32 
SHunday qilib, o‗tgan zamondagi borliq yo‗qlikdir, deb aytish mumkin. Borliq doim 
hozirgi zamonda mavjud bo‗ladi, u faqat hozirgi zamonda o‗zini namoyon etadi, basharti u 
dolzarb va amalda namoyon bo‗lish imkoniyatiga ega bo‗lsa, agar u potensial, ya‘ni axborot 
manbalarida mavjud yoki uning paydo bo‗lishi ob‘ektiv rivojlanish mantig‗i bilan belgilangan 
bo‗lsa. Amalda yo‗q bo‗lgan narsa haqida ideal obraz sifatida fikrlash mumkin. Boshqacha 
aytganda, unga ideal obraz tarzidagi ideal borliq shakl-shamoyilini berish mumkin. O‗tmishga 
tatbiqan biz borliq haqida faqat shu ma‘noda so‗z yuritishimiz mumkin.
Ayni shu ma‘noda biz g‗oyalar, narsalar, voqealar, tarixiy shaxslar yoki o‗zimizga yaqin 
odamlar to‗g‗risida so‗z yuritamiz, bunda ular yo‗qlikka aylanmagani, balki yangicha mavjudlik, 
xotira tarzidagi o‗zgacha borliq kasb etganini nazarda tutamiz.
SHunday qilib, borliq falsafiy kategoriya sifatida dunyoni butun rang-barangligi va turli-
tuman namoyon bo‗lish shakllari bilan yaxlit aks ettirish imkonini beradi. Bunda narsalar, 
predmetlar, hodisalar o‗z xususiyatlari, xossalari bilan jamuljam holda aks etadi. Dunyoni va 
uning tarkibiy qismi bo‗lmish insonni bilish yo‗lidagi bu muhim qadam bilan dunyoning tabiati 
va mohiyati, uning rang-barangligi, turli darajalari, ko‗rsatkichlari, ramz-alomatlari, shakllari va 
hokazolar haqidagi mulohazalarning asosiy koordinatalar sistemasi belgilanadi. Buning uchun 
mohiyat, hodisa, substansiya, materiya, ong, makon, vaqt, qonun kabi yangi falsafiy 
kategoriyalar muomalaga kiritiladi.
Inson o‗zi va umuman dunyo haqida o‗ylar ekan, odatda muayyan narsalar va ayrim 
tabiiy hodisalar bilan ish ko‗radi. Ayni vaqtda u o‗zini qurshagan dunyoni sinchiklab o‗rganish 
va uning butun rang-barangligini tushunib etish uchun muayyan tayanch nuqtasi bo‗lib xizmat 
qiladigan qandaydir asosning shak-shubhasiz mavjudligini qayd etadi. Falsafa tarixidan biz 
bunday asos sifatida, masalan, Suqrotdan oldingi qadimgi yunon faylasuflarida tabiat 
elementlari, o‗rta asrlar falsafasida Xudo, Dekartda: «Men fikrlayapman, demak, mavjudman», 
degan ongli inson amal qilganini ko‗ramiz.
Ammo inson bilishning bu birinchi bosqichida to‗xtab qolmagan va o‗zini qurshagan 
borliqning ko‗p sonli turli-tuman holatlari orasida qolgan barcha narsalardan sezilarli darajada 
farq qiladigan narsalarni, borliqning ayni shu shakli voqelikning boshqa shakllari va holatlaridan 
nima bilan farq qilishini aniqlashga harakat qilgan. Bugungi kunda insoniyat borliqning ko‗p 
sonli turli-tuman shakllaridan ularning ayniqsa aniq bo‗lgan bir nechtasini farqlash imkonini 
beradigan tajriba va bilim to‗pladi.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish