O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti s. T. Yunusxo‘jayev


 Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/117
Sana13.06.2022
Hajmi4,57 Mb.
#660873
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   117
Bog'liq
fayl 1539 20210820

6.2. Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari 
 
Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari harakatdagi 
avtomotransport vositalariga TXK va T ishlarini bajarishga mo‘ljallangan.
Stansiyalardagi ho‘jalik yuritish tartibi, hojalik hisobiga asoslangan. 
Odatda stansiyada shartnoma asosida qishloq xo‘jaligi atrofiga joylashgan 
turli korxonalarning yuk va engil avtomobillariga xizmat ko‘rsatish bilan 
shug‘ullanadi. Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarining 
(ATXKS) ishlab chiqarish rejalari va boshqa ko‘rsatkichlari unga bo‘lgan 
talabnomalar asosida tuziladi. 
1-TXK ni bajarish, nosozlikning sababini yo‘l-dala sharoitida 
aniqlash va bartaraf qilish uchun ko‘char TXK, diagnostikalash va 
ta’mirlash vositalari jalb qilinadi. Bunday ko‘char vositalarning soni, 
amaldagi meyoriy hujjatlar va bajariladigan ishlarning hajmiga qarab 
hisoblab topiladi.
ATXKS da bajariladigan TXK va JT ishlarining boshqarish asosan 
nozimxona (dispecherlik) hizmati hodimlariga yuklanadi.
Stansiyalarning asosiy vazifasi, uning tasarufidagi avtomobillarni soz 
holda saqlash va ishchga yaroqli holatini tiklashdan iborat; rejaviy TXK 
ishlarini bajarish, buzilish oqibatlarini yo‘qotish, JT ishlarini amalga 
oshirish; ko‘chma brigade ishchi kuchlari bilan yo‘l-dala sharoitida 
nosozliklarni aniqlash va ularni bartaraf qilish, diagnostikalasdh va 
ta’mirlash; texnologik jihozlardan yuqori unumdorlik bilan foydalanish; 
mexnat va moddiy resurslardan tejab va samarali foydalanish; ishlab 
chiqarishga yangi ilm-fan yutuqlarini tadbiq qilish; bajarilayotgan 
ishlarning mexnat sarfini kamaytirish va tannarxini arzonlashtirish; 
korxonaning rentabelligini oshirish; mexnat qonun-qoidalariga rioya 
qilish, mexnat muxofazasi qonunlari va meyorlariga, sanitariya 


209 
qoidalariga, mexnat intizomiga rioya qilish; avtomobillarga TXK va JT 
ishlarini bajarishda sifat ko‘rsatkichlarini boshqarish tizimini joriy qilish. 
Hizmat ko‘rsatiladigan avtomobilni ATXKS ga olib kelish va 
qaytishini ho‘jaliklar, korxonalar va tashkilotlarga yuklash. 
ATXKS larida ancha mexnat talab qiladigan, murakkab yoki tez 
qaytariladigan TXK va T, maxsus jihozlar va mutaxasislar talab qiladigan 
ishlar bajariladi; harakatdagi transport vositalariga dala sharoitida texnik 
komak ko‘rsatish atrof muxitga zarar ko‘rsatmasdan amalga oshirishni 
talab etadi. Bu ishlarni bajarish bir kichik xo‘jalikda bajarilishi deyarli 
foyda bermasada, lekin bunday korxonalarning bir qanchasida shunday 
texnologiyalarni qo‘llash, mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishning 
foydasi juda yuqori bo‘ladi. Bunday ishlarni bir necha korxonalar hajmida 
markazlashtirish ish unumdorligini keskin ortishini, tannarxini pasayishini, 
TXK va T ishlarining sifatini va ishlash resursini ortishiga sababchi 
bo‘ladi.
Odatda ATXKS dagi TXK texnologik jarayonini, bajariladigan ishlar 
asosida potokli metod yotadi. Hojaliklardan stansiyaga keltirilgan 
avtomobillar avval yuviladi, quritiladi. Yuvilgan mashinalar tezkor va 
chuqur diagnostikalab, qism va agregatlarni qismlarga ajratmasdan stend 
va qurilmalar yordamida nosozliklarni aniqlash imkonini (ilova 14) beradi. 
2-TXK turida, barcha asosiy qism va agregatlarni tekshirib chuqur 
diagnostikalash ko‘zda tutilgan. Bulardan tashqari diagnostikalash 
bo‘limiga kerak bo‘lsa JT mashinasi ham yuboriladi, bu nosozlikning 
sababchisi nomalum bo‘lsa, va JT dan so‘ng yana chuqurroq uning sifatini 
tekshirish lozim bo‘lsa. Diagnostikalash bo‘limidan avtomobilni TXK va 
JT hdudiga yuboriladi. Reja bo‘yicha bajariladigan 1-TXK oqimli xizmat 
ko‘rsatish usulida bajariladi, 2-TXK esa – maxsuslashtirilgan postlarda 
yoki yirik ATXKS larda oqimli xizmat ko‘rsatish usulida bajarilishi 
mumkin. JT ishlari berk ish postlarida, nazorat ariqlarida yoki 
ko‘targichlar bilan jihozlangan postlarda amalga oshiriladi.
Barcha maxsus bajariladigan ishlar, avtomobillarning agregat va 
qismlariga TXK va T ishlariga (dvigatelni, uzatmalar qutisini, orqa 
ko‘prik, sinalar, ta’minot tizimi va elektrjihozlar va akkumuliyator 
batareyasini zariyadkalash va boshqalarni ta’mirlash) bogliq bo‘lganligi 
sababli maxsus, kerakli jihozlar bilan jihozlangan bo‘limlarda amalga 
oshiriladi. 
ATXKS larida yuvish-tozalash jihozlari; 1-TXK va 2-TXK davrida 
avtomobillarni diagnostikalashjihozlari; agregat va qismlarni echish-


210 
yig‘ish jihozlari; qotorish, moylash-quyish ishlari; elektrajihozlarni 
tekshirish, sozlash va ta’mirlash, akkumuliyator batareyalarini ta’mirlash 
va zariyadkalash, ta’minot tizimi detallarini ta’mirlash; sinalarni echish va 
vulkanizatsiya jihozlari; temirchilik, misgarlik, paybandlash, tunkachilik, 
bo‘yash, duradigorlik va qoplama qoplash ishlarini bajarishga 
mo‘ljallangan jihozlardan (6.2 rasm) iborat.

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish