Stratigrafiya



Download 59,95 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.06.2022
Hajmi59,95 Kb.
#662579
Bog'liq
stratigrafiya



Stratigrafiya
Stratigrafiya
(
lotincha
: stratum toʻshama, qatlam va grafin) — geologiyaning Yer poʻsti
kesimidagi togʻ jinslari majmuining shakllanish izchilligini va joylashgan oʻrnidagi dastlabki
nisbatini oʻrganuvchi boʻlimi. S choʻkindi togʻ jinslari qatlamlarini kuzatib, oʻtmish geologik
davrlarda ularning fatsial oʻzgarishlarini hamda yon atrof (quyi va ustki) qatlamlarda
takrorlanmaydigan oʻziga xos belgilarga ega boʻlgan va maʼlum bir birlikka mujassamlashgan
togʻ jinslarining stratigrafik yigʻindisini tadqiq qiladi. Yer organik dunyosining takrorlanmas
taraqqiyotini aks ettiruvchi choʻkindi qoplamlardagi qazilma organizmlarning tarkibini
aniqlash oʻrganilayotgan yotqiziklar yoshini hamda oʻxshashligini belgilashda ahamiyatga
ega (qarang 
Biostratigrafiya
). Shu jihatdan S. paleontologiya va geoxronologiya bilan uzviy
bogʻliq. S.ning asosiy vazifasi stratigrafik kesmalarni ajratish, ularning tarqalishini kuzatish,
turli kesmalarni va uzilib birbiridan uzoklashgan kesma bulaklarini oʻzaro qiyoslashdir. S.
yordamida Yer poʻstining geologik rivojlanish tarixini tiklash mumkin; choʻkindi formatsiyalar
shakllanishining vaqti va sharoitlari aniklanadi, regional rivojlanishning tektonik hamda
geodinamik jarayonlari tiklanadi; geologik haritalar tuzish uchun zarur bulgan barcha
kategoriyadagi qiyosiy va stratigrafik sxemalar ishlab chiqiladi. S.ning nazariy asoslari, prinsip
va uslublariga 20-asrda juda koʻp ishlar bagishlangan. Biroq bu fanning asoslari va baʼzi bir
kridalariga 17— 19-asrlardayoq Daniya, Angliya, Fransiya va Germaniya olimlari tomonidan
asos solingan. Daniyalik olim N. Steno (1638— 86) togʻ jinslari qatlamlanishining ketma-
ketligi qonunini aniqladi. 19-asr 1-yarmida ingliz olimlari R. Murchison va A. Sedjvik, fransuz
J. Kyuvye va boshqalarning tadqiqotlari S. ni yanada rivojlantirdi. 18-asr oxirlarida Gʻarbiy
Yevropada Yer poʻstini tashkil qilgan yotqiziqlarni birlamchi (hozirgi paleozoy yotqiziqlari),
ikkilamchi (mezozoy) va uchlamchi (kaynozoy) davri jinslariga boʻlish qabul qilingan.
Dastlabki ikki termin tezda oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. 1759-yil italiyalik geolog Arduino taklif
qilgan uchinchi termin hozirgi ham qoʻllaniladi [q. Uchlamchi sistema (davr)]. 1829-yil eng
yangi boʻsh yotqiziqlarni fransuz geologi J. Denuaye toʻrtlamchi davr yotqiziqlari nomi bilan


ajratdi [q. Toʻrtlamchi sistema (davr)]. 19-asrning 1-yarmida turli mamlakatlarda olib borilgan
tadqiqotlar natijasida geologik sistema (davr)lar ajratildi va Yer tarixida ularning izchilligi
(ketma-ketligi) belgilanib, umumiy boʻlinmalari qabul kili idi va avval ajratilgan sistemalar,
boʻlimlar qayd kilindi. 1900-yil fransuz geologi E. Renevye fakat sistema boʻlimlarinigina
emas, balki yarus boʻlimlarini ham oʻz ichiga olgan yigʻma, "xronofaf"ni taklif etdi. Umumiy
stratigrafik shkala 20-asr oʻrtalarida Yer taraqqiyotining eng kad. boskichlari intensiv ravishda
oʻrganila boshladi va yagona sistemasini belgilash imkoniyati tugʻildi. S.da qatlamlanishning
izchilligi haqidagi qonun asosiy oʻrin tutadi; bu qonunga muvofiq, qatlamlar normal holatda
yotganda har bir ostki qatlam ustki qatlamga nisbatan qadimiyroqsir. Bu qonundan istisno
hollar faqat tektonik deformatsiya natijasida katlamlarning dastlabki yotishi buzilgandagina
kuzatiladi va bunda qatlamlar toʻntarilgan holatda ham yotishi mumkin. Oʻtgan geologik
davrlar xavzalarida qavatlangan togʻ jinslari qatlamlari muayyan izchillikda yotadi, bu
qatlamlarni oʻrganib, stratigrafik ustun (kolonka) tuzish mumkin. Bu ustunlarni kiyoslashda
turli metodlardan foydalaniladi, bulardan eng keng tarqalgani va ishonarlisi paleontologik
metod boʻlib, u Yer organik dunyosining takrorlanmaydigan progressiv tarakqiyotiga
asoslangan. Paleontologik metod paleoekologik maʼlumotlar hisobga olingan taqdirdagina
qoʻllanishi mumkin. Qazilma organizmlarning barcha guruxlari stratigrafik korrelyasiya
maqsadlarida foydalaniladi. Juda koʻp miqdorda uchraydigan mayda organizmlar qoldiklari,
ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Sporachang analizi ham xuddi shunday xususiyatlari bilan
ajralib turadi, bu analiz fanerozoy barcha boʻlinmalarining choʻkindi qatlamlari yoshini
aniklashda qoʻllaniladi. Tokembriyning ancha qad. yotkiziklarida hayvonlar qoldigʻi nihoyatda
kam, koʻkyashil suvoʻtlarning hayot faoliyati izlari koʻplab uchraydi, ulardan 1960y.larda yuqori
tokembriyning karbonat qatlamlarini boʻlish va korrelyasiya kilishda muvaffaqiyatli
foydalanildi. Ancha qad. yotqiziklarni oʻrganishda choʻkindi va magmatik togʻ jinslaridagi turli
elementlar (K, V, R)ning radioaktiv parchalanishiga asoslangan izotop usuli yetakchi
ahamiyatga ega. Choʻkindi jinslarning izotop yoshiga oid maʼlumotlar juda kam. Aniklashning
rubidiy metodi turli gilli jinslar va nordon effuzivlarni aniqlashda qoʻllaniladi. Koʻrsatilgan
metodlar yordamida chukindi qatlamlarga kirib qolgan turli intruziv togʻ jinslari yoshi haqidagi
ancha toʻliq maʼlumotlarni olish mumkin. Bundan tashqari, choʻkindi va vulkanogen
qatlamlarni korrelyasiya kilishda litologik va geokimyoviy tadqiqotlar, razvedkaning geofizik
usullaridan foydalaniladi. Korrelyasiyaning barcha metodlarini koʻllash natijasida butun Yer
shari uchun umumiy yigʻma stratigrafik boʻlinmalar sistemasi belgilandi. S. regional geologik
tadqiqotlarda asos boʻlib xizmat qiladi hamda maydonning tektonik xususiyatlarini
tushuntirish, foydali qazilmalarni qidirish va razvedka ishlari yoʻnalishini aniqlashga yordam
beradi. Stratifafik kesmani batafsil oʻrganmay turib geologik haritalar tuzish mumkin emas.
S.ning metodlari — biostratifafik, litologik, radiologik, ekostratifafik hamda voqelikni
tiklashdan iborat.


Koʻpgina biotik oʻzgarishlar (koʻplab qirilib ketish, taksonlar xilmaxilligining haddan tez
koʻpayishi, yangi turlarning paydo boʻlishi)ga evolyusion oʻzgarishlar bilan birga turli xil abiotik
omillar (okean havzasining kengayishi yoki qisqarishi, okean sathining koʻtarshshbpasayishi,
iqlim va yashash muhitining oʻzgarishi, atmosfera va gidrosfera tarkibidagi oʻzgarishlar
hamda kosmik xrdisalar)ning ham taʼsiri katta. Oʻziga xos farq qiluvchi shunday oʻzgarishlar
izini Yerning geologik tarixida Xalqaro stratigrafik shkalaning deyarli barcha boʻlinmalari
chegaralarida uchratilgan. Oʻzbekistonda qoʻllaniladigan stratigrafik birliklar shkalasi baʼzi bir
boʻlim va yaruslarni boʻlinishi va indekslanishi (xududiy xoslik belgilari tufayli) bilan bir oz
farqlanadi. Oʻzbekistonning stratigrafik tuzilishini oʻrganishga olimlardan A. D. Arxangelskiy, T.
A. Sikstel, O. I. Sergunkova, Yu. M. Kuzichkina, 3. M. Abduazimova va boshqalarlar hissa
qoʻshgan. Har bir mamlakatda stratigrafik shkalaning umumiy va mahalliy boʻlinmalari
stratigrafik kodeks qoidalari sistemasi asosida ajratiladi. Geologik vaqtni oʻlchashning etaloni
qilib umumiy xalqaro stratifafik shkala qabul qilingan (2Xalqaro geologik kongress Bolonye,
1881-yil). 20-asrning oʻrtalarida unga qoʻshimcha qilib stratigrafik shkalaning ancha yirik
boʻlinmasi — zon mobaynida shakllangan eonotema kiritilgan; era mobaynida shakllangan
yotqiziqlarni bildiruvchi, avval ishlatilgan "guruh" termini, "eratema" termini bilan almashtiriddi.
Stratigrafik boʻlinmalarning har biri Yerning tabiiy rivojlanish bosqichi va uning organik
dunyosiga muvofiq keladi; ular barcha materiklarda va 1970y.larda oʻtkazilgan burgʻilash
ishlari koʻrsatganidek, okean botiklarida ham aniqlandi. Baʼzi tadqiqotchilarning fikricha,
geologi k yaruslar va stratigrafik zonalar faqat mahalliy ahamiyatga ega; bu fikr agar faunasi
boshqalardan ajralgan holda rivojlangan va Dunyo okeani bilan bogʻliq boʻlmagan (mas, Kora
dengiz—Kaspiy havzasining neogen yotqiziqlari) alohida paleohavza materiallari asosida
ajratilgan yarus va zona uchun toʻgʻri boʻladi. Agar yarus va zonalarning stratotipi qilib ochiq
okean havzalarining kesimlari olinsa, bu boʻlinmalarni butun Yer shari boʻylab kuzatish
mumkin. Antropogen (yoki toʻrtlamchi) sistema uchun boʻlinmalarning paleoiqlim
maʼlumotlariga asoslangan, ularning oʻzaro bogʻlikligini aks ettiruvchi oʻz shkalasi taklif
qilingan. Mavjud maʼlumotlarning koʻrsatishicha, geologik boʻlimlar, yarus va zonalar
tokembriyda hozircha ajratilmaydi, sistema va erotemalar fanerozoydagiga nisbatan butunlay
boshqacha asoslanishga ega; ularga ekvivalent boʻlgan protosistema va protoerotemalar —
fitemalar toʻgʻrisida gapirish toʻgʻriroq boʻladi. Yagona yoki umumiy stratigrafik shkalaning
boʻlim, yarus va zonalarini hamma yerda ham istalgandek aniklab boʻlmaydi va kesimlar
tuzilishining mahalliy xususiyatlarini aks ettirmaydi. Shuning uchun koʻp rayonlarda stratifafik
tasnifning asosi boʻlib, mahalliy stratigrafik kichik boʻlimlar xizmat qiladi; agar ular
paleontologik asosga ega boʻlsa va yoʻnalish boʻyicha oʻz tarkibini sezilarli oʻzgartirgan
yotqizikdarni oʻz ichiga olsa, unda gorizontlarga (taxminan oʻlchami boʻyicha yarus va kichik
yaruslarga mos keladigan va lonalar (lokal zonalar)ga ajratiladi. Aksincha, agar mahalliy
boʻlinmalarni ajratishda togʻ jinslari litologik tarkibining oʻziga xos xususiyati yetakchilik qilsa,
bunday holatda litostratigrafik boʻlinma ning alohida sistemasi qabul qilinadi. Oxirgi xalqaro


stratigrafik shkala 2000-yilda Braziliyada oʻtgan 31-Xalqaro geologik kongressda qabul
qilingan.
Abduazimova 3. M.,Abdullayev N. R., O mejdunarodnoy stratigraficheskoy shkale, T., 2000;
Stepanov D. L., Mesejnikov M. S, Obhaya stratigrafiya (Prinsipi i metodi stratigraficheskix
issledovaniy), L., 1979.
Zoya Abduazimova.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Stratigr
afiya&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Stratigrafiya&oldid=254456
9
" dan olindi 
Adabiyot

Download 59,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish