73
natijasida avtomobillar oqimining o„rtacha tezligi paydo bo„ladi. Avtomobil
yo„llarini geometrik o„lchamlarini belgilashda asosiy ko„rsatkich bu hisobiy tezlik
hisoblanadi.
Hisobiy tezlik deb yakka avtomobilning (xavfsiz va ustivorlik sharti
bo„yicha) ob-havoning muqim sharoitida, avtomobil shinasining yo„l qatnov qismi
yuzasi bilan me‟yoriy tishlashish holatida, yo„lning eng noqulay bo„laklarida
mumkin bo„lgan eng katta tezlikdagi harakatiga aytiladi. Yo„l elementlarini
loyihalash uchun hisobiy harakat tezligini yo„lning
toifasidan kelib chiqib
belgilanadi 8.3-jadval.
8.3-jadval
Yo„lning
toifasi
Hisobiy tezlik, km/soat
asosiylari
joyning murakkab qismi uchun:
past-baland
tog‟li
I a
150
120
80
I b
120
100
60
II
120
100
60
III
100
80
50
IV
80
60
40
V
60
40
30
Avtomobil yo„lini jihozlash elementlari
Yo„llarni jihozlash deganda yashil ekinlarni ekish, piyodalar va velosiped
yo„lakchalarini, dam olish va kuzatish maydonchalarini, avtomobillar to„xtash
maydonchalarini qurish, shamolga qarshi qurilmalarni yaratish, reklama taxtalarini
qurish tushuniladi.
Yashil ekinlar qorni va qumni tutib qolish,
manzara berish va hududni
namligini saqlash hamda soya berish uchun qo„llaniladi. Yashil ekinlar butzor
to„siqlar, daraxt tasmalari, yo„l bo„yi mevali bog‟lar ko„rinishida bo„ladi.
Avtomobillar va avtobuslar haydovchilari bir necha soat ishlaganidan keyin qisqa
muddatli dam olishlari juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun aholi
74
yashamaydigan joylarda,
daraxtzorlar ichida, daryo va ko„llar bo„yida dam olish
maydonchalari quriladi.
Kuchli shamol esadigan tumanlarda yo„llarda shamolga qarshi qurilmalarni
qurish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Kuchli shamollar 100 km/soat va undan
katta tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobillarda halokat chiqarishi mumkin.
Avtomobillar harakat miqdorini va tezligini oshishi qatnov qismini va yo„l
yoqasini xavfsizlik tasmalari, toshtaxtalar, g‟ildirak
qaytaruvchi bruslar, chetki
tasmalar va boshqalar bilan jihozlashni talab qiladi.
Chetki tasmalar qatnov qismi qirg‟og‟ini ko„rsatadi va chetki harakat
tasmasini biroz kengaytiradi. Chetki tasma yo„l qoplamasi qirg‟og‟ini
mustaxkamlashi zarur, hamda undan rangi bilan farqlanishi va yo„l qoplamasidan
yo„l yoqasiga o„tishga xizmat qilishi lozim. Chetki tasma kengligi 0,5...0,75 m ni
tashkil qiladi. Avtomobilning tasodifiy ravishda namlangan tuproqli yo„l yoqasiga
chiqib ketishi yo„l-transport hodisasiga olib keladi. Bundan qochish uchun yo„l
yoqasini mustaxkamlash zarur.
Yo„l harakati xavfsizligini ta‟minlash maqsadida yo„l belgilari,
xavfsizlik
bordyurlari, to„siqlar, ishora yo„naltiruvchi ustunchalar o„rnatiladi va yo„l
qoplamasiga yo„l belgi chiziqlari tushiriladi. Avtomobil yo„llarini yoritish alohida
chora-tadbir hisoblanadi. Yo„lni yoritish yo„l-transport hodisalari sonini keskin
kamaytiradi.
Hozirgi sharoitda yuqori harakat miqdori bo„lganda yo„llarni ekspluatatsiya
qilishni takomillashtirish faqatgina yo„l harakatini boshqarish va izga solish
tizimini yaratish bilan bo„lishi mumkin. Bugungi axborot texnologiyalari
rivojlangan bir davrda harakat to„g‟risida ma‟lumot yig‟ish, yo„l tarmog‟ida yoki
yo„lning ayrim bo„laklarida transport oqimini boshqarish,
unga optimal harakat
rejimini kiritish imkoniyati mavjuddir.
Yo„llarni, yo„l inshootlarini o„z vaqtida va to„g‟ri ta‟mirlash, saqlash
ishlarini olib borish, yo„l harakatini boshqarish va izga solishni tashkil qilish uchun
yo„l sharoitini aniq bilish zarurdir. Buning uchun yo„l tashkilotlari meteorologik,
75
ko„chkiga qarshi va boshqa stantsiyalar tashkil qilishi, harakat tezligini va
miqdorini, yo„l
qoplamasi emirilishini, qatnov qismi ravonligini aniqlashi, yo„l
poyi namlik-issiqlik rejimini baholashi, yaxmalak, tuman va boshqalar haqida
ogohlantirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: